Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet48/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

birinchidan, sudga bunday murojaat qilish imkoniyati mavjudligi, ya'ni qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko'rsatilgan hollarda;
ikkinchidan, ommaviy manfaatlarni himoya qilish maqsadida ishtirok etish. “Ommaviy” manfaat tushunchasi baholash mezoni sifatida qo'llaniladi. Nazarimizda, mazkur holatda 2015-yil 3-iyundagi “Qimmatli qog'ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunining 56-moddasiga ko'ra qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investorlarning, qimmatli qog'ozlar egalarining, davlatning manfaatlarini ko'zlab davlat boji to'lamasdan sudda da'vo qo'zg'atish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Shunga muvofiq mazkur organ qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini ommaviy tartibda himoya qilinishini ta'minlaydi.
Shuningdek, 2003-yil 24-apreldagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi. Mazkur Qonunning 43-moddasiga muvofiq esa Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni majburiy to‘lovlar bo‘yicha bankrot deb topish to‘g‘risida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilishlari mumkinligi nazarda tutilgan.
Umuman, ikkala holatda ham bir paytning o‘zida davlat manfaatlari (davlat oldidagi qarzlarni qoplash) hamda jamoatning manfaatlari himoya qilinadi.
Yuqorida ko'rsatilganidek, davlat idoralarining iqtisodiy protsessda qatnashishidan maqsad davlat, tashkilotlar, xo'jalik yurituvchi subyektlar manfaatlarini himoya qilish va sud idoralariga xolisona, qonuniy va adolatli hal qiluv qarorini chiqarishda yordam ko'rsatishdan iborat bo'ladi. Xuddi shunday maqsadlarda iqtisodiy protsessda davlat boshqaruv idoralari hisoblangan moliya idoralari, kredit muassasalari, ijtimoiy ta'minot idoralari va boshqa tashkilotlar ham qatnashishlari mumkin.
Qonunga binoan to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan hollarda iqtisodiy protsessda boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da'vo qo'zg'atish yo'li bilan jamoat tashkilotlari, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning vakillari ishtirok etishlari mumkin. Masalan, “Fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi 2013-yil 22-aprel Qonunida, fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli) qonunlarda ko'zda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan bo'ladigan munosabatlarda fuqaro manfaatlarini himoya qilishi ko'rsatilgan.
Qayd etilgan tashkilotlar (faqat qonun bilan nazarda tutilgan ayrim hollardagina) nizoli xo'jalik huquqiy munosabatlarning subyekti bo'lmasdan, protsessda o'zlarining moddiy subyektiv huquqlarini himoya qilmasdan, balki ularga berilgan huquq doirasida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilib protsessda ishtirok etadilar. Ular o'zlariga yuklatilgan huquq va burchlarni amalga oshirish bilan sudda qonuniy va asoslantirilgan hal qiluv qarorini chiqarilishigagina manfaatdor bo'ladilar. Bu idoralarning manfaatdorligi faqat protsessual xarakterga ega ekanligiga ahamiyat berish lozim.
Davlat organlari va boshqa shaxslarning iqtisodiy sudlarga murojaat qilishining protsessual tartibi prokurorning bu boradagi huquqiy maqomiga o'xshab ketadi.
Ishni sudda ko'rish jarayonida ishtirok etishning protsessual shakli bo'yicha IPKning yuqorida keltirilgan 50-moddasida boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini iqtisodiy protsessda himoya qilishning protsessual qoidalari ko'rsatilgan. Ishtirok etishning birinchi shakliga ko'ra ular da'vo bilan sudga murojaat etish orqali davlat boshqaruv idoralari, muassasalar, korxonalar hamda jamoat tashkilotlarining qonunda ko'rsatilgan hollarda boshqa shaxslarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar.
Davlat organlari va boshqa shaxslar davlat va jamiyatning huquqi yoki qonuniy manfaatlari buzilishi to'g'risida ma'lumot olganlarida bu idoralar o‘z tashabbuslari bo'yicha iqtisodiy ishlarni qo'zg'atishlari ham mumkin.
Davlat organlari va boshqa shaxslar iqtisodiy protsessda ishtirok etish shakllaridan qat'i nazar, suddagi subyektlar qatorida muayyan protsessual huquq va burchlarga ega bo'lgan shaxslar bo'lib ko'riladilar. IPKning 41-moddasi bu shaxslarni ishda ishtirok etuvchi shaxslar jumlasiga kiritgan. Bu qoidada ko'rsatilishicha: ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxa ko'chirish, rad qilish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, iqtisodiy sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko'rish davomida tug'iladigan barcha masalalar bo'yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e'tiroz bildirish, sud hujjjatlari ustidan shikoyat qilish hamda ularga berilgan boshqa protsessual huquqdardan foydalanishlari mumkin.
Davlat organlari va boshqa shaxslar ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar kabi protsessual majburiyatlarga egadirlar va ular o'zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari shart.
Ishda davlat organlari va boshqa shaxslar taraf bo'lib ko'rilmasalar ham, o'zlarining talablarini asoslashlari lozim va shu munosabat bilan o‘z manfaatlarini himoya qilish bo'yicha arz bilan murojaat etgan da'vogar kabi muayyan protsessual harakatlar qilishga, chunonchi, sud majlisida birinchi bo'lib bayonotlar berishga va muzokarada so'zlashga haqli bo'ladilar. Ular da'vogarlar qanday huquqlardan foydalansa, shunday huquqlardan foydalanadilar.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar, fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organlari kelishuv bitimlari tuza olmaydilar, ularga nisbatan qarshi da'volar ham qilinishi mumkin emas.
Davlat organlari va boshqa shaxslar Soliq kodeksining 330-moddasida nazarda tutilgan holatlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinganlar, jumladan, adliya organlari davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar hamda berilgan arizalar yuzasidan.
Mazkur organlarga o‘z da'vo talablarini isbotlash majburiyati yuklatiladi. Da’vo arizasi taqdim etgan organ da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Davlat organining o‘z da’vosidan voz kechishi da’vogarning o‘z huquqlarini umumiy tartibda himoya qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Shu bilan bir qatorda, iqtisodiy protsessda ommaviy huquqiy manfaatlarni himoya qilish alohida shaxslarning manfaatini himoya qilishni nazarda tutmaydi. Masalan, litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi da’volar, Markaziy bank tomonidan tijorat bankining litsenziyasi chaqirib olinganida uni tugatish haqidagi da'volari.
Xo'jalik ishlarining ko'rilishi va hal qilinishida davlat organlari va tashkilotlarning ishtirok etishlariga yo‘l qo'yilishi iqtisodiy protsessual munosabatlarning yanada demokratlashtirilishining ifodasi bo'lib, davlat hamda boshqa tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling