Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet123/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Shartnomalarning turlari

Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o’rtasida huquq va majburiyatlarning o’zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga bo’linadi.


Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo’lib, hech qanday majburiyat bo’lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo’ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o’z vaqtida qarz beruvchiga to’lash majburiyatiga va kreditor esa uni talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo’ladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo’yicha sotuvchi sotilgan ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega bo’lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini to’lashi zarur bo’lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning ko’pchiligi ikki tomonlama, (ya’ni yuqorida ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi) shartnomalardan iborat bo’ladi.
Ko’p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo’lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo’ladi. Bunday shartlarda bir paytning o’zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo’lishi xarakterlidir. Masalan, franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo’linadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara haqi to’lashga majbur bo’ladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko’plab shartnomalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning mazmun-mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo’yicha mulk egasi o’z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo’linadi.



Konsensual shartnomalarda huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi va taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi. Shu paytdan boshlab taraflar shartnoma ijrosini bir-biridan talab qilishga haqli. “Konsensual” so’zi lotincha “konsensus” so’zidan olingan bo’lib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko’rsatsa bo’ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat ko’pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.

Real shartnomalar bo’yicha huquq va majburiyatlar taraflar o’zaro kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi.



“Real” so’zi lotincha “res” so’zidan olingan bo’lib, “ashyo” ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini ko’rsatish mumkin.

Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo’yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo’ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilishi ham mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug’urta shartnomasini ko’rsatish mumkin. Uchinchi shaxs shartnomada alohida taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko’rsatilganidek, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o’zgacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, uchinchi shaxs shartnoma bo’yicha o’z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o’zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o’zgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo’lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi ko’rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qo’shilish shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo’linadi.
Bundan tashqari shartnomalarni: birinchidan, mulkni topshirishga qaratilgan; ikkinchidan, ishlarni bajarishga qaratilgan; uchinchidan: xizmatlar ko’rsatishga qaratilgan; to’rtinchidan, turli xil tuzilmalarni ta’sis etishga yo’naltirilgan to’rt guruhga bo’lish mumkin.
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida o’zgarib bormoqda. Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq o’lchami sifatida yagona bo’lsa, bugungi kunda makonning o’zi ikki xil ko’rinish kasb etmoqda, ular real va virtual makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea jarayonlar ro’y beradigan manzil hisoblanadi.
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni bo’lib, bunda subyektlarning o’zi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari qo’llanilmaydi. Virtual maydon o’ziga xos cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir bo’lish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari bo’yicha (huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar bo’yicha) o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir bo’lishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi to’laqonli ravishda ro’y berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin bo’lgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bog’liqlik darajasiga qarab, turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda bo’lsa shartnomani amalda ijrosi real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga ko’chmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va xatto unga haq to’lash to’liq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bog’liq hech qanday harakatlar real maydonga ko’chirish talab etilmaydi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling