Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet45/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Sud amaliyotida mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida bir necha subyektlarning ishtirok etish holatlari ham mavjud bo‘lgan. Umuman olganda, sud amaliyotida ayrim hollarda ishda mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning ishtirok etishlarini zaruriyat qilib qo‘yishlari mumkin. Masalan, Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 12-bandiga muvofiq, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda sudlar ishda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishlari zarur.
Agar ishni ko‘rib chiqish vaqtida qabul qilinadigan sud hujjati dastlabki kreditorning manfaatlariga daxl qiladigan bo‘lsa, uni mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilish zarur. Bunday shartni bajarmaslik noqonuniy qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dastlabki kreditorni qo‘shimcha dalillar (hujjatlarning asli, dastlabki kreditorning ko‘rsatmalari)ni olish uchun ham sud majlisiga jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uchinchi shaxslarning ishtirok etish holatlari fuqarolik qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, Fuqarolik kodeksining 394-moddasiga ko‘ra, agar uchinchi shaxs oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar yuzaga kelgan asos bo‘yicha tovarni olib qo‘yish to‘g‘risida sotib oluvchiga da’vo qilsa, sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishi, sotuvchi esa bu ishda sotib oluvchi tomonida qatnashishi shart.
Agar sotuvchi basharti ishda qatnashganida sotilgan tovar sotib oluvchidan olib qo‘yilishining oldini olgan bo‘lishi mumkinligini isbotlab bersa, sotib oluvchining sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilmasligi sotuvchini sotib oluvchi oldidagi javobgarlikdan ozod qiladi.
Sotib oluvchi tomonidan ishda qatnashishga jalb qilingan, biroq unda qatnashmagan sotuvchi sotib oluvchining ishni noto‘g‘ri yuritganligini isbotlash huquqidan mahrum bo‘ladi.
Bunday holatda shuni ham qayd etish lozimki, fuqarolik qonunchiligidagi uchinchi shaxs atamasi hamma vaqt ham iqtisodiy protsess uchun tatbiq etilmaydi. Lekin Fuqarolik kodeksining 394-moddasi talabi iqtisodiy protsessga muvofiq keladi, bu yerda uchinchi shaxs - da'vogar, sotib oluvchi - javobgar, sotuvchi esa mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etadi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning huquqlaridan foydalanadi va protsessual majburiyatlarini bajaradilar, da'voning asosi yoki predmetini o'zgartirish, da'vo talabining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, shuningdek da'vodan voz kechish, da'voni tan olish yoki kelishuv bitimi tuzish, qarshi da'vo taqdim etish, sud hujjjatining majburiy tarzda bajarilishini talab qilish huquqi bundan mustasno.
Uchinchi shaxs ham taraflar (ya'ni da'vogar va javobgar)ga, guvohlar va ekspertlarga savollar berib, zarur hujjatlarni sudga topshirib, ishning haqiqiy holatini aniqlashda protsessda faol qatnashadi.
Mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning huquqiy manfaatdorligi kelgusida unga nisbatan regress tartibda da’vo qilinishdan himoyalanish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy sud nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi va arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish yoki jalb qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling