Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud muhokamasining og‘zakiligi prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet32/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud muhokamasining og‘zakiligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida og‘zakilik prinsipi alohida moddada mustahkamlanmagan bo‘lsa-da, iqtisodiy protsessual qonunchiligi huquqiy normalarining mazmun-mohiyatiga singdirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 42-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlaridan biri sifatida iqtisodiy sudga og‘zaki tushuntirishlar berishi, IPKning 88-moddasida guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlar va holatlarni iqtisodiy sudga og‘zaki xabar qilishi, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi belgilangan.
Iqtisodiy sudlarda ham taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat boshqaruvi organlari va boshqa organlar tushuntirishlari, fikr va xulosalari og‘zaki eshitiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar - guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislar, tarjimonlarning tushuntirishlari og‘zaki ravishda ifodalanadi.
Sudga taqdim qilingan yozma dalillar ham og‘zakilik prinsipiga ko‘ra sudda og‘zaki muhokama qilinadi. Sud majlisida og‘zaki tekshirilgan vaqtda aniqlangan va tasdiqlangan materiallargina sud qaroriga asos qilib olinadi.
Sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalari va arzlari og‘zaki ravishda tekshiriladi. Iqtisodiy sudlarning sud majlisida ish materiallarini og‘zaki tekshirilishi ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga, taraflarning huquqlarini samarali himoya qilinishini hamda odil sudlovning tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Og‘zakilik prinsipi barcha instansiya sudlarida amal qiladi. Ya’ni, iqtisodiy ishni yuqori instansiyalarda ko‘rishda ham sud majlisida ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlarining tushuntirish va xulosalarini og‘zaki ravishda ifoda etadi. Sud tarkibi a’zolari ham o‘z ma’ruzalarini og‘zaki o‘qib eshittiradi.
Og‘zakilik prinsipi taraflarning tortishuvini yuzaga kelishiga, vaqtni tejashga va iqtisodiy sud ishlarini tezda ko‘rib hal qilishni soddalashtiradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling