Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Xalqaro terrorizm muammosi-
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Xalqaro terrorizm muammosi-
ga duch kelmayotgan davlatning o zi qolmadi. Bu esa, terrorizmga qarshi kurash butun dunyo miqyosida ham- korlikni taqazo etayotir 2 , deb ta kidlagan edi. Shunga ko ra, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash davlat- lar xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini yaratish va huqu- qiy hamkorlik shakllarini rivojlantirishni taqazo etadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlarning xalqaro ham- korligi jarayonida davlatlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Bir qancha yoki barcha davlatlarga xavf tug diruvchi jinoyatlarni xalqaro xarakterdagi jinoyatlar sifatida turkumlash- ni maslahatlashib olish. 2. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashda o zaro hamkorlik qilish. 3. Jinoyat va jinoyatchilar ustidan huquqiy sudlarni o rnatish. 4. Jazoning muqarrarligini ta minlash. 5. Jinoiy ishlar bo yicha huquqiy yordam ko rsatish zarur bo lgan taqdirda, jinoyatchilarni topshirish 3 . Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar xalqaro hamkorli- gining ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Jinoyatlarning tobora baynalmillashuvi va globallashuvi; 2. Xalqaro jinoyatlarning ko payishi va bir qancha yoki bar- cha davlatlarning manfaatlariga zidligi; 1 Qodirov R. Odam savdosi umumjahon miqyosidagi muammo.//Huquq va burch, 10-son, 2008-yil, 3 6-betlar. 2 Karimov I.A. Yevro Atlantika hamkorlik kengashi Sammitidagi ma ruzasi.//Xalq so zi, 2002-yil 23-noyabr. 3 Mamatqulov A. Xalqaro huquq./Darslik. T.: Adolat, 1997. 256-bet. 20 3. Davlatlarning xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashda o z faoliyatlarini muvofiqlashtirishining zarurligi. 4. Jinoyatchilikka qarshi kurashda milliy va xalqaro huqu- qiy vositalarni qo shib olib borishning zarurligi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik- ning huquqiy asosi xalqaro jinoyat huquqining bir qismini tash- kil etadi, deb hisoblaydigan bo lsak, unda xalqaro huquqiy huj- jatlarda belgilangan, jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi xalqaro hamkorlik masalalarini quyidagi tartibga soluvchi prin- siplar va me yorlar tizimiga ajratsa bo ladi: a) alohida jinoiy harakatlarning barcha xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy xavfliligining davlatlar tomonidan tan olinishi va uning oldini olish uchun hamkorlikda chora-tadbirlar zarurligi; b) xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish bo yicha ko riladigan choralarni muvofiqlashtirish; d) xalqaro xarakterdagi jinoyatlar ustidan davlatlar yuris- diksiyasini joriy qilish va qilgan jinoyati uchun jazoni belgilash; e) alohida tergov ishlarini amalga oshirish, jinoyatchilar- ning qidiruvi va jinoiy ishlari bo yicha o zaro huquqiy yordam ko rsatish; f) xalqaro jinoyatchilik muammolarini o rganish va unga qarshi choralar qo llash; g) jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi bo yicha ma lu- motlarni ayirboshlash 1 . Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligi ko p tomonlama va ikki tomonlama bitimlar asosida, shuningdek, universal va mintaqaviy tashkilotlar doirasida amalga oshiriladi. Xalqaro jinoyat huquqi zamonaviy xalqaro huquqning kom- pleks mustaqil sohasidir. Xalqaro jinoyat huquqi normalari ikki subyektga, ya ni davlatlarning o zaro vakolat va majburiyatlari bo yicha hamkorligi va xalqaro jinoyatlar uchun jismoniy shaxs- larning jinoiy javobgarligiga qaratilgan bo ladi. 1 M.T. Turg unov, A.A. Matchanov, A.T. Niyozov. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik: ma ruzalar kursi./Mas ul muharrir y.f.d. professor A.X. Saidov. T.: O zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 133-bet. 21 Yuqoridagilarga ko ra, xalqaro jinoyat huquqi davlatlar- ning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorlikni tar- tibga soluvchi prinsiplar va normalar majmui. Uning o ziga xos jihati shundaki, aniq kishilar, jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar huquqiy tartibga solish obyekti sifatida namoyon bo ladi. Xalqaro jinoyat huquqining tartibga solish sohasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash va odatdagi jinoiy ishlarga qarshi kurashda hamkorlik kabilar kiradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling