Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Download 416.16 Kb.
bet12/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Toʻrtinchidan, intellektual mulk nizolarini koʻrish boʻyicha alohida sud organi tashkil etilmagan. Masalan, ma’muriy sudlarda fuqaro, yuridik shaxs hamda ma’muriy organ oʻrtasida vujudga keladigan turli xil masalalar koʻriladi. Masalan, Berlin ma’muriy sudi sudyasi Y.Pudelka oʻzining maqolasida tajribalari natijasida odatda koʻp uchrab turadigan ommaviy huquqiy nizolarning 13 xilini sanab oʻtgan. Ya’ni bunda ma’muriy organ intellektual mulk sohasidan boshqa ming xil soha, yoʻnalishda qaror qabul qilishi, harakat (harakatsizlik)ni amalga oshirishi mumkin. Ma’muriy sud esa ma’muriy organning bu kabi qarorlari, harakat yoki harakatsizliklarining qonunga muvofiqligini tekshiradi. Pudelka Germaniya ma’muriy sudida koʻriladigan quyidagi odatiy ishlarni keltirib oʻtadi: ma’muriy organlar soliq, yigʻimlarni undirishdagi noqonuniy xatti-harakatlari, elchixona tomonidan viza berishni rad etilganligi, politsiya xodimlari fuqarolarni kaltaklaganligi, qurilish, migratsiya, yoʻl harakati xavsizligi sohalarida, restoran va mehmonxonalarni faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki litsenziyasini bekor qilish, imtihon komissiyalarining qarorlari qonuniyligini tekshirish, davlat xizmatchilarini lavozimga tayinlash, ishga qabul qilish yuzasidan nizolar ham ma’muriy sudlarning vakolatiga kiradi65.
Ma’muriy sudlarda mana shu kabi turli sohalarda qabul qilingan qarorlarning qonunga muvofiqligi koʻriladi. Intellektual mulk sohasi ham juda keng qamrovli sohalardan hisoblanadi. Ma’muriy sud sudyasi ushbu sohadagi davlat organining qarorlari, xatti-harakatlarini qonunga muvofiqligini aniqlash uchun intellektual mulk sohasiga murojaat qiladi, mazkur soha boʻyicha davlat organining faoliyatini oʻrganib chiqqanidan soʻng hal qiluv qarorini qabul qilishi mumkin. Shu jihatdan ham, Intellektual mulk sohasida ma’muriy sud sudyasi ixtisoslashmagan boʻladi. Shuning uchun intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqishda bu sohada ixtisoslashgan alohida sudlarini tashkil qilish taklif etiladi.

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling