Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Protsessual huquqiy vorislik tushunchasi va asoslari


Download 464.55 Kb.
bet40/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Protsessual huquqiy vorislik tushunchasi va asoslari

Nizoli yoki hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o'tkazilishi, fuqaroning o'limi va majburiyatlardagi shaxslar o'zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqini qabul qiluvchi shaxs - huquqiy voris bilan almashtirishga yo‘l qo'yadi. Iqtisodiy protsessning hamma bosqichida protsessual huquqni qabul qilish mumkin.
Huquqiy vorislik fuqarolik huquqining yuridik faktlariga asoslanadi va moddiy huquq hamda protsessual huquq normalarining o‘zaro aloqadorligini namoyon etadi. Har bir alohida holat bo‘yicha huquqiy vorislik masalasini hal qilishda sud fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan faktik holatlarni tahlil qilishi lozim. Shunday qilib, iqtisodiy protsessdagi huquqiy vorislik fuqarolik huquqidagi huquqiy vorislikka asoslanadi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 50-moddasiga ko‘ra yuridik shaxsni qayta tashkil etishda huquqiy vorislikning qoidalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o‘tadi. Yuridik shaxs bo‘lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 2, 3-bandlariga ko‘ra, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo‘yicha shaxs almashtirilishi munosabati bilan majburiyatdan chiqadi. Kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari belgilangan tartibda nafaqat talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish asosida, balki qonunda nazarda tutilgan hollarda ham boshqa shaxslarga o‘tishiga ruxsat beriladi.
Kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda bunday ishlar bo‘yicha yangi kreditorning huquqi o‘tkazilishi natijasida dastlabki kreditordan oladigan majburiyatlar hajmini aniqlash muhim.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq o‘tish paytida mavjud bo‘lgan hajmda va shartlar asosida o‘tadi.
Yangi kreditorga, xususan, pul majburiyatining bajarilishini
ta’minlaydigan huquqlar (masalan: boqimanda undirish va h.k), shuningdek talab bilan bog‘liq boshqa huquqlar, shu jumladan to‘lanmagan foizlarga bo‘lgan huquq ham o‘tadi. Vaholanki, pul majburiyatida kreditor o‘zgargan har qanday holda ham dastlabki kreditordan yangi kreditorga barcha huquq va majburiyatlar o'tadi.
Protsessual ma'noda huquqning qabul qilinishi (huquqiy vorislik) - sudda da'vo predmeti bo'lgan moddiy huquqning qabul qilinishi munosabati bilan ro‘y beradi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 46-moddasi oltinchi qismida ko'rsatilganidek, huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o'rnini bo'shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo'lgan bo'lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
Agar protsessda ishga daxldor bo'lmagan javobgar tegishli javobgar bilan almashtirilishida iqtisodiy ishning ko'rilishi yangidan boshlansa, protsessual huquqning boshqa shaxs tomonidan qabul qilinishida unga ish materiallari bilan tanishish uchun vaqt va imkoniyat berilib, ishni ko'rish davom ettirilaveradi, yangidan boshlanmaydi.
Huquqiy voris (huquqni qabul qilish) protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligini iqtisodiy sud tegishli ajrim bilan rasmiylashtiradi.
Protsessual huquqiy vorislikning protsessual huquqiy oqibatlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Iqtisodiy protsessual kodeksda huquqiy vorislik amalga oshirilganda ish yuritishni to‘xtatib turishga oid norma belgilanmagan.
Aniqrog‘i, qisman belgilangan bo‘lib, faqatgina ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda sud ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli. Nazarimizda, boshqa hollarda ham huquqiy vorisning arizasiga ko‘ra, ish yuritish to‘xtatib turilishi lozim. Chunki bunday holatda huquqiy voris ish materiallari bilan tanishadi va sud protsessida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling