Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Download 416.16 Kb.
bet6/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Ma’muriy sud VfVwGG (Polshaning 2002-yil 30-avgustdagi Ma’muriy sudlarda ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi qonuni) 3-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq huquqiy nizo boʻyicha hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan qarorlar ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunga misol qilib, ish yuritishni davom ettirish toʻgʻrisidagi qarorni keltirish mumkin (VwVfGB 149-moddaga qarang). Shuni taʻkidlash kerakki, VwVfGB va soliq kodeksiga koʻra, har bir qaror ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Ushbu qonunlarga koʻra, agar qonun ruxsat bergan boʻlsa, taraf ish yuritish jarayonida qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin. Ya’ni bunda ma’muriy organ manfaatdorga xat, soʻrov yoki boshqa qoʻshimcha maʻlumotlarni olish uchun soʻrovnoma singari hujjatlarni yuborishi mumkin. Bu kabi hujjatlar ustidan shikoyat qilib boʻlmaydi, chunki ular manfaatdor shaxsning huquqlariga hech qanday yoʻsinda daxl qilmaydi va ularning huquq va erkinliklarini cheklab, bekor qilib yoki ularga qoʻshimcha majburiyat yuklaydigan hamda yakunlovchi xarakterdagi ma’muriy akt hisoblanmaydi. Yuqorida sanab oʻtilganlar ma’muriy akt qabul qilingungacha boʻlgan davrda aktning xolis, qonunan, adolatli va har tomonlama imkon qadar mukammal qabul qilinishi uchun yordamchi hujjatlar desak, xato boʻlmaydi. Shu sabab ham ma’muriy protseduradagi har qanday hujjatlar ustidan shikoyat qilib boʻlmaydi. Chunki yuqoridagi yordamchi hujjatlar bilan ish yakunlanib qolmaydi. Aynan qanday hujjatlar ustidan shikoyat qilinishi quyida sanab oʻtilgan boʻlib, ular manfaatdor shaxslar huquqlariga bevosita yoki bilvosita taʻsir qilgani uchun ham ma’muriy sudlarni nazoratida turadi. “Bevosita” deganda huquqlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʻsir qiluvchi shaxs tushuniladi, uni adresat deyish mumkin. “Bilvosita”da esa toʻgʻridan toʻgʻri huquqlariga daxl qilmaydigan shaxslarni keltirish mumkin, masalan, uchinchi shaxslar boʻlishi mumkin.
VfVwGG 3-moddasi 2-qismiga muvofiq, ma’muriy sudlar tomonidan quyidagilar nazorat qilinadi:
1) ma’muriy qarorlar; 2) ma’muriy tartibda qabul qilingan, shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan qarorlar; 3) ma’muriy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorlar; 4) sud jarayonini belgilovchi qarorlar; 5) ijro va xavfsizlik protsessida chiqarilgan bahsli qarorlar; 6) qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan huquq yoki majburiyatlarga taalluqli yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari davlat boshqaruvi sohasidagi ma’muriy hujjatlar va boshqa hujjatlar; 7) har bir holat boʻyicha berilgan soliq qonunchiligining izohlari; 8) mahalliy hokimiyat organlari yoki markaziy boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan mahalliy qonun hujjatlari; 9) mahalliy hokimiyat organlari va ular birlashmalarining davlat boshqaruvi masalalari boʻyicha boshqa hujjatlari; 10) mahalliy hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazorat choralari; 11) organlarning harakatsizligi34.
Avvalo shuni taʻkidlash kerakki, ma’muriy sudlar nizolarni mohiyatan hal qilmaydi, balki ma’muriy harakatning qonuniyligi yoki organlarning harakatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shunday qilib, ma’muriy sudlar eʻtiroz bildirilgan ma’muriy hujjatlarni faqat bekor qilishi, haqiqiy emas deb topishi yoki tasdiqlashi mumkin. Fuqarolarning huquq va majburiyatlariga taalluqli yangi ma’muriy qarorlar chiqarilmaydi. Ya’ni davlat organlari ma’muriy aktlari yuzasidan yangi norma yaratmaydi.
Birinchi instansiya sudi sifatida WVG (Voevode ma’muriy sudi) shikoyatning predmeti boʻyicha ham hukm shaklida, ham qaror qabul qilishi mumkin. Qaror qabul qilish xarakteri da’vo predmeti bilan belgilanadi35. Agar WVG da’voni rad etmasa36, u sud qarori bilan quyidagi tarzda qaror qabul qilinishi mumkin: 1) ishning natijasiga taʻsir koʻrsatgan moddiy huquqni buzganlik qismi; ma’muriy jarayonni qayta boshlash uchun asos boʻladigan huquqlar buzilganligi; yoki protsessual qoidalarning boshqa buzilishi, agar bu ishning natijasiga jiddiy taʻsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, WVG ma’muriy organning qarorini yoki harakatini toʻliq yoki qisman bekor qiladi; 2) VwVfGB 156-moddasiga yoki boshqa normativ hujjatlarga muvofiq asoslar mavjud boʻlsa, u ma’muriy organning qarorini yoki xatti-harakatini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʻlon qiladi; 3) Ma’muriy organning qarori yoki harakat (harakatsizligi) VwVfGBda yoki boshqa qoidalarda koʻrsatilgan sabablar mavjud boʻlsa, qonunni buzgan holda qabul qilinganligini belgilaydi37. Davlat boshqaruvi sohasidagi boshqa ruxsat beruvchi yoki majburiy ma’muriy hujjatlar va harakatlar yoki ayrim holatlarga talqin qilish soliq qonunchiligiga muvofiq, WVG uni bekor qilishi yoki uning samarasizligini aniqlashi mumkin.
Estoniya. Agar kontrafakt tovarlar, qalbaki tovarlar va umuman olganda, intellektual mulk huquqini buzuvchi tovarlar uchinchi mamlakatlarda paydo boʻlgan yoki import qilingan boʻlsa, ularning Yevropa Ittifoqi hamjamiyati bojxona hududiga kirishi, shu jumladan ularni qayta yuklash, erkin muomalaga chiqarish taqiqlanishi kerak, hamjamiyatda toʻxtatib turish tartibiga joylashtirish va erkin zonaga yoki omborga joylashtirish va bojxona organlariga ushbu taqiqni iloji boricha qat’iy bajarishga imkon beradigan tartibni oʻrnatish kerak38. Yuqoridagi qonun buzilishlarning oldini olish bojxona organlari vakolatlariga kiradi. Yevropa ittifoqi hamjamiyati intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishda bojxona organlari toʻgʻri qaror qabul qilish hamda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga vakolatlidir. Ya’ni intellektual mulk sohasida ular mazkur soha boʻyicha qaror qabul qilish orqali oʻz vakolatlarini bajargan hisoblanadi. Yuqoridagi vaziyatda intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi organlardan biri boʻlgan Bojxona organlari qarorlari, harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilingan. Bu Estoniyada “Sintax Trading” AJ hamda “Maksu Tolliamet” Estoniya Soliq va bojxona organi oʻrtasidagi C-583/12-sonli ish ma’muriy sudda koʻrilgan.
Ushbu ish Estoniyada sanoat namunasi huquqini buzayotgan tovarlarga nisbatan koʻrilgan chegara nazorati choralariga taalluqlidir. Shunday qilib, sudga Kengashning 1383/2003-sonli Nizomini, ya’ni Nizomning 13-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan intellektual mulk huquqi buzilgan yoki yoʻqligini aniqlash tartibini talqin qilish uchun yangi imkoniyat berildi. Muayyan intellektual mulk huquqlarini buzganlikda gumon qilingan tovarlarga nisbatan bojxona harakati va bunday huquqlarni buzganligi aniqlangan tovarlarga nisbatan koʻriladigan choralar 2003-yil 22-iyuldagi Nizomda belgilangan (OJ 2003 L 196, 7-bet). Reglamentda sud tomonidan ish boʻyicha 2009-yil 12-fevraldagi qarorlarida talqin qilingan39.
Yuqoridagi savollar Sintax Trading aksiyadorlik jamiyati tomonidan boshlangan sud jarayonlarida yuzaga keldi (keyingi oʻrinlarda “Sintax”) Maksu Tolliametga (Estoniya Soliq va bojxona organi, bundan keyin “MTA”) qarshi, u Sintaxning olib qoʻyilgan tovarlarni chiqarish toʻgʻrisidagi soʻrovini tovarlar roʻyxatdan oʻtgan sanoat namunasi huquqini buzganligi sababli rad etgan. Ya’ni Estoniya Soliq va bojxona organi Sintax AJ kontrafakt tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtmoqchi boʻlganida, bu tovarlar intellektual mulk huquqlarini buzayotganligi uchun bojxona tomonidan olib qoʻyilgan. Sintax AJ esa oʻzining tovarlarini qaytarib berishlarini soʻrab, ma’muriy organga murojaat qilgan, bojxona esa bundan oldin davlat roʻyxatidan oʻtgan shu tovarga oʻxshash sanoat namunasi boʻlganligi bois uning bu soʻrovini rad etgan. Qizigʻi shundaki, mazkur ma’muriy organga intellektual mulk huquqlari buzilayotgan huquq egasi chora koʻrishini soʻrab murojaat qilmagan, balki aksincha buni bojxona organi oʻzining tashabbusi bilan amalga oshirmoqda. Ya’ni intellektual mulk huquqi buzilish holati aniqlanyaptimi, demak, bu tovarlar mamlakat hududiga kirib kelib, nizo vujudga kelib, keyinchalik bir qator muammolar keltirib chiqarishini oldini olib, ma’muriy organ bu borada oʻzining diskretsion vakolati asosida ma’muriy akt chiqargan.
Mazkur masala boʻyicha ikkala tomon ham asosli vajlar keltirib, masalani oʻz foydasiga hal qilish uchun ancha harakat qilishgan. Binobarin, ma’muriy sudga bojxona organining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilgan Sintax AJ – intellektual mulk huquqi buzilyapti deb hisoblagan huquq egasi Sintax ustidan bojxona organlariga shikoyat qilmaganini sabab qilib keltirgan. Bojxona organi esa mazkur vaziyatda intellektual mulk huquqlari buzilishini oldini olib, bunga yoʻl qoʻymaganligini asos qilib keltirgan. Bu holatda, albatta, qonunchilikka murojaat qilish kerak, Estoniya qonun normalarida esa Bojxona organlarida bunday vakolat mavjud boʻlmagan. Ammo Ma’muriy tartib-qoidalar toʻgʻrisidagi qonunida ma’muriy organ oʻzining tegishli ixtiyoriga koʻra qaror chiqarish huquqi mavjudligi belgilab qoʻyilgan. Arizachi esa ma’muriy organning bunday vakolati aniq qilib qonunda koʻrsatib qoʻyilmaganligini daʻvo qilmoqda. Shu tufayli, masalani hal qilishda muammoga duch kelingan.
Ikkinchi tomon boʻlgan Acerra 2010-yil 15-fevralda Estoniya reyestriga 01563 “Poodle” (shisha) raqami ostida kiritilgan shisha uchun roʻyxatdan oʻtgan sanoat namunasi huquqining egasidir. Keyinchalik 2010-yil 6-dekabrda Acerra MTA (Bojxona organi)ga Sintax kompaniyasi Estoniyaga roʻyxatdan oʻtgan dizayn bilan himoyalangan shakldagi butilkalardagi mahsulotni yetkazib berishga uringani haqida xabar berdi. 2010-yil 23-dekabrda MTA Ukraina kompaniyasi tomonidan Sintaxga joʻnatilgan 63 700 dona shisha joʻnatilishini qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazdi. MTA butilkalarning roʻyxatdan oʻtgan dizaynga oʻxshashlik darajasi intellektual mulk huquqlarining buzilishiga shubha uygʻotish uchun yetarli deb hisobladi. 2010-yil 27-dekabrdagi buyrugʻi bilan MTA gumondor tovarlarni bojxona omborida saqlashni buyurdi. 2011 yil 17 fevralda MTA shunga oʻxshash asoslar bilan tovarlarni chiqarish toʻgʻrisidagi soʻrovni yana rad etdi Estoniya maʻlumotlariga koʻra, MTA sanoat namunasi huquqining haqiqiyligi boʻyicha koʻrib chiqilayotgan jarayonlarni hisobga olgan holda ma’muriy qaror chiqarmaslikka qaror qildi. Nizomning 2-moddasi 1-qismi mazmunida intellektual mulk huquqlarining buzilishi mavjudligi yoki yoʻqligini aniqlash, chunki bunday qaror aslida tovarlarni musodara qilish va ularni yoʻq qilish taʻsiriga ega boʻladi.
Mazkur ish yakuni boʻyicha advokat Pedro Cruz Villon xulosa oʻrnida shuni taʻkidlagan: yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda, Oliy sud tomonidan qoʻyilgan savollarga quyidagicha javob berishni taklif qilaman:
— Kengashning 2003-yil 22-iyuldagi 1383/2003-sonli Nizomning 13-moddasi 1-qismining ayrim intellektual mulk huquqlarini buzganlikda gumon qilingan tovarlarga nisbatan bojxona taʼsiri va bunday huquqlarni buzganligi aniqlangan tovarlarga nisbatan koʻriladigan choralar toʻgʻrisidagi talqiniga koʻra, aʻzo davlatlar bojxona organlariga ushbu qoidada koʻrsatilgan tartibni amalga oshirish huquqini berishdan, agar bu vakolat milliy qonunchilikda toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona organlari oʻzlarining mustaqilligi va xolisligini taʻminlaydigan tarzda harakat qiladilar va qabul qilingan qarorlarni sud tomonidan qayta koʻrib chiqish imkoniyati taʻminlanadi. 1383/2003-sonli Nizomning 1-bandi aʻzo davlatlarga bojxona organlariga ushbu qoidada koʻrsatilgan tartibni rasmiy ravishda boshlashga imkon beradigan huquqiy qoidalarni belgilashga toʻsqinlik qilmaydi deb talqin qilinishi kerak40.
Estoniya Ma’muriy boshqaruv toʻgʻrisidagi qonunining 6-bandida:
“Davlat boshqaruvi organi ish uchun ahamiyatli boʻlgan faktik holatlarni aniqlash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi va tegishli tartibda bu boradagi ish boʻyicha ish yuritishni amalga oshiradi”41. Bunday harakatlar, albatta, ma’muriy organ tomonidan qaror qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi va shundagina ma’muriy aktning imkon qadar mukammal yaratilishiga erishilgan boʻladi. Bu esa ushbu akt ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilish miqdorini ma’lum darajada kamaytiradi.
Chexiya. Veronika Tomoszkova hamda Maxim Tomoszek oʻz tadqiqotlarida Chexiya misolida eʻtiroz bildirilishi mumkin boʻlgan ma’muriy qarorlar doirasi qatorida quyidagilarni keltirib oʻtishgan:
Chexiya Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, sudlar huquqlarni himoya qilish uchun xizmat qilishga chaqiriladi42. Ularning asosiy vazifasi qilib huquqlar himoya qilinishi olingan, u xoh moddiy, xoh nomoddiy huquqlar boʻlsin yoki intellektual mulk huquqi ham boʻlishi mumkin. Xullas, shaxsning har qanday huquqlari sudning himoyasida hisoblanadi.
Ma’muriy sud kodeksi 2-bandi ma’nosida ma’muriy sudlar jismoniy va yuridik shaxslarning subyektiv jamoat huquqlarini himoya qilishni taʻminlaydi43. nemis huquqshunosi Von Ihering subyektiv huquqlarni berishning maqsadi u moddiy yoki nomoddiy boʻlsin shaxslarga oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vositalar bilan ta’minlash, deb hisoblagan. Ular sarasiga intellektual mulk huquqi ham kiritgan.
Chexiyada ma’muriy sudlar, nafaqat ma’muriy organlarning qarorlari yoki ma’muriy organlarning qonunga zid harakatlari ustidan shikoyatlar boʻyicha, balki qonun bilan belgilangan boshqa masalalarni ham hal qiladi, masalan yuqoridagi taʻkidlanganlar kabi.
Ma’muriy qarorlar ma’muriy organlar tomonidan tegishli qaror bilan bogʻliq boʻlgan huquqlarning huquqiy tabiatiga koʻra, ya’ni ular subyektiv jamoat huquqlari yoki subyektiv xususiy huquqlar boʻlishi yoki yoʻqligiga qarab chiqariladi44.
Subyektiv huquqlarga maʼmuriy qarordan tashqari maʼmuriy organning farmoyishi yoki aksincha, maʼmuriy organning harakatsizligi taʼsir etsa, koʻrib chiqish maʼmuriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ma’muriy sud hatto “ma’muriy organning harakatsizligidan himoya qilish nafaqat moddiy-huquqiy da’vo xususiy huquq xarakteriga ega boʻlganligi sababli rad etilishi kerak” degan qarorga keldi. Ma’muriy organning harakatsizligi holatida, bu unga bogʻliq emas. tegishli subyektiv huquqning huquqiy tabiati toʻgʻrisida deb hisobladi.
Ma’muriy sudlar tomonidan koʻrib chiqish doirasi sudlar muzokaralar olib borish va qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan va majburiyatga ega boʻlgan masalalar doirasi bilan belgilanadi. VwGO 4(1) boʻlimiga muvofiq, Chexiya ma’muriy sudlari quyidagilar boʻyicha qaror qabul qiladi: 1) ma’muriy sudlar kun tartibining asosiy qismini tashkil etuvchi ma’muriy organlar qarorlari ustidan shikoyatlar; 2) ma’muriy organlarning harakatsizligi ustidan shikoyatlar (harakatsizlik deb ataladigan harakatlar); 3) ma’muriy organlarning noqonuniy aralashuviga qarshi da’volar (majburiy da’volar deb ataladi); 4) kompetensiyalar.
Bundan tashqari, ma’muriy sudlar umumiy farmonni yoki uning bir qismini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani, shuningdek, saylov masalalari, mahalliy yoki mintaqaviy referendumlar, siyosiy partiyalar va siyosiy harakatlar masalalari boʻyicha VwGO 4-bandining 2-bandiga muvofiq qaror qabul qiladi.

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling