Toshkent davlat transport universiteti iqtisodiyot fakulteti transport iqtisodiyoti kafedrasi


Download 0.84 Mb.
bet9/20
Sana01.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1316132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Sanoat korxonalari faoliyatining moliyaviy barqarorligini oshirishda

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)




Toshkent shahri:
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona

220
175


135
90
45




Qoraqalpog‘iston Respublikasi

28




Andijon viloyati

35




Buxoro viloyati

29




Jizzax viloyati

29




Qashqadaryo viloyati

29




Navoiy viloyati

29




Namangan viloyati

35




Samarqand viloyati

35




Surxondaryo viloyati

25




Sirdaryo viloyati

22




Toshkent viloyati

30




Farg‘ona viloyati

29




Xorazm viloyati

29







  1. Ijtimoiy soliq. Soliq Kodeksining XIV bo’lim, 61-bobida belgilangan.

Soliq stavkalari:



T/r

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

12

2.

Budjet tashkilotlari

25

3.

“SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari

7

4.

Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar

4,7


  1. Aylanmadan olinadigan soliq. Soliq Kodeksining XX bo’lim, 66-bobida belgilangan.

Soliq stavkalari:
Umumiy Soliq stavkasi - 4% 
Faoliyat turlaridan kelib chiqib belgilanadi (Soliq kodeksining 467-moddasi).


Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish.

  1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Soliq Kodeksining XIII bo’lim, 52-bobida belgilangan.

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i. Soliq Kodeksining XV bo’lim, 60-bobida belgilangan.

Soliq stavkalari:

T/r

Soliq solish obyektlari

Soliq stavkalari, foizlarda




1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,25




2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:










200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan

0,33







500 kv.m dan ortiq bo‘lgan

0,44




3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,33




4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari

1,5




  1. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i. Soliq Kodeksining XVI bo’lim, 62-bobida belgilangan.

Soliq stavkalari:

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)




Toshkent shahri:
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona

1280
1085


890
700
500




Qoraqalpog‘iston Respublikasi

260




Andijon viloyati

320




Buxoro viloyati

260




Jizzax viloyati

260




Qashqadaryo viloyati

260




Navoiy viloyati

260




Namangan viloyati

320




Samarqand viloyati

320




Surxondaryo viloyati

234




Sirdaryo viloyati

205




Toshkent viloyati

270




Farg‘ona viloyati

260




Xorazm viloyati

260




Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq


Т/р

Realizatsiya tushumlari miqdori

Soliq turi

Soliq stavkasi

Soliqlarni to‘lash tartibi

1.

100  mln .  so‘mgacha

Daromad solig‘i

12 % ёки qat’iy miqdordagi summada

Soliqlarni yillik daromadi to‘g‘risidagi deklara t siya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdordagi summada to‘lashni tanlashi mumkin.

2.

100 mln.so‘m dan
1 mlrd. so‘m gacha

Aylanmadan soliq yoki
QQS va Foyda solig‘i

4 % yoki 15 %

100 mln. so‘mdan oshgan summadan aylanmadan soliqni to‘lashga o‘tadi yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tishi mumkin

3.

1 mlrd. so‘mdan ortiq

QQS va Foyda solig‘i

15 %

QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi yoki foyda solig‘ini soddalashtirilgan tartibda to‘lashni tanlashi mumkin.




Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo‘lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo‘lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi. Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to‘lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo‘g‘i 9,2 foizga teng bo‘lgan. Umumbelgilangan soliq to‘lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan.Yaqingacha pensiya, maktab taʼlimi va yo‘l jamg‘armalariga soliq to‘lash, sug‘urta badali, mol-mulk, QQS stavkalarining yuqoriligi tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o‘zlari istamagan holda, soliqdan qochish sxemasini tanlashga yoki soddalashtirilgan rejimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to‘laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to‘lashga majbur bo‘lardi.
Bugun esa, biznesda tamomila boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq maʼmurchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Prezidentimiz 2021-yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko‘pchilikning esidan ko‘tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og‘ir yuk bo‘lib kelgan pensiya, maktab va yo‘l jamg‘armalariga 3,2 foizli yig‘imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.Mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi.
I bob bo’yicha xulosa
I bob bo’yicha xulosa chiqaradigan bo’lsak, bugungi zamonaviy bozor sharoitida biznes tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi siyosatining o’rni beqiyosdir. Yuqoridagi bobda sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorlik tushunchasi, kelib chiqish tarixi, uning soliq bilan bog’liqligi keltirib o’tildi. Undan tashqari, soliq haqida bazis tushunchalar, tizimning vazifalari va funksiyalari, turlari haqida ma’lumot keltirib o’tildi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasidagi soliq siyosatining holati, qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan stavkalar, soliq to’lovchilar, tadbirkorlarga yaratib berilgan soliq imtiyozlari, soliqning ahamiyati va sohadagi amalga oshirilgan islohotlar haqida so’z yuritildi.
II BOB. QUYUV-MEXANIKA ZAVODI FAOLIYATI TAHLILI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
2.1. Quyuv-mexanika zavodining umumiy xususiyatlari va faoliyati
Quyuv-mexanika zavodi” SHK – yuqori professional kadrlar va ilg‘or yuqori samarali texnologik uskunalarga ega O‘zbekistonning yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Quyuv-mexanika zavodi “Irgidromash” ochiq xissadorlik jamiyati negizida hamda uning sho’ba korxonalari bo’lmish “Gidro-Quyuvchi”, “Hamkor-Irgidromash” larni birlashtirgan va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli “Suvsanoatquvvat”ga qarashli ma’muriy binolarni qamragan holda, sho’ba korxonasiga aylantirish yo’li bilan tashkil qilingan. Vazirlar Mahkamasining 24.03.2003 yil 464-sonli “Yevropa tiklanish va taraqqiyot” banki ishtirokida “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo’yicha xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyasi “O’ztemiryo’lmashta’mir” korxonasi tarkibiga kiritildi va uni tarkibida sho’ba korxona sifatida faoliyat ko’rsatadi.
“Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasining asosiy vazifalari va maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • temir yo’l yuk tashish vagonlarini ta’mirlash va ularning yangisini yig’ish;

  • temir yo’llar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;

  • yangi texnika, nostandart jihozlar va dastgohlar ishlab chiqarish;

  • yangi ishlab chiqarishlarni va qurilishlarni tashkil etish;

  • ishlab chiqarishni kengaytirish, uni qayta qurollantirish, ta’mirlash;

  • po’lat, cho’yan, rangli metallarni eritish va quymalarini ishlab chiqarish;

  • ekskavator ehtiyot qismlari va dastgohlarini ishlab chiqarish;

  • suv taqsimoti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish;

Sho’ba korxonaning asosiy daromadlar manbayi quyidagilardan tashkil topadi:

  • Vagon ishlab chiqarishdan;

  • Vagonlarni kapital ta’mir qilishdan;

  • G’ildiraklar ta’miridan olingan;

  • Mahsulotlarni ekspot qilishdan;

  • Boshqa mahsulotlarni sotishdan daromad.

Quyuv-mexanika zavodi ishlab chiqarish quvvati quyidagicha: Yuk vagonlarini qurish - 1200 dona; yuk vagonlarini kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilish - 1500 dona; katta hajmli konteynerlarni ishlab chiqarish - 950 dona; metall konstruksiyalar ishlab chiqarish - 600 tonna; yiliga 15 ming tonnadan ortiq po'lat, 10 ming tonnadan ortiq quyma temir va 500 tonna rangli metall quyish imkoniyatiga ega
Quyuv mexanika zavodining 2020- yil uchun asosiy vositalar harakati hisoboti:


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling