Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 416.16 Kb.
bet3/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, unda umumlashtirilgan xulosalar muammoni shakllantirish va uni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvlar bilan bogʻliq: ma’muriy ish yuritishni shakllantirish nuqtai nazaridan intellektual mulk sohasidagi davlat organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish istiqbollarini aniqlashi mumkin.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishdagi taklif va xulosalardan ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Bitiruv malakaviy ishda intellektual mulk sohasidagi organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan e’tiroz bildirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator tavsiyalar keltirilgan
Shuningdek berilgan takliflarni amaliyotga qoʻllash orqali intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishjarayonida yaxshi natijaga erishish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 6ta paragrafni oʻz ichiga olgan 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishning hajmi 71 bet.

I BOB. Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishning nazariy va huquqiy tasnifi

    1. Ma’muriy organlar qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) tushunchаsi, mohiyati hamda ularning intellektual mulk sohasida tutgan oʻrni va ular ustidan shikoyat qilishning oʻziga xos xususiyatlari.

B.Umarov va D.Artikov oʻzlarining “Ma’muriy huquq va protsess” kitobida ma’muriy-huquqiy munosabatga quyidagicha ta’rif berishgan: Ma’muriy-huquqiy munosabatlar bu ma’muriy organlarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat boshqaruvi jarayonida yuzaga kelgan va ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turidir4. Demak, ma’muriy-huquqiy munosabat davlat organlari va jamiyat shaxslari oʻrtasida oʻrnatilgan munosabat hisoblanadi. Mazkur tushunchani davlat va fuqarolar misolida koʻrib chiqsak.
Davlat va uning fuqarolari doimiy munosabatga kirishib turadi, ya’ni ular orasida bajarilishi zarur boʻlgan majburiyatlar hamda foydalanilishi kerak boʻlgan huquq va erkinliklar boʻladi. Bu vositalar orqali ularning doimiy munosabatga kirishishi ta’minlanadi. Mazkur muvozanat buzilsa, ular oʻrtasida nizo yuzaga keladi. Buning sababi davlat yoki fuqarodan bir tomon oʻz majburiyatini bajarmasligi yoki huquqlaridan toʻlaqonli foydalanmasligi, ularni talab qilmasligi oqibatida kelib chiqadi va bu ikkinchi tomonning huquqlariga ta’sir qilishi mumkin. Natijada, ikkinchi tomon oʻz muammosini qonunan yechim toptirish uchun vakolatli organlarga shikoyat qilishiga toʻgʻri keladi – yuqori turuvchi organlar yoki sudga. Masalan, davlat jamoat ehtiyojlari uchun fuqaro turar joyini olib qoʻydi va fuqaroga hech qanday kompensatsiya toʻlab bermadi. Turar joy binosini olib qoʻyish uchun tegishli vakolatli organning qarori kerak boʻladi. Fuqaro esa bundan norozi boʻlib, davlat oʻz fuqarosi oldidagi oʻz majburiyatini bajarmaganligi uchun yuqoridagi davlat organlaridan biriga shikoyat qiladi. Bunda ham davlat va fuqaro oʻrtasidagi muvozanat buzilmoqda. Yana bir misol: “A” MCHJ foydalanib yurgan tovar belgisidan, keyinchalik “B” MCHJ ham foydalanayotgani ma’lum boʻldi, har ikkisining tovar belgisini bitta davlat organi roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda davlat nomidan uning vakolatli organlari va mansabdor shaxslari ish yuritadi, ular tomonidan chiqarilgan qarorlar, koʻrilgan choralar va amalga oshirilmagan harakatlar esa fuqaroning huquqlari buzilishiga olib keladi. Ya’ni davlat organining qabul qilgan qarori shaxs (1-misolda fuqaro; 2-misolda yuridik shaxs)ning foyda yo zarariga xizmat qilib, birgina shu qaror yoki harakat (harakatsizlik) bilan uning huquqlari buziladi, oʻzgaradi yoki tiklanadi.
Yuqorida ikki misoldagi kabi ikkinchi tomonning huquqlari buzilishida ham, uning foydasiga masala hal boʻlganda ham – bularga asos qarordir, ya’ni yuqoridagi kabi harakatlarni davlat nomidan amalga oshirishi asnosida, muhr va mansabdor shaxsi imzosi bilan tasdiqlanadigan qaror qabul qilinadi. Bir soʻz bilan aytganda, bunday hollarda ma’muriy organ qabul qilgan qaror yoki mansabdor shaxsi sodir etgan xatti-harakat yoxud bajarishi lozim boʻlib, uning biron chora koʻrmaganligiga sabab boʻlgan harakatsizligi yuqoridagi muammoli vaziyat yuzaga kelishiga asosiy sabab boʻlib hisoblanadi. Demak, ma’muriy organlar qarorlari, ular mansabdor shaxslari harakatlari yoxud harakatsizligi davlat va manfaatdor shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarda asosiy obyekt boʻlib, ushbu munosabatlarda muhim hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar hisoblanadi. Demak, ma’muriy organ atamasi atrofida asosan vakolat, boshqaruv, ommaviy munosabat kabi tushunchalar oʻrin egallamoqda. Bundan koʻrinadiki, mazkur tushunchalar ma’muriy organni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda davlat organi, tashkiloti yoxud muassasasi, davlat boshqaruvi yoki hokimiyati organi tushunchalari ma’muriy organ atamasi bilan bir ma’noni anglatadi va ma’muriy organ tushunchasi ularning barchasini oʻz ichiga qamrab oladigan keng tushunchadir.
Ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining qarorlari ma’muriy huquqda ma’muriy hujjat hisoblanib, keng ma’noda ularning harakatlari hamda harakatsizliklari bilan bir qatorda ma’muriy aktning tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Germaniyalik huquqshunos Y.Pudelka ma’muriy aktga shunday ta’rif beradi: ma’muriy akt ma’muriy huquq nazariyasida va qonunchilikda yetarlicha hisobga olinmasa, ma’muriy protseduralar qoidalarini tushunish va unga amal qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin5. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ma’muriy akt nafaqat yozma hujjatni, balki mansabdor shaxsning koʻrsatmalari aks etgan harakatlar hamda amalga oshirishi mumkin boʻla turib bajarmagan, loqaydlik qilingan harakatsizligini ham oʻz ichiga oladi. Mana shular ma’muriy huquqiy munosabatning asosi hisoblanadi. Shu sababdan, ularsiz, ushbu dalillarsiz ish qoʻzgʻatib, ma’muriy protsedurani boshqarib boʻlmaydi. Aynan bir shaxsning huquqlariga daxl qilib ham boʻlmaydi, xususan, bundan manfaatdor shaxsning talabini qabul qilish uchun ham ma’muriy hujjat qabul qilinishi kerak boʻladi. Shu bilan uning huquq va majburiyatlari mustahkamlab qoʻyiladi. Bunda akt nafaqat yakka shaxsga, balki jamoaga, ularning huquqlariga daxldor boʻlishi mumkin. Shunga koʻra, akt ham oʻz individualligiga ega boʻladi. Normativ tusga ega boʻlgan akt esa butun jamiyat yoki boʻlmasa, ma’lum bir shaxslar jamoasiga taalluqli boʻladi.
Ijobiy yoki salbiy xarakterdagi ma’muriy hujjatlar ham qabul qilinishi mumkin6. Bunda masala manfaatdor shaxs foydasiga hal qilinishi oqibatlari yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror rasmiylashtirilishi mumkin. Chunki, ma’muriy akt boʻyicha sudda nizolashilayotganida ham, manfaatdor shaxs tomonga yon bosiladi, ya’ni davlat organida bir qancha vakolatlari boʻlgani holda manfaatdor shaxsning huquqlari bir tomondan ustun qoʻyilishi ham adolatdan boʻladi. Ma’muriy aktning qonunga muvofiq qabul qilinganligini isbotlash majburiyati manfaatdor shaxs zimmasida emas, balki aynan javobgar (ma’muriy organ)ga yuklatilganligi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Sababi, aktni vakolatli shaxs qabul qilib imzolaydi va u muhr bilan tasdiqlanadi. Hujjatni qabul qilish vakolati vakolatli organning mansabdor shaxsida hisoblangani uchun ham bunday majburiyatning, ya’ni nimaga asoslanib qaror chiqarganini isbotlab berish uning zimmasiga yuklanishi mantiqan toʻgʻri hisoblanadi.
Shuningdek, ma’muriy aktning ichki va tashqi xarakterdagi yozma hujjat turlari ham mavjud boʻlib7, nomidan ham ma’lumki, bu ikkisi kimlarga taalluqli ravishda, qanday doirada qabul qilinishiga koʻra farqlanadi.
Ma’muriy hujjat deganda faqat yozma shakldagi ma’muriy hujjat, deb tushunib qolmasdan, yuqoridagilarni ham inobatga olgan holda ularni ma’muriy akt deb nomlash maqsadga muvofiq boʻlishini ilmiy izlanishlardan ham anglash mumkin.

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling