Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi
Download 416.16 Kb.
|
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avvalo
- Beshinchidan
- Agata Klorek
- Davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish
- Arne Maltzanning ta’kidlashicha
- Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) doir
E.Xojiyev fikriga koʻra, ijro hokimiyati organlari oʻzining funksiyalarini bevosita davlat nomidan amalga oshirar ekan, ular faoliyatining tashqi koʻrinishi (shakli) huquq normalari bilan tartibga solingan boʻlishi kerak. U yoki bu davlat organining huquqiy maqomini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar, ular faoliyatining tashqi koʻrinishi (shakllari)ni ham belgilab beradi8. Davlat organlari oʻzlariga berilgan vakolat asnosida va butun davlat irodasini namoyon etgan holda uning nomidan ish yuritadi, manfaatdor shaxslar esa davlatning oʻzlari bilan munosabatini ma’muriy organ va uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari timsolida koʻradi. Shu bilan birga davlat organlari, tashkilotlari mazkur harakatlarni amalga oshirar ekan, ularning har bir ishi, bajarayotgan vazifasi qonunga muvofiq boʻlishi shart hamda ular buni qonun doirasidan chetga chiqmagan holda amalga oshirishlari zarurligi yuqoridagi fikrdan anglashilgan.
Huquqshunos I.Rixter ma’muriy aktning quyidagi besh asosiy belgilarini keltirib oʻtgan: ma’muriy aktning ma’muriy organ tomonidan qabul qilinishi; tashqiligi; hokimiyat vakolati asosida qabul qilinishi; huquqiyligi; individualligi9. Avvalo, ma’muriy aktni qabul qilishga qaysi organ vakolatli boʻlsa shu davlat organi yoki tashkiloti mazkur aktni chiqarishga haqlidir. Ikkinchidan, J.Ne’matov ma’muriy aktning tashqi xarakterdagi belgisini quyidagicha tavsiflaydi: jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy organlarga nisbatan sudga ariza va shikoyat qilinganda nizolashilayotgan masala yuzasidan ma’muriy organning xususiy shaxsga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerakligini ta’kidlagan10. Ya’ni ma’muriy organ hamda mazkur organdan tashqarida boshqa bir jismoniy yoki yuridik shaxs oʻrtasidagi ma’muriy-huquqiy munosabatlar natijasida chiqarilgan ma’muriy organning ma’muriy akti (qarori; harakati, harakatsizligi) tufayli vujudga kelgan nizo nazarda tutilgan. Ma’muriy aktning uchinchi belgisiga kelsak, davlat organi oʻziga davlat tomonidan berilgan vakolat, huquqdan chetga chiqmagan holda ma’muriy aktni qabul qiladi. Toʻrtinchidan, aktning qonun doirasida qabul qilinganligi, huquq normalariga asoslanganligi, qonunchilikka muvofiq ekanligi muhim omil hisoblanadi. Beshinchidan, ma’muriy aktning individualligi deganda uning normativ huquqiy hujjatdan ham farqli ravishda ma’lum bir shaxslar jamoasi yoki yakka shaxsga tegishli ekanligi tushuniladi. Ya’ni ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan ma’muriy akt butun davlat hududida barcha uchun umummajburiy xarakterga ega emas, balki ma’muriy akt kimning huquqlariga daxl qilayotgan boʻlsa, akt oʻsha shaxs uchungina huquqiy oqibat keltirib chiqaradi. Masalan, jismoniy yoki yuridik shaxs ayni bir mamlakat hududida oʻzining ma’lum bir qonuniy faoliyatini olib borishi kerak. Buning uchun u ruxsatnoma olishi kerak boʻladi va ushbu ruxsatnomani bu boʻyicha tegishli vakolatga ega boʻlgan davlat organi beradi. Davlat organi mazkur jismoniy yoki yuridik shaxsning ushbu masala boʻyicha qilgan murojaatini koʻrib chiqib, uning natijalari boʻyicha arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu ma’muriy akt faqatgina oʻsha shaxs (yoki bir necha shaxs)larga taalluqli boʻlib, ular uchun huquqiy oqibat keltirib chiqaradi va ularning ma’lum faoliyatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik huquqiga ta’sir qiladi. Ma’muriy protsedura asosan maʼmuriy huquq sohasidagi alohida masalalar boʻyicha ma’muriy organlar oldidagi tartibdir11. Ya’ni ma’muriy protsedura ma’muriy huquqda oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan hamda ma’muriy organlar oldidagi tartib-taomilni belgilab beruvchi jarayondir. Buning asosida ma’muriy organ va manfaatdor shaxs oʻrtasidagi munosabatlar yotadi. Bu munosabatlar zamirida huquq va majburiyatlar vujudga keladi va ularning bajarilish yoki bajarilmasligi oqibatlariga koʻra ma’muriy protsedura davomiyligi oydinlashadi. Polsha qonunchiligiga koʻra, maʼmuriy sud ishini yuritishning zaruriy sharti masala birinchi marta maʼmuriy ish yuritishda davlat maʼmuriy organi tomonidan hal qilinganligidir12. Ish, avvalo, sudgacha hal qilish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligiga eʻtibor qaratilishi lozimligi nazarda tutilmoqda. Chunki bunda sudda ish hajmining haddan ziyod oshib ketishining, sudga koʻp vaqt va xarajat sarflanishining oldini olish maqsad qilib olingan. Shuningdek, koʻp hollarda ish sudga oshirilgandan koʻra ma’muriy organning oʻzida hal boʻlganligi holatlarini ham kuzatish mumkin. Bunda bevosita manfaatdor shaxsishga jalb etiladi, uning ishtirokida majlis oʻtkaziladi, uning shikoyat, vajlari tinglanadi, ma’muriy organ yoki uning mansabdor shaxslari tomonidan tushuntirishlar beriladi. Zarur hollarda majlisga masala boʻyicha ekspert yoki mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin. Masalan, intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari ustidan Apellatsiya kengashiga murojaat qilinganida kengash majlisiga, albatta, Intellektual mulk masalalari boʻyicha ekspert jalb qilinadi. Va shunda ham mazkur kengash majlisi natijalari boʻyicha oʻzining huquqlarini buzilgan deb hisoblagan shaxs mazkur ma’muriy organ qaroridan norozi boʻlsagina ma’muriy sudga murojaat etishga haqli hisoblanadi. Manfaatdor shaxsning bir tarafdan olib qaraganda, toʻgʻridan toʻgʻri sudga shikoyat qilmasdan birinchi navbatda yuqori turuvchi ma’muriy organga murojaat qilishining shart etib qoʻyilishi bu kabi masalalarning sudgacha oʻz yechimini topib sudning ishini anchagina yengillashtiradi. Shuning uchun da’vo, Agata Klorekning fikriga koʻra, bilan ma’muriy sudga faqat huquqiy himoya vositasi (ya’ni e’tiroz, shikoyat yoki masalani qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza) tugatilgandan keyin murojaat qilinishi mumkin13. Yuqoridagi fikrimizning tasdigʻi sifatida sudgacha masalani hal etishning zarur va muqobil usullarini qoʻllagan holda barcha choralarni koʻrish nazarda tutilgan. Ulardan manfaatdor shaxsning ma’muriy organga e’tiroz, shikoyat yoki masalani qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza bilan qilgan murojaati mazkur organ tomonidan batafsil koʻrib chiqilib har tomonlama oʻrganib chiqilishi muammoning imkon qadar yechim topishiga yoʻl ochadi. Ya’ni ma’muriy organ oʻziga kelib tushgan murojaat boʻyicha huquqni himoya qilishning barcha usullaridan toʻlaqonli foydalangan boʻlishi kerak. Bu arizachilarda davlat organiga boʻlgan ishonchni ham oshiradi. Agar qonun chiqaruvchi huquqiy himoya vositasini taqdim qilmagan boʻlsa, huquqlarning buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi soʻrov mas’ul organga topshirilishi kerak14. Bu yerda qonun chiqaruvchi deb tegishli qaror qabul qilgan ma’muriy organ nazarda tutilmoqda. Ya’ni qaror qabul qilgan ma’muriy organ yuqoridagi himoya vositalaridan birini ta’minlab bermasa, buni hal qilish uchun yuqori turuvchi organga murojaat qilish zarurligi qonunda belgilangan. Demak, yuqoridagilardan umumlashtiradigan boʻlsak, avval jismoniy yoki yuridik shaxs qaror, harakat (harakatsizligi)idan norozi boʻlgan ma’muriy organning oʻziga, soʻngra undan yuqori turuvchi ma’muriy organga murojaat qilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Ma’muriy sud ishining oʻziga xos xususiyati bu ish yuritishda koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan masalalarning xilma-xilligidir. Natijada, keng doiradagi ma’muriy hujjatlar yoki ma’muriyatning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilinishi mumkin15. Bundan shikoyat qilishning soʻnggi bosqichi ma’muriy sud boʻlishi anglashiladi. Albatta, undan soʻng sudning yuqori instansiyalariga ham murojaat qilish mumkin, lekin mazkur vaziyatda ma’muriy organlar hamda ma’muriy sudlarga shikoyat qilish bosqichi haqida gap ketmoqda, shu yuzasidan olib qaraganda soʻnggi bosqich deb ma’muriy sud nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ma’muriy sudga ushbu sudga taalluqli boʻlgan turli masalalar yuzasidan murojaat qilish mumkin, ushbu masalalar doirasi keng boʻlmasin, ularni ma’muriy organ va uning mansabdor shaxsi qarori, harakati yoki harakatsizligi birlashtirib turadi. Ya’ni ma’muriy organ har xil masalalar boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin. Ma’muriy akt turli sohalar doirasida qabul qilinishi mumkin. Misol uchun, ekologiya, tadbirkorlik, mol-mulk, intellektual mulk huquqi boshqa sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunda oʻziga xos jihat shundaki, avvalo, nizo yuqoridagi sohalardan birida vujudga keladi, keyin esa ushbu nizo yuzasidan huquqlari buzilgan taraf ma’muriy organga murojaat qiladi, undan soʻng ma’muriy-huquqiy faoliyat boshlanib, undan keyingi shikoyat bosqichi sud boʻlishi mumkin. Shulardan Intellektual mulk sohasini oladigan boʻlsak, bu soha birmuncha yangi sohalardan boʻlib, ma’muriy organlarning aynan intellektual mulk – inson aqliy faoliyati mahsuliga doir masalalar boʻyicha chiqariladigan ma’muriy aktlari huquq sohasida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu boʻyicha yuzaga kelayotgan nizo, tushunmovchilik, qonundagi boʻshliqlar ushbu sohani yanada chuqur oʻrganishga sabab boʻlmoqda. Jamiyat rivojlangani sayin davlatdagi qonun normalari ham oʻzining avvalgi huquqiy barqarorligini yoʻqotib zamonga mos takomil etilishni taqozo etadi. Intellektual mulk huquqi ham ayni shunday huquq sohalaridan biri boʻlib, bir qancha davlat organlarida mazkur soha boʻyicha ma’muriy akt qabul qilish orqali manfaatdor shaxslarning murojaatlarini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish vakolati mavjud. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, vaqt oʻtishi bilan bunday davlat organlari, tashkilotlarining safi kengayishi ham mumkin. Chunki turli davlatlarda bunday davlat organlari har xil va ular qabul qiladigan qarorlar bir-biridan farq qilishi mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, bunday organlarni intellektual mulk huquqi himoyasini ta’minlashga mas’ul davlat organlari deyish mumkin. Ya’ni bunday organlarning xilma-xilligini qaysidir davlat boshqa davlatning tajribasiga tayanishi natijasida koʻrish mumkin. Intellektual mulk yoʻnalishidagi ma’muriy organlar hamda ma’muriy aktlarga murojaat qiladigan boʻlsak, Intellektual mulk sohasida ma’muriy organlar qabul qiladigan ma’muriy hujjatlar turli davlatlarda turlicha koʻrinishda boʻlishi mumkin. Misol uchun, litsenziya, patent berish toʻgʻrisidagi qaror, xulosa, guvohnoma, ruxsatnoma yoki aksincha ularni rad etish toʻgʻrisidagi ma’muriy aktlar va hokazo. Ya’ni ma’muriy protseduralarda manfaatdor shaxslarning huquqlariga ta’sir qiluvchi qanday hujjat boʻlsa, ularning barchasi ma’muriy hujjat hisoblanadi. Yana bir oʻziga xos jihati shundaki, bunda ma’muriy akt yakunlovchi xarakterga ega boʻlishi zarur. Ya’ni ma’muriy-huquqiy munosabatlardagi har qanday hujjat ham ma’muriy hujjat boʻlavermaydi: ma’muriy organ oʻziga murojaat qilgan manfaatdor shaxsga ishda talab qilinishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlarni ham soʻrab olishga haqli boʻladi. Masalan, jismoniy shaxs oʻzi yaratgan oʻsimlik naviga patent olish yuzasidan tegishli ma’muriy organga talabnoma bilan murojaat qilganda, mabodo ushbu oʻsimlikning fotosurati yoinki uning boshqa shu kabi oʻsimliklardan farqli jihatlari toʻliq yoritilmagan va boshqa shunga oʻxshash ma’lumotlar yetarlicha taqdim etilmagan boʻlsa, ma’muriy organ tomonidan talabnoma beruvchiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soʻrovnoma yuboriladi. Bundan koʻrinib turibdiki, ish bu hujjat bilan yakunlanib qolgani yoʻq. Shuning uchun ham, ma’muriy akt yakunlovchi xarakterga ega boʻlishi kerak. Ulardan ma’muriy hujjat sifatida qarorlarni oladigan boʻlsak, manfaatdor shaxs, ya’ni chiqarilayotgan akt oʻz huquqlariga bevosita ta’sir qiluvchi shaxsning keyingi harakatlarida muhim rol oʻynaydi. Koʻp mamlakatlarda ma’muriy idoralar ham ma’muriy protseduralar orqali intellektual mulk da’volarini hal etadi. Masalan, Hindistonda organlar tizimida ma’muriy organlar huquqlarning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradigan ijroiya hokimiyati hisoblanadi. Intellektual mulk bilan bogʻliq boshqa fuqarolik va jinoiy ishlar ixtisoslashmagan sudlar tomonidan ham koʻrib chiqilishi mumkin. Meksikada intellektual mulk boʻyicha da’volar Ma’muriy organlar tomonidan hal etiladi, IM (Intellektual mulk) huquqining buzilishi (Meksika sanoat mulki instituti va Meksika mualliflik huquqi milliy instituti) shu kabi organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat qilganda, nizolar Intellektual mulk boʻyicha ixtisoslashgan palata tomonidan koʻrib chiqiladi. Shvetsiyada Intellektual mulk nizolarining aksariyati Stokgolm okrug sudi yoki umumiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi, savdo belgilarining yaroqsizligi muammolari esa ma’muriy tartibda ham hal qilinishi mumkin16. Bundan intellektual mulk sohasida ma’muriy organlar xorijiy mamlakatlarda turli tashkilotlar boʻlishi mumkinligini koʻrish mumkin. Bu yerda asosan ma’muriy nizolar koʻrib chiqadigan institutlar haqida gapirilgan boʻlsada, ammo, birinchi navbatda, nizoga sabab boʻluvchi ma’muriy organlarning qarorlariga e’tibor qaratish lozim. Keyingi oʻrinda esa yuqori turuvchi organ qaror, xatti-harakatlariga nizoning yuzaga kelish sababchisi sifatida qarash mumkin. Ya’ni mazkur ikki holatda ham manfaatdor shaxs ma’muriy organga murojaat qiladi. Birinchi vaziyatda ma’muriy organ qarori yoki harakat (harakatsizligi)dan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs yuqori turuvchi organga murojaat qiladi. Keyingi bosqichda manfaatdor shaxs yuqori turuvchi organning qarori, harakat (harakatsizlik)larini oʻzining huquqlarini buzyapti, deb hisoblasa, uning ustidan ham (sudga) shikoyat qilish mumkin. Ya’ni mazkur shikoyat, huquqlarni buzayotgan, noroziliklarga sabab boʻlayotgan predmet bu ma’muriy organ qarori, harakat yoki harakatsizligi boʻlmoqda. Agar ma’muriy akt adolatli, qonunga muvofiq, manfaatdor shaxslar manfaati koʻzlangan hamda ularning murojaatlari tinglangan holda qabul qilinsa, yuqoridagidek nizolar miqdori anchagina kamayadi. Davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish. Fuqarolarning davlat tashkilot va organlari, davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarning qarorlari va harakatlari (yoki harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi. Rossiya Federatsiyasi, Moldova respublikasi, Xitoy, Italiya, Paragvay, Urugvay va boshqa davlatlarning Konstitutsiyasining normalarida keltirilgan. Germaniyalik Arne Maltzanning ta’kidlashicha ushbu huquqning eng muhim tarkibiy qismi bu davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organ yoki shaxsga tegishli talablar qoʻyish orqali shikoyat qilishning qonuniy belgilangan imkoniyati ekanligini oʻz qarashlarida bildirgan.17 Shuningdek ba’zi sohadagi davlat tashkilot va organlari tomonidan chiqarilgan qarorlari yoki harakat(harakatsizlik)lari ustida shikoyat qilishda farq boʻlishi mumkinligini keltirib Tirojat, Intellektual va Migratsiya sohasidagi organ va tashkilotlar tomonidan chiqarilgan qarorlari hamda xulosalari ustidan shikoyat qilishda maxsus mutaxasis va tegishli organ qoshidagi department, kengash yoki hayatga murojaat qilish lozimligini namoyon boʻlgan. Harakatlar (harakatsizlik), qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqini fuqaroning oʻzida yoki vakilida va uning manfaatini himoya qiluvchi organlar tomonidan shikoyat qilinishi mumkin. Bu birdan sudga murojaat qilish shakillanmaganligi, buning oʻziga xos bosqichlarga egalida ham koʻrilishi mumkin. Misol uchun harakatlar (harakatsizlik), qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning sud tartibi davlati va huquqining rivojlanishida uzoq tarixiy davrda shakllangan. Fuqarolarining yoki huquqni muhofaaza qiluvchi organlarning (Prokuror,IP department) Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) doir ishlar boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi turli yoʻllar bilan ta’minlandi. Biroq, hozirgi vaqtda nazaiy jihatdan usullari ishlab chiqilgan boʻlsada ba’zi davlatlarda (Ma’muriy, ma’muriy protsessual kodeksining normalarida) ushbu tushunchaning ta’rifi shakllantirilmagan. Dastlab, amaldorlarning xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar qirolga yuborilgan. Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha birinchi institut - petitsiya buyrugʻi 1549 yilda tashkil etilgan. 1864 yildagi sud islohoti natijasida shaxslar va jamiyatlarning mansabdor shaxslar va organlarning qarorlari va harakatlariga yuqori organga (mansabdor shaxsga) e'tiroz bildirish huquqi paydo boʻldi. Shu bilan birga, 1864 yilgi sud islohotining yutugʻi majlislari va kengashlarining qarorlari, hozirliklari ustidan sudda shikoyat qilish huquqini mustahkamlash edi18. Ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan har qanday nizo sud tomonidan hal qilinishi kerak edi. Biroq huquqni muhofaaza qiluvchi organlarning sudga murojaat qilish huquqi hali belgilanmagan. Davlatning tashkilotlari, organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan chiqarilgan qaror, buyruq, xulosalari va ularning harakat (harakatsizliklari) oʻz ish faoliyatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi hamda ularni qonunga nomuvofiq yoxud manfaatdor shaxsga salbiy oqibat keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holarda shikoyat qilish mumkinligi belgilangan. huquqshunos Zelensov A. B. oʻzining ma’muriy-huquqiy nizolar tadqiqot ishida keltirishicha davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish ish faoliyatidan kelib chiqib bosqichlarga boʻlinishini, ba’zi davlat organi chiqargan qarorlari ustidan toʻgʻridan toʻgʻri oliy organ sudga shikoyat qilish belgilangan boʻsa ba’zilarida esa sudgacha boʻlgan shikoyuat qilish tartibi qoʻllaniladi. Bunga taraflari, manfaatdor shaxslarning huquqlari imkon yaratishi bilan birga davlat organi va tashkilotining maqomi, faoliyat yuritadiga sohasiga bogʻliqligini aniqlangan.19 Misol sifatida shuni keltirish mumkinki, kongres harakati va qarorlari ustida faqatgina sudga shikoyat qilish mumkinligi, Bojxona organlarini harakat va harakatsizligi ustidan esa yuqorida turivchi organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkinligi, Intellektual mulk sohasidagi organlari va tashkilotlarini qarorlari, harakat va harakatsizliklari ustida yuroqida turuvchi organiga, nizolarni koʻrib chiquvchi kengashlariga va sudga shikoyat qilish mumkin. Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan murjaat shikoyat qilishni oʻziga xos jihatlarini hamda shikoayt qilish qoʻllaniladigan tamoyillari kabi johatlari bilan boshqa davlat organ va tashkilatlaridan farqlanishini keltirilgan. XIX аsr оxiri vа XX аsrdаgi tеz sur’аtdаgi ilmiy-tеxnik tаrаqqiyоt ijtimоiy hаyоtning huquq tizimi rivоjigа о‘zgаrmаs ulkаn nаtijа qоldirdi. Tаrrаqiyоt nаtijаsidа yаngidаn-yаngi huquq sоhаlаri vujudgа kеldi. Bоjxоnа, sоliq vа еkоlоgiyа, tаdbirkоrlikkа оid huquq sоhаlаri shulаr jumlаsidаndir. Shuningdеk, intеllеktuаl mulk huquqi tushunchаsi hаm ulаr kаbi yаngi huquq sоhаlаridаn biri hisоblаnаdi. Intеllеktuаl mulk huquqi sоhаsi butun huquq tizimidа о‘z о‘rnini tорib bоrmоqdа. Intеllеktuаl mulk huquqi nisbаtаn yаngi yо‘nаlish bо‘lishigа qаrаmаsdаn nаfаqаt xаlqаrо huquq tizimidа, mаmlаkаtimiz milliy huquq tizimidа hаm еng tеz sur’аtlаr bilаn rivоjlаnаyоtgаn yо‘nаlishlаrdаn hisоblаnаdi. Intеllеktuаl “Intеllеkt” ibоrаsi lоtinchа sо‘zdаn оlingаn bо‘lib, “аql” mа’nоsini аnglаtаdi. Yа’ni аqliy, ijоdiy mаhsuldir. Intеllеktuаl mulk еsа аqliy vа ijоdiy fаоliyаt nаtijаsi hisоblаnаdi. Ilmiy nuqtаi nаzаrdаn tа’riflаgаndа, Рrоfеssеr О.Оqyulоv fikrichа20, “intеllеktuаl mulk” huquqi о‘z mоhiyаtigа kо‘rа – insоn ijоdiy fаоliyаti mаhsullаrini yаrаtish, ulаrdаn fоydаlаnish, fаrqlаsh bеlgilаrining muоmаlаdа bо‘lishi bilаn bоgʻlik munоsаbаtlаrni, shuningdеk, intеllеktuаl mulk оbyеktlаrigа nisbаtаn huquqlаrni muhоfаzа qilishni tаrtibgа sоluvchi nоrmаlаr yigʻindisi mаjmui hisоblаnishini tа’kidlаgаn. Yеvrораlik izlаnuvchi оlimlаr еsа intеllеktuаl mulk huquqi – bu yаrаtilishi insоn оngi bilаn bоgʻliq bо‘lgаn huquqlаr tо‘рlаmi. Аgаr siz birоr nаrsа yаrаtаdigаn bо‘lsаngiz, mаhsulоt ixtirо qilsаsiz, dаstur yоzish, sо‘zlаr vа bоshqаlаr siz intеllеktuаl mulk yаrаtish bilаn shugʻullаnаsiz. Ushbu fаоliyаtiningiz nаtijаsini himоyа qilаdigаnm tаrtibgа sоlаdigаn nоrmаlаr tо‘рlаmi intеllеktuаl mulk huquqi dеb hisоblаnishishi kеltirgаn. Nаzаriyаlаrdаn hаm kо‘rishimiz mumkinki, insоn ijоdiy fаоliyаti mаhsullаrini yаrаtish оrqаli ungа bо‘lgаn huquqini vujudgа kеltirаdi. Kimdir аsаr yоzib ungа bо‘lgаn muаliflik huquqini, yоki bоshqаsi yаngi ixtirо qilishi vа ungа bо‘lgаn раtеntni оlishi bilаn ungа bо‘lgаn huquqlаrini shu bilаn birgа huquqiy muhоfаzаsini еgа bо‘lаdi. Ushbu huquqlаr jаmlаnmаsi intеllеktuаl mulk huquqi dеb tushunishimiz mumkin. Intеllеktuаl mulk аqliy fаоliyаt nаtijаsidir. Аqliy fаоliyаt nаtijаsini turli hil bо‘lish mumkin. Ulаr usul vа uslub, аsаr, ixtirо, dаsturlаr, bеlgi, nоmа vа bоshqаlаr. Ushbu intеllеktuаl mulk huquqi оbyеktilаrini himоyа qilishdа nаzаriy vа hquqiy аsоs mаvjud bо‘lаdi. Intеllеktuаl mulk huquqi buzilishi uchun аniq аsоslаr mаvjudligi bо‘lgаnidа bеlgilаngаn tаrtiblаrdа jаvоbgаrlik bеlgilаnаdi. Intellektual mulk sohasidagi davlat organlariga Adliya organlari, Bojxona organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va IP agentliklari hamda ularning mansabdor shaxslari ommaviy huquqiy munosabatlarda qaror qabul qilish yoki ma’muriy-huquqiy faoliyatni olib borishlari mumkin. Xususan, Bojxona organlari, umumiy qilib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga binoan quyidagi ikki holatda qaror qabul qiladi: 1. Intellektual mulk obyektlarini bojxonaga reyestriga kiritish. Buning natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻn kun ichida reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. 2. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish. Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qoʻmitasi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi. Va bu haqida huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qilish harakatini amalga oshiradi. Yaponiya bojxona boshqarmasi tomonidan esa chegaralarda Intellektual mulk huquqlari (IPR) boʻyicha huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshiradi. Patent huquqi, foydali modelga boʻlgan huquqlar, dizayn huquqlari, tovar belgisiga boʻlgan huquqlar, mualliflik huquqi, mualliflik huquqi bilan bogʻliq huquqlar yoki oʻsimlikshunoslik huquqlarining egasi importni toʻxtatib turish toʻgʻrisida Bojxona bosh direktoriga tegishli huquq turini, nomini koʻrsatgan holda ariza berishi mumkin. Agarda huquqni buzgan deb e'tirof etilgan yuk va uning sababi va huquqbuzarlik faktini tasdiqlovchi dalillar (masalan, asl buyumning xususiyatlari va huquqbuzarlik buyumlari) aniqlanganda kamida 2 yildam kam boʻlmagan muddatga importni toʻxtatib hamda bojxona restridan chiqarish boʻyicha qaror chiqarishi belgilangan. Bojxona organlari tomonidan patent huquqlari, foydali model huquqlari yoki dizayn huquqlari uchun maxsus choralar qoʻllanilganda uning ustida bosh direktorga yoki yurisdiksiya boʻyicha sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi namayon boʻlgan. AQSH bojxona va chegara himoyasi (CBP) 1930-yildagi Tarif toʻgʻrisidagi qonun, 1946-yildagi Lanham qonuni va 1976-yildagi Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq federal roʻyxatga olingan savdo belgilari va mualliflik huquqlariga oid huquqbuzarliklarni aniqlash uchun yuridik vakolatga ega boʻlgan maʼmuriy agentlikdir. CBP patentning buzilishini aniqlash uchun qonuniy vakolatga ega boʻlmasa-da, u AQSh Xalqaro Savdo Komissiyasi amaldagi va kuchga kirishi mumkin boʻlgan AQSh patentini buzishga qaror qilgan tovarlarni Qoʻshma Shtatlarga kirishdan chiqarib tashlash huquqiga ega.21 Va bu boʻyicha chiqarilgan qarorlari yoki harakatlari(harakatsizliklari) yuqorida turuvchi organining tekshiruvi natijasida yoxud manfatdor shaxsning sudga shikoyat qilishi natijasida bekor qilinishi mumkin. Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilishning tartib va oʻziga xos prinsplariga egadir. Bu sohada ilmiy tadqiqotchilar turli tendensiya va qarashlar bilan oʻz fikrlarini keltirgan. Lunsford, Karen J. va Jon Logielarning tadiqiqot natijalariga koʻra tovar manbasini yoki ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi yoki savdogarning shaxsini notoʻgʻri koʻrsatishdan bevosita yoki bilvosita foydalanish ruxsat beruvchi litsenziya berish boʻyicha qarori, intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdagi IP markazlari tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari, oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza bosqichini amalga oshirilmagan holda berilgan xulosa, tovarlarini yoki sanoat yoki tijorat faoliyatini obroʻsizlantiradigan xarakterdagi yolgʻon da’volar asosida rad etish toʻgʻrisidagi qarori va kontrafakt maxsulaotlarnin bozorga kirishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini bajarmaslik harakatsizliklari ustida 3 xil usulda shikoyat qilish tartibi mavjudligini keltirgan. Bularga birinchidan yuqorida turuvchi tashkiloti yoki organiga, ikkinchidan nazorat qiluvchi tergov tepartamanet organlariga va uchinchidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilish belgilangan.22 Lunsford, Karen J. va Jon Logielar intellektual mulk nizolarida va bevostida hamda bilvostid intellektual mulk, unga aloqador boʻlgan harakatlar agarda noqonuniy yoxud mulk (intellektual mulkka boʻlgan huquq egasi) egasiga davlat organlari tomonidan zid chiqarilgan qaror, harakat (harakatsizlik) ustida sudga murojaat qilish usulini ma’qul deb hisoblashganlar. Agarda yuqorida tururuvchi tashkilot yoki organiga murojaat qilinsa bu manfaatdor shaxsga nisbatan natijasiz javob olish darajasini koʻpaytrishi mumkin. Davlat organlari tomonidan intellektual mulk sohasida tovar belgisisi roʻyxatdan oʻtkazish, tovar belgisiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi guvohnomani olish, tovar belgisini bojxonada roʻyxatdan oʻtkazishda, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari uchun guvohnomalarni olishda, ixtironi roʻyxatdan oʻtkazish, patent va guvohnomalarni berish, topshirilgan talabnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, litsenziya shartnomalarni toʻyxatdan oʻtkazish va boshqa funksiyani amalga oshiradi. Ushbu funksiyalarni amalga oshirishda davlat tashkiloti va organlari tomonidan chiqarilgan qarorlari amaldagi qonun va qoidalarga zid boʻlishi mumkin. Yoki davlat organi tomonidan qilinishi lozim boʻlgan harakat bajarilmagan harakatlar intellektual mulk sohasidagi davlat tashkilotlati tomondan chiqarilgan qarori va harakatlari ustidan shikoyat qilishga asos boʻlishi mumkin. Fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning sud usuli bilan bir qatorda, Rossiya qonunchiligi ham davlat organlarining mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan ma’muriy tartibda sudgacha shikoyat qilishni nazarda tutadi. Bunda davlat organini oʻzidan yuqorida turuvchi organga yoki buysunuv jihatidan yuqorida turuvchi tashkilotiga murojatta qilish nazarda turilgan. Barcha mamlakatlarning konstitutsiyasi va umumiy tartibga soluvchi qonunlariga muvofiq fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon asosiy qonun normalari bilan tartibga solingan. Ma’muriy organlarning qarori va harakat (harakatsizlik)lari ustidan qilinadigan shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko`rib chiqish muddati va tartibini, prinsplarini mamuriy munosabat, ma’muriy normalar belgilab beradi. Intellektual mulk sohasidagi davlat organlarining qaror va harakatlari(harakatsizlik)lari ustida yakka tartibda yoki jamoviy tarizda sudga shikoyat qilish mumkin. Agarda intellaktual mulk obyektlariga yakka shaxs egalik qilsa foydalansa va tassaruf etish huquqiga ega boʻsa yoki shunday huquqni olish maqsadida davlat organlariga topshirilgan talabnomasiga berilgan xulosasidan norozi boʻlsa sudga yakka oʻzi ariza bilan sudga murojaat qilishadi, Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan Sudga shikoyat qilishda qonun ustvorligi, qamrab olish, ichki shikoyat qilish va qarama-qarshi protsedura prinsplari asoslangan holda manfaatdor shaxs harakat qiladi. Qonunga zid Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) usitida sudga shikoyat qilish huquqi imkoni yaratilgan va kafolatlangan, har tomonlama va samarali huquqiy himoya ta’minlangan qonun ustuvorligi printsipi hisoblanadi. Qamrab olish prinspida bir shikoyatda davlat organing qaroriva harakatining yoki harakatsizligini qamrab olgan holda ma’zmunini keltirishi va Sud tomonidan koʻrib chiqishda shikoyatda keltirilgan har bir qismi boʻyicha qamrab olishi lozim. Shu bilan bir qatorda qamrab olish printsipi ham huquqiy himoya qilishni kafolatlashni oʻz ichiga oladi. Agarda Intellektual mulk sohasidagi davlat organlarida talabnomani koʻrib chiqishda, ekspertiza jarayonida qabul qilingan xulosa, qarorlari ustida shikoyat qilish lozim boʻlganda birinchi ichki shikoyat tamoyili qoʻllanilishi keng tarqalgan. Bunda xulosa, qaror va harakat(harakatsizlik) ustidan talabnoma yuborilgan organning yuqori tashkilotiga yoki biron boʻlimning harakati harakatsizligi ustidan shu hududiy organing rahbariga shikoyat qilishi va masalaga yechim topishga urinshi amalga oshiriladi. Agarda yakuniy xulosa manfaatdorga ma’qul boʻlmasa u sudga shikoyat qilish huquqini saqlab qoladi. Download 416.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling