Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet34/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

1-kazus
2018-yil 12-iyun kuni iqtisodiy sudga da’vogar “Arko” qo‘shma korxonasi javobgar “Gilya” MChJga nisbatan qarz undirish haqidagi da’vo bilan murojaat qildi. “Gilya” MChJ 2016-yil 10-dekabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Ukain” xolding kompaniyasining tarkibiga qo‘shib olindi. Sud majlisi vaqtida “Gilya” MChJ vakili o‘zbek tilini yoki dunyo tillarining birontasini ham bilmasligini aytib, agarda sud majlisini bir haftaga keyinga qoldiradigan bo‘lsa, boshqa vakilni sudga jalb etishi mumkinligini aytdi. Ammo bunga da’vogarning vakili rozi bo‘lmadi va agarda sud bir hafta keyinga qoldirilsa, qo‘shma korxona bankrot holatiga kelib qolishi mumkinligini ta’kidladi. Iqtisodiy sud sudyasi ishni ko‘rishni boshladi. Qarz shartnomasidagi munosabatlarni biron-bir huquq normasi bilan tartibga solishning iloji bo‘lmagandan keyin iqtisodiy sud o‘z ishonchiga ko‘ra hal qiluv qarorini chiqardi. Sud majlisida sud majlisi kotibi og‘ir betob bo‘lgani uchun ishtirok eta olmadi, sudya bu holatni ish yengil bo‘lgani tufayli ahamiyatga ega emas deb baholadi, taraflar o‘zining huquqlar bilan tanishtirilmadi, shuningdek qarz shartnomasi tijorat siri bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aniqlagach, sud bu qismga oid bo‘lgan da’voni alohida berish kerakligini taraflarga tushuntirib o‘tdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Sud majlisi bayonnomasining yo‘qligi qaysi prinsipning buzilishi hisoblanadi? Javobingizni qonun hujjatlari asosida izohlang?
2-kazus
Chilonzor tuman hokimligi iqtisodiy sudga murojaat qilib, “ALSTRAS” xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasini tugatishni so'ragan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan da'vo rad etilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudi 2017-yil 19-apreldagi o‘z ajrimi bilan hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2017-yil 22-iyundagi qarori bilan mazkur iqtisodiy ishni 2017-yil 19-aprelda viloyat sudi apellatsiya instansiyasida ko'rishda qatnashib raislik etgan sudya, shu ishni 2017-yil 20-martda birinchi instansiya tartibida ko'rilishida ham qatnashganligini ko'rsatib, apellatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilib, ishni yangidan apellatsiya instansiyasida ko'rish uchun yuborgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Javobingizni qonun hujjatlari bilan asoslantiring.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling