Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet125/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Shartnoma tuzish

Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko’rsatilganidek, agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.


Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma tuzishga taklif qilish davri; bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to’g’risidagi taklifni qabul qilish davri; bu aksept, taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan bo’lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi to’g’risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta yo’llagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha chaqirib olinishi mumkin. Biroq u akseptant tomonidan qabul qilib olingan bo’lsa, akseptlash uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslarga ham qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan, mahsulotni reklama qilish, o’z xizmatini taklif etib e’lon berish – nomuayyan shaxslar doirasida yo’llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani, odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi. Aksept to’liq va pisandasiz bo’lmog’i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo’lmaydi.
Agar shartnoma to’g’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og’zaki ravishda qilingan bo’lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga (offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo’lsa, taklifni qabul qilganlik (aksept) to’g’risidagi javob uni olish uchun lozim bo’lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi bo’lganlik to’g’risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o’z vaqtida yuborilganligi ma’lum bo’lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi to’g’risida ikkinchi taraf (akseptant)ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi.
FKning 375-moddasida ko’rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish to’g’risidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko’rsatib o’tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko’rsatilmagan bo’lsa, shartnoma oferta yo’llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi (FK 376-modda).



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling