Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


-MAVZU. MAJBURIYaTLARNING BEKOR BO’LIShI


Download 1.75 Mb.
bet116/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

21-MAVZU. MAJBURIYaTLARNING BEKOR BO’LIShI

Majburiyatlarning bekor bo’lishi tushunchasi. Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor bo’lishi. Majburiyatlarning hisobga o’tkazish yo’li bilan bekor bo’lishi. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo’lib qolganida majburiyatning bekor bo’lishi. Taraflarning kelishuvi bo’yicha va qarzdorni qarzidan voz kechishi bo’yicha majburiyatning bekor bo’lishi. Bajarish mumkin bo’lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo’lishi. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo’lishi. Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli majburiyatning bekor bo’lishi.




Majburiyatlarning bekor bo’lishi tushunchasi

Har qanday huquqiy munosabat kabi majburiyat ham muayyan asoslar, ya’ni, muayyan yuridik faktlar mavjud bo’lgan vaqtda bekor bo’ladi. Majburiyatning bekor bo’lishi deganda, vujudga kelgan yuridik fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor bo’lishi tushuniladi.


Majburiyatlarni bekor bo’lish asoslari turkumlanganda ularning oqibatlari bo’yicha normal bekor bo’lish asoslari (bunda majburiyat ijro etiladi yoxud kreditor manfaatlari muayyan tarzda qanoatlantiriladi – hisobga o’tkazish, voz kechish haqini to’lash, majburiyat yangilanishi bilan bekor bo’lishi) va normal bo’lmagan holatlar bo’yicha majburiyatlarni bekor bo’lishi asoslari (majburiyatni bajarish mumkin bo’lmaganligi munosabati bilan bekor bo’lishi, fuqaroning vafot etishi, yuridik shaxs tugatilishi, tadbirkorlik subyektining bankrotligi orqali bekor bo’lishi va umidsiz qarz sifatida baholanadigan boshqa holatlar bo’yicha bekor bo’lishi) farqlanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, majburiyat quyidagi hollarda bekor bo’ladi:
1) majburiyatning bajarilishi bilan;
2) voz kechish haqini berish bilan;
3) hisobga o’tkazish bilan;
4) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan;
5) qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo’lib qolishi bilan;
6) majburiyat yangilanishi bilan;
7) qarzdan voz kechish bilan;
8) bajarish mumkin bo’lmaganligi tufayli;
9) davlat organi hujjati asosida;
10) fuqaroning vafot etishi bilan;
11) yuridik shaxs tugatilishi bilan.
Yuqorida ko’rsatilgan umumiy asoslardan tashqari majburiyatlarni bekor qiladigan yana ba’zi asoslar ham mavjud, ularning ayrim turlari FKning tegishli boblarida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 32-bobida mulkni ijaraga oluvchi shartnomani istagan vaqtida bir tomonlama bekor qila olishi mumkinligi ko’rsatiladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling