Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet41/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Taraflar

Iqtisodiy protsessda ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biri taraflar hisoblanadi. Taraflar - bu subyektiv huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari yuzasidan kelib chiqqan nizolari iqtisodiy sud tomonidan hal qilinuvchi shaxslardir.
Iqtisodiy protsessda taraflar - iqtisodiy protsessda ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib xizmat qiluvchi moddiy-huquqiy munosabatning tegishli subyektlaridir. Iqtisodiy protsessual kodeksning 43-moddasiga ko‘ra, da’vogar (arizachi) va javobgar iqtisodiy ishlarini yuritishda taraflar hisoblanadi. O‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etgan yoki manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar da'vogardir.
Iqtisodiy protsessda da'vo faqat da'vogar tomondangina taqdim etilmasdan, balki buzilgan huquq hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni himoya qilinishini ta'minlash maqsadida boshqa shaxslar tomonidan ham da'vo qo'zg'atilishi mumkin.
Ammo, sud ishining kim tomonidan qo'zg'atilishidan qat'i nazar, nizoli huquq subyekti (manfaatdor shaxs) jarayonda, barcha hollarda da'vogar bo'lib ko'riladi.
Nizoli huquq to'g'risidagi masalalar sudda ko'rilishi va hal qilinishida taraflar protsessning boshqa ishtirokchilaridan farq qilib, o'zlariga xos huquqlarga ega bo'ladilar. Chunonchi, da'vogar da'voning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da'vo talablarining miqdorini oshirishga yoki kamaytirishga yoxud da'vodan voz kechishga, javobgar esa da'voga iqror bo'lishga yoki rad etishga haqli bo'ladi. Taraflar jarayonning har qanday davrida ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.
Sud da'vogarning da'vodan voz kechishini, javobgarning da'voga tan olganligini, basharti bu harakatlar qonunga xilof bo'lsa yoki kimning bo'lmasin huquqini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi va taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlamaydi.
Da’vo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgardir. Javobgar - da'vogarning ta'kidlashicha, uning huquqlari yoki manfaatlarini buzuvchi shaxs yoxud asossiz ravishda uning huquqlari bilan nizolashayotgan shaxsdir.
Iqtisodiy protsessning taraflari sifatida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin (davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar).
Iqtisodiy protsessning taraflari moddiy-huquqiy nizoning ishtirokchilari hisoblanadi. Ular talab qilish huquqiga ega bo‘lgan (da’vogar) va majburiyatlarni ijro qilish yuklatilgan shaxslar (javobgar) hisoblanadi.
Demak, nizoli iqtisodiy ishlarda nizo predmetiga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan ikki taraf bo'ladi. Taraflardan biri da'vogar, ya'ni huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishini iltimos qilib da'vo qo'zg'atgan yoxud manfaatini ko'zlab da'vo taqdim etilgan shaxs va ikkinchi tomonida javobgar, ya'ni da'vo yuzasidan da'vogarni huquq va qonuniy manfaatini buzganligi uchun sud tomonidan javob berish uchun jalb etilgan shaxs bo'ladi. Shu tarzda nizoli huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning subyekti da'vogar deb faraz qilinsa, nizoli burchning subyekti esa javobgar sifatida faraz qilinadi.
Taraflar o'zlarining moddiy huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda bir xil huquqlardan foydalanadi.
Taraflarning huquqlari ikki guruhga bo‘linadi:

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling