Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Faol sherik ishtirokchilik, ya'ni da'vogar tarafda bir necha shaxslarning ishtirok etishi; Passiv


Download 464.55 Kb.
bet43/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Faol sherik ishtirokchilik, ya'ni da'vogar tarafda bir necha shaxslarning ishtirok etishi;

  • Passiv sherik ishtirokchilik, ya'ni javobgar tomonda bir necha shaxslarning ishtirok etishi;

  • Aralash sherik ishtirokchilik, ya'ni ikkala tomonda ham bir necha shaxslarning ishtirok etishi;

  • Majburiy sherik ishtirokchilik, modiiy qonunchilik normalarining talabiga ko'ra barcha ishtirokchilarning ishtirok etishi majburiy hisoblanadi;

  • Fakultativ sherik ishtirokchilikda manfaatdor shaxslarning xohish- irodasi aniqlanadi.

    Demak, da'vogarning o'rnini bir vaqtning o'zida nizoli huquq bir necha subyektlarga tegishli bo'lganida bir necha shaxslar (sherik da'vogarlar) egallashlari mumkin.
    Da'vo yuzasidan javobgar taraf ham bir necha shaxslardan iborat bo'lishi mumkin.
    Sherik ishtirokchilarning har qaysilari iqtisodiy jarayonda har qanday da'vogar va javobgar kabi protsessual huquq va protsessual burchlardan teng foydalanadi.
    Iqtisodiy ishda ishtirok etgan sherik da'vogarlar yoki sherik javobgarlarning birontasi tomonidan beriladigan shikoyat arizasiga ularning har qaysisi qo'shilish huquqiga ham ega bo'ladilar.
    Sherik ishtirokchilar ishning sudda yuritilishini o‘z sheriklaridan biriga topshirishlari mumkin.
    Bir necha da'vogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan IPK 44-moddasi tartibida da'vo taqdim etilganda, davlat boji da'voning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va da'vogarlar tomonidan ular qo'ygan talablar ulushiga mutanosib tarzda to'lanadi.
    Boshqa javobgarni jalb etish zarur bo'lgan hollarda iqtisodiy sud hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar da'vogarning roziligi bilan o'sha javobgarni jalb qiladi.
    Ishning ko'rilishida aksariyat hollarda da'vogar ham, javobgar ham da'vo arizasida ko'rsatilgan shaxslar bo'ladi. Ammo ba'zi hollarda jarayonda yo da'vogar, yo javobgar taraf, yoinki har ikki tomon ham xatolik bilan ishga jalb etilishlari tufayli daxldor bo'lmagan taraf (taraflar) bo'lib chiqishi, ya'ni da'vogar da'vo ishi qo'zg'atishga haqli bo'lmagan taraf, javobgar esa mazkur da'vo yuzasidan javob berishga majbur bo'lmagan shaxs bo'lib topilishi mumkin.
    Ishga daxldor taraf tushunchasi moddiy huquq normalari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ayrim normalarda ishga daxldor da'vogarlar va javobgarlarning doirasi o‘z ifodasini topgan bo'ladi. Sud amaliyotida ham bu holatlarga ko‘p duch kelishimiz mumkin.
    Ishga daxldor bo'lmagan da'vogar deb nizoli huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning o'ziga tegishli bo'lishi to'g'risida da'vo qo'zg'atish huquqiga ega bo'lmagan da'vogarga aytiladi.
    Umuman olganda, protsessual ta'limotga ko'ra, shaxsning sudga murojaat qilish orqali o‘z huquqlarini himoya qilishi - protsessual huquq, da'vo talablarini qondirish huquqi esa moddiy huquq tamoyillarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham ish sudda ko'rilish jarayonida ishga daxldor bo'lmagan da'vogarning sudda himoya qilishni so'rab murojaat qiligan moddiy huquqqa bo'lgan talabi yuzasidan da'vo talablarini qanoatlantirish rad etiladi.
    IPKning 45-moddasiga muvofiq, sud ishni tekshirish vaqtida da'vo bo'yicha javob berishi lozim bo'lmagan shaxsga nisbatan da'vo qo'zg'atilganligini aniqlasa, dastlabki javobgarni daxldor (tegishli) javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo'yishi mumkin.
    Ishga daxldor bo'lmagan taraf iqtisodiy sudning tashabbusi bilan almashtirilishi mumkin, biroq da'vogar o'zining boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo'lmasa, bu shaxs ishda nizo yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida qatnashishga haqda va bu hakda sud ushbu shaxsni xabardor qiladi.
    Da'vogar shaxs huquqining buzilganligi va shu munosabat bilan bu nizoli huquqni buzuvchi javobgar sifatida ko'rsatilgan shaxsning aynan o‘zi javobgar bo'lishligi sud majlisida, ishni atroflicha, xolisona (obyektiv) ravishda tekshirish natijasida aniqlanadi.
    Agar da'vogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo'lmasa, sud davogarning roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishi mumkin.
    Javobgarning almashtirish nizoli moddiy-huquqiy munosabatning tegishli ishtirokchisi sifatidagi xarakterini aniqlashga asoslanadi. Ishga daxldor bo'lmagan javobgarga nisbatan ishning ko'rilishi da'vogar uchun hech qanday oqibat keltirib chiqarmaydi, chunki nizo yuzasidan majburiyat boshqa shaxsda bo'ladi.
    Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganligi to'g'risida sud ajrim chiqaradi.
    Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganidan so'ng ishni ko'rish yangidan boshlanadi.
    Javobgar almashtirilganidan keyin yoki ishga mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs yoxud ikkinchi javobgar jalb qilinganidan keyin taraflarga ish uchun lozim hujjatlarni to‘plash, jarayonga tayyorlanish imkoniyatini berish maqsadida ishning yangidan ko‘rilishi boshqa vaqtga qoldiriladi.


    1. Download 464.55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   306




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling