Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo‘shimcha talablar


Download 1.75 Mb.
bet130/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo‘shimcha talablar
Bitimning yozma shakliga va ularning rekvizitlariga nisbatan umumiy talablar qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar va taraflarning kelishuvi bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, taraflarning imzolarini muhr bosib tasdiqlanishi to’g’risidagi taraflar bitim ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilanadi, qalbakilashtirishidan muhofaza qilish maqsadida qimmatbaho qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Bitimlarning yozma shakliga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar turli bo‘lishi mumkin, ularning qateiy doirasi belgilab qo‘yilmagan.
Qonun hujjatlarida, taraflarning kelishuvida qo‘shimcha talablarga rioya qilmaslik oqibatldari nazarda tutilishi mumkin. Agarda bunday oqibatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, FKning 109-moddasida belgilangan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qo‘llaniladi.


Nazorat uchun savollar:



  1. Ko’p hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi hamda shartnoma tushunchasi o’rniga bitim va bitim tushunchasi o’rniga bitim tushunchasi qo’llaniladi. Mazkur holatlarning qaysi bir huquqiy jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?

  2. Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida belgilangan majburiy tartibda shartnoma tuzish qoidalarining nisbatini tahlil qiling?

3. Fuqaro Qodirovdan Maqsudov 900.000 so’m miqdorida 10 kunlik muddat ichida qaytarish sharti bilan qarz oldi. Umumiy qoida bo’yicha Qodirov Maqsudovga shartnomani yozma ravishda ifodalab qo’yishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, og’ayni, sen nima deb o’ylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qo’lingga tutqazaman”, deb og’zaki roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek bo’ldilar. Belgilangan kun o’tdi, ammo puldan darak bo’lmadi. Qodirov Maqsudovdan pulni talab qilganida, u bunga o’taketgan e’tiborsizlik bilan qaradi. Qodirov ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud tergovida Maqsudov shartnoma tuzilayotganida og’zaki kelishishga o’zi rozi bo’lganligini xaspo’shlashga urindi.
Ish bo’yicha fikringiz qanday? Sukut saqlash aksept bo’la oladimi? Shartnomaning yozma shakli uning og’zaki shaklidan qanday afzalliklarga ega? Agar kelishuv yozma shaklda ifodalanganda jarayon qanday kechardi?
4. Fuqarolar E.Qurbanov va D.Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi shartnomasini imzoladilar. Shartnoma qonunga muvofiq notarius tomonidan rasmiylashtirildi. Biroq xonadonni sotuvchi D.Xayrullayeva mulk huquqini E.Qurbanovga o’tganligini tasdiqlab, Texnik inventarizastiyalash mahkamasidan ro’yxatga o’tkazishni ayrim sabablarni ro’kach qilib kechiktirib kelgan. Sotib oluvchi fuqaro E.Qurbanov uyga nisbatan mulk huquqini qo’lga kiritish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak. Shartnoma bunday vaziyatlarda qachon tuzilgan hisoblanadi.
5. Bozordagi dialog.
Sotuvchi: “Kep qolinglar yangi uzilgan qulpinay kilosi 5 000 so’m”.
Xaridor: “Kilosiga 4 000 so’m beraman”.
Sotuvchi: “2 kilosini 9 000 so’mga beraman”
Xaridor: “Unda 2 kg torting”
Ushbu dialogdagi oferta va akseptni farqlang.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling