Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet42/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

birinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning barchalariga taalluqli bo‘lgan umumiy protsessual huquqlar;
ikkinchidan, faqat iqtisodiy protsessning taraflariga tegishli bo‘lgan huquqlar. Masalan, Iqtisodiy protsessual kodeksning 157-moddasida belgilangan normalarga ko‘ra da’vogar iqtisodiy nizo bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish yoxud da’vodan voz kechishga haqli. Javobgar da’voni qisman yoki to‘la tan olishi mumkin. Taraflar har qanday instansiyada ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.Lekin taraflarning protsessual harakatlari iqtisodiy sudning nazorati ostida bo‘ladi. Agar da’vogarning da’vodan voz kechishi, javobgarning da’voni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, iqtisodiy sud da’vodan voz kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni, da’voni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi. Bunday hollarda iqtisodiy sud ishni mazmunan ko‘radi. Bu yerda iqtisodiy sudning protsessning borishiga rahbarlik qilish vakolati namoyon bo‘ladi.
Taraflar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan vijdonan, insofli ravishda foydalanishga majburlar. Jarayonni cho‘zish yoki buzish maqsadida har qanday g‘ayriqonuniy harakatlar qilinishiga sud yo‘l qo‘ymaydi.
Taraflarning teng huquqlardan foydalanish imkoniyati, ularni o‘zlarini himoya qilishning bir xil vositalari qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Aytaylik, da’vogar da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘lsa, javobgar ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir. Da’vogar iqtisodiy sudga da’voni ta’minlash choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. O‘z navbatida, da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, javobgar o‘sha iqtisodiy sudda da’vo taqdim etish yo‘li bilan da’vogardan da’voni ta’minlash tufayli o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Ushbu tartib taraflar tortishuvi tamoyilini amalga oshirilishi natijasida kelib chiqadi, chunki protsessning har bir tarafi o‘z manfaatlarini himoya qilishning bir xil imkoniyatilaridan foydalanishlari lozim.
Da’voning predmetini o‘zgartirish da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talabini o‘zgartirilishini anglatadi. Da’voning asosini o‘zgartirish esa da’vogarning javobgarga nisbatan o‘z talablarini asoslovchi holatlarning o‘zgartirilishini bildiradi.
Bu norma ish boshqa instansiyalarda ko‘rilayotganida qo‘llanilmaydi. Qayd etilgan huquq da’vogar tomonidan, shuningdek hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya instansiyalari tomonidan yoki nazorat tartibida bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda foydalanilishi mumkin. Da’vo predmetining o‘zgarishi da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy- huquqiy talablarining o‘zgarishini bildiradi. Da’vo asosini o‘zgartirish da’vogarning javobgarga nisbatan o‘z talablarini asoslantirgan holatlarning o‘zgarishini bildiradi. Da’vo predmeti va asosi tushunchalaridan shu narsa kelib chiqadiki, agar bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab shartnomani bekor qilish talabi bilan almashtirilsa va bu o‘zgarishga boshqa asoslar keltirilsa, bunday holda da’voning predmeti va asosi o‘zgargan hisoblanadi. IPK da’vo predmeti va asosini bir vaqtda o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi deganda, da’vogar tomonidan da’vo arizasida bayon qilingan o‘sha talab bo‘yicha da’vo summasining ko‘paytirilishi tushuniladi. Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi da’vogar tomonidan da’vo arizasida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha talablarni taqdim qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Masalan, mulkiy sanksiyalarni qo‘llash haqidagi talab asosiy qarzni undirish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha talablar miqdorining ko‘paytirilishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkin.
Da’vo bir paytning o‘zida bir necha da’vogarlar tomonidan yoki bir necha javobgarlarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. IPKning 44-moddasiga ko‘ra ham da’vo bir necha da’vogar (sherik da’vogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Bunda birgalikdagi ishtirokchilarning har biri iqtisodiy protsessda boshqa tarafga nisbatan mustaqil talab bilan chiqish huquqiga ega. Iqtisodiy protsessual kodeksda birgalikda protsessual sherik ishtirokchilikka oid normalar to'liq o‘z ifodasini topmagan.
Protsessual sherik ishtirokchilik deb, muayyan iqtisodiy ishning sudda ko'rilishida har ikki tarafdan ham bir necha da'vogarlar yoki bir necha javobgarlar ishtirok etishiga aytiladi.
Protsessual sherik ishtirokchilik turlari nizoning predmeti nimadan iborat bo'lshiga va sherik ishtirokchilar o'rtasidagi huquqiy munosabatning xarakteriga qarab belgilanadi.
Protsessual sherik ishtirokchilikning quyidagi turlari mavjud:


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling