Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo


Download 1.75 Mb.
bet129/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo

Axborotlar uzatishining hozirgi zamon tizimi obyektiv ravishda fuqarolik muomilasida hujjatlarni bitim tuzuvchi shaxslarning imzolari faksimil nusxalari, elektron imzolari va boshqa shunga o‘xshash imzolari bilan guvohlantirishga imkon berishga olib keldi. Bu bitimlarni tuzish jarayonlarini tezlashtirishga sabab bo‘ladi.


Bitimlar tuzishda mexanik vositalar yoki elektron-raqamli imzolarni yoxud jismoniy shaxs o‘z imzolarini boshqacha turlarini qo‘llashga qonunlarda, boshqa huquqiy hujjatlarda yoki taraflarning kelishuvlarida nazarda tutilgan asoslarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida o‘z qo‘l imzolarini qo‘yish vositalarini (imzolarni muhrlash vositalarini ham deb aytish mumkin) qo‘llashdan foydalanish tartibi bitim ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvda puxta belgilab quyilishi kerak, chunki qonunlarda o‘z ko‘p imzolarini muhrlash vositalaridan foydalanish masalalari batafsil tartibga solinmagan. Xorijiy davlatlarda, shu jumladan AQSH va Rossiyada elektron-raqamli imzolardan foydalanish tartibi to’g’risida normalar mavjud. Masalan, Rossiya Federatsiyasining “Axborotlar, axborotlashtirish va axborotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Qonuni”ning 9-moddasiga asosan avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida imzolarni aynanligini (identifikatsiyasini) ta’minlaydigan dasturiy texnik vositalar mavjud bo‘lganda va ulardan foydalanishining belgilangan rejimiga rioya qilinganda elektron raqamli imzoning yuridik kuchi ta’minlanadi. Elektron huquqi litsenziya orqali amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo, raqamli imzolar generatsiyalashtirish dasturi ishlarining natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo o‘z qo‘l imzosining analogi (muqobili) bo‘lib ikki xil asosiy xususiyatlariga ega: u muayyan hujjat bilan uzviy ravishda bog‘liq va faqat o‘sha hujjat uchungina ahamiyatga ega. Elektron-raqamli imzo hujjat mazmuni va imzolovchining maxviy kalitini yagona yaxlitlik bilan qat’iy uyg‘unlashtiradi, birlashtiradi va ushbu imzoni haqiqiyligini buzmasdan turib hujjatni o‘zgartirishni istisno etadigan qiladi. Elektron-raqamli imzodan foydalanish protsedurasining mohiyati shundan iboratki dasturiy ta’minlashdan foydalanuvchi bir juft individum kalitlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi: hujjat ostidagi imzoning raqamning muqobilligi shakllantirish uchun maxfiy kalit va uning jufti bo‘lgan ochiq kalit – u ushbu maxfiy kalit yordamida hisoblab chiqarilib raqamli imzolarni haqiqiyligini tekshirish uchun ishlatiladi.
Elektron raqamli imzo – bu o‘z qo‘l imzosining mustaqil muqobili bo‘lib xisoblanadi. Uning yana bir turi mexanik yoki boshqacha nusxa ko‘chirish vositalari yordamida imzolar faksimili hosil bo‘lishi oqibatida vujudga keladi. Shunisi diqqatga sazovorki, faksimil imzo nusxasi FKning 107-moddasi 2-qismida o‘zining xususiy asosiga ega. Unda ko‘rsatilishicha, “agar qonun hujjatlariga yoki ishtirokchilardan birini talablariga zid bo‘lmasa bitim tuzish chog‘ida imzodan faksimil usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi”.
Elektron imzo inson tomonidan ko‘rish orqali bevosita qabul qilinadigan u yoki bu belgi sifatida mavjul bo‘lishi mumkun emas. Bunday imzo bilan mustahkamlangan bitim qatnashchilari o‘rtasida imzolar elektron imzolardan foydalanish tizimi ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan holda asosida yoki qonun normalari asosida yoxud boshqa qonun hujjatlari asosida hal etilishi mumkin.1
O‘z qo‘l imzosining u yoki bu muqobilidan foydalanish tartibi qanday (qonun tomonidan, boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan yoxud bitim ishtirokchilarining kelishuvi orqali) belgilanganidan qat’i nazar ushbu tartib o‘z qo‘l imzosining muqobili bilan guvohlantirilgan hujjat bitim tuzgan shaxsniki ekanligini ishonchli ravishda aniqlashga, belgilashga imkon berishi lozim.
Elektron raqamli imzo mohiyatini anglab yetish bilan bog‘liq muammolar elektron shaklda tuzulgan hujjatlarni yuridik anglab etish bilan bog‘liq tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. FKning 107-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatiladiki xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitim bilan tenglashtiriladi. Yuqorida nazarda tutilgan vositalarning bir qismi elektron vositalar (masalan faks) hisoblanadi: elektron shakldagi hujjatni anglab yetish muammolari jihatlari elektron raqamli imzoni anglab yetish muamollari bilan bir xildir. Bunda FKning 366-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan qoidani doim yodda tutish lozim, shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli su‘ratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yuli bilan tuzilishi mumkin”.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling