Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va ularni bajarish masalalari


Download 1.75 Mb.
bet127/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va ularni bajarish masalalari

Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida o’zgarib bormoqda. Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq o’lchami sifatida yagona bo’lsa, bugungi kunda makonning o’zi ikki xil ko’rinish kasb etmoqda, ular real va virtual makondir.


Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea jarayonlar ro’y beradigan manzil hisoblanadi.
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni bo’lib, bunda subyektlarning o’zi ham voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari qo’llanilmaydi. Virtual maydon o’ziga xos cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki har qanday yuridik fakt, shu jumladan, yuridik harakat uni sodir bo’lish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari bo’yicha (huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar bo’yicha) o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir bo’lishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi to’laqonli ravishda ro’y berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin bo’lgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar tuzish, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bog’liqlik darajasiga qarab, turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda bo’lsa shartnomani amalda yetkazib berish real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga ko’chmasdan, faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin. Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va hatto unga haq to’lash to’liq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga oshirish va tuzish bilan bog’liq hech qanday harakatlarni real maydonga ko’chirish talab etilmaydi.
Hattoki to’lovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyon, elektron pullar, elektron to’lovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida namoyon bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, O’zbekistondagi tadbirkorlik subyekti o’z uyida o’tirgan holda dunyoning istalgan nuqtasida, ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi tegishli sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni virtual maydonda tuzish subyektlarni vaqti va mablag’larini tejashga imkon beradigan eng qulay usullardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu Fuqarolik kodeksi hisoblanadi.
FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Bu normadan ko’rinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar tuzishga asosiy talab, taraflarni bir birlari bilan ishonchli aloqalarni o’rnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va chalg’itishini oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi yaratilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, “Elektron tijorat to’g’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilingan.
Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati bu elektron raqamli imzo sanaladi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi.
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi bo’lsa, elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija bilan bog’liq.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot hisoblanadi.
Elektron imzo ro’yxatga olish markazi tomonidan ro’yxatga kiritiladi. Bu organ maxsus vakolatli organda davlat ro’yxatidan o’tgan va amaldagiqonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.
Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat bo’ladi.Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog’oz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro’yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri bo’lib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron maydonda firma nomi, tovar belgisi funksiyalarini bajaradi. Mamlakatimizda domen nomlarini berish va ro’yxatdan o’tkazishni huquqiy asoslari mavjud. Ba’zi holatlarda subyektlar domen nomlariga mo’ljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling