Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


III BOB. IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQIY MUNOSABATLAR VA UNING ELEMENTLARI


Download 464.55 Kb.
bet35/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

III BOB. IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQIY MUNOSABATLAR
VA UNING ELEMENTLARI


  1. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat tushunchasi va uning vujudga
    kelish asoslari


Iqtisodiy sudlar o‘zining zimmasiga yuklatilgan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyat jarayonida iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilari bilan huquqiy munosabatga kirishadi. Bu munosabatlar iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar deb ataladi.
Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar - bu ma'lum bir iqtisodiy ish doirasida protsessual huquq normalarining amalga oshirilishidir.
Bunday huquqiy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquqiy munosabatlardan ajralib turadi:
Birinchidan, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarda iqtisodiy sud, albatta ishtirok etadi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabat iqtisodiy sud ishtirokisiz vujudga kela olmaydi. Protsessning barcha ishtirokchilari faqat iqtisodiy sud bilangina munosabatga kirishadi. Ammo bu munosabatlar sud bilan protsessning barcha ishtirokchilari o‘rtasida bir vaqtning o‘zida vujudga kelmaydi. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar iqtisodiy sud (iqtisodiy sud sudyasi) bilan protsessda ishtirok etuvchi barcha shaxslar o‘rtasida iqtisodiy nizolarni va boshqa ishlarni ko‘rish va hal qilish, sud hujjatlarini qayta ko‘rish va ularni ijro qilish jarayonida vujudga keladi.
Ikkinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zaro moddiy-huquqiy munosabatda bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda ular iqtisodiy sudni chetlab turib o‘zaro iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatga kirisha olmaydilar.
Uchinchidan, iqtisodiy protsessual munosabatlarda protsessning barcha ishtirokchilari faqat sud bilan protsessual munosabatlarda bo‘lsalar ham, ammo bu holat yagona bir butun protsessual huquqiy munosabatni vujudga keltirmaydi.
To‘rtinchidan, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarda asosiy subyekt bo‘lib ko‘rilgan iqtisodiy sudning odil sudlovni amalga oshiruvchi subyekt sifatidagi foliyati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Iqtisodiy sud va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar ham qonun hujjatlari doirasida, asosan Iqtisodiy protsessual kodeksi vositasida tartibga solinadi. Demak, iqtisodiy sudlarning manfaatlari protsessual huquqiy munosabatning boshqa subyektlari manfaatlariga zid kelmaydi.
Beshinchidan, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar protsessual normalar asosida vujudga keladi. Har qanday huquqiy munosabat kabi, iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlar ham yuridik faktlar asosida vujudga keladi, o‘zgaradi va bekor bo‘ladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling