Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Download 416.16 Kb.
|
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adliya vazirligi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini berish jarayonida;
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida47. Adliya vazirligi. “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 17-martda PF-89-son bilan qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlari ularning vazifa, funksiya va vakolatlari Adliya vazirligiga oʻtkazilgan holda qoʻshib olingan. Shuningdek, intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish yoʻnalishida: intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ushbu farmon bilan Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi va buni vazirlik tarkibiga kiruvchi Intellektual mulk departamenti amalga oshiradi. Shu bilan birga, vazirlik qoshida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi intellektual mulk obyektlari uchun muhofaza hujjatlarini berish yuzasidan talabnomalarni koʻrib chiqish; ularning rasmiy ekspertizasini oʻtkazish, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini tekshirish; talabnoma topshirilgan obyektlarning ustuvorligini belgilash; davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini taʼminlash; jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni koʻrib chiqish; mualliflik huquqi obyektlarini saqlashga (depozitariyga) qabul qilish; depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk obyektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni taʼminlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan zarur boʻlgan nusxani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun unga murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat yaratish kabi xatti-harakatlarni amalga oshiradi48. Agar bular bajarilmasa, harakatsizlik sifatida e’tirof etiladi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga topshirilgan talabnomalarning oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari boʻyicha muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi49. Mazkur qarorlar, harakat yoki harakatsizliklar ustidan amaliyotda yuqori turuvchi organ Adliya vazirligi Apellatsiya kengashiga, kengash tomonidan chiqarilgan ma’muriy qarorlar ustidan esa ma’muriy sudga shikoyat qilinadi. Bunda arizachi suddan Apellatsiya kengashi qarorini haqiqiy emas deb topish, xatti-harakatlari (harakatsizliklari)ni qonunga xilof deb topishni yoki ma’muriy organga majburiyat yuklashni soʻrab murojaat qilishi mumkin. Adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarida apellatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqish muddatlari belgilangan va ular uch kategoriyaga boʻlingan boʻlib, apellatsiyalar turi va mazmuniga qarab ikki oylik, toʻrt oylik va olti oylik muddat ichida koʻrib chiqiladi hamda ariza toʻrt oy ichida koʻrib chiqiladi50. Ya’ni Apellatsiya kengashiga ikki xil tarzda – ikki xil hujjat bilan murojaat qilinadi. Biri ariza, ikkinchisi apellatsiya shaklida. Ariza 4 oy ichida koʻrib chiqiladi, ya’ni faqat bir holatda ariza beriladi: hammaga ma’lum tovar belgisi deb topish uchun beriladigan arizalar shular jumlasiga kiradi. Ularni koʻrib chiqilib, uning natijalari yuzasidan qaror qabul qilinadi. Kengash qarori qabul qilinganidan boshlab oʻn ish kuni ichida manfaatdor shaxslar ogohlantiriladi va shundan soʻng qaror kuchga kirgan hisoblanadi. Apellatsiya kengashi qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin51. Apellatsiya kengashi arizani uzogʻi bilan olti oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqishini hisobga olsak, manfaatdor shaxslar ixtiyorida kengash qarori ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilishda yana olti oylik muddat boʻladi. Agar mazkur muddat ichida sudga murojaat qilmasa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanadi va undan keyin bu oʻtkazib yuborilgan muddat uzrli deb topilmaganda tiklanmaydi. Download 416.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling