Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet124/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Shartnomaning mazmuni

Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.


Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo’linadi. Shartnomaning narsasi to’g’risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek, taraflardan birining arizasiga ko’ra kelishib olinishi zarur bo’lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Ba’zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi. Shuningdek, muhim shartlari matnda o’z ifodasini topishi shart.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta’mirlash shart qilib ko’rsatilsa ham, ko’rsatilmasa ham bo’ladi, chunki bu shart to’g’risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko’rsatma berilgan. Odatdagi shartlar matnda ko’rsatilishi shart emas.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me’yorlari bilan tartibga solinmagan masalalar bo’yicha o’zaro kelishuv bo’lib ko’riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni ta’mirlash muddati to’g’risidagi masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. Bunday shart matnda ko’rsatilishi shart.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda, bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo’llaniladi (FK 359-modda).
Ijro etish jarayonida shartnomani shartlarining mazmuni bo’yicha taraflarda turlicha yondashuvlar, turlicha talqin qilishlar vujudga kelishi mumkin. FKning 363-moddasida shartnomani sharhlash masalalari o’z ifodasini topgan. Unga asosan, sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so’z va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo’lmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Agar yuqorida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o’zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik o’zlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling