Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 416.16 Kb.
bet2/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Ushbu tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi intellektual mulk sohasidagi davlat organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish sohasidagi protsessual qonunchilikni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash, shuningdek, ushbu toifadagi ishlarni sud tartibida hal qilish tartibini tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga yerishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1) intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishning nazariy asoslarini tadqiq etish;
2) intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish asoslari va turlari oʻrganish
3) xorijiy mamlakatlarda Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan (Ma’muriy) Sudga shikoyat qilish tartibi va ularning amaliyotdagi ijrosi oʻrganib chiqish;
4) intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish asoslarini qiyosiy tahlil qilish;
5) umumiy yurisdiktsiya sudlarida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sudyalar tarkibini ixtisoslashtirishni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash;
6) Oʻzbekiston Respublikasida Intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan (Ma’muriy) Sudga shikoyat qilish muammolari bartaraf etish va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti. Ushbu tadqiqotning obyekti – intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan Sudga shikoyat qilish asoslari bogʻliq ma’muriy munosabatlardir.
Tadqiqotning predmeti. intellektual mulk sohasidagi davlat organlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq boʻlgan ma’muriy munosabatlar va sudgacha va sudga shikoyat qilish masalalar ushbu tadqiqotning rredmeti hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari: Ushbu tadqiqot loyihasida bir necha ilmiy metodlardan foydalanildi:

  1. Tadqiqotda foydalanilgan umumiy metodlar: analiz metodi, sintez metodi, induksiya metodi, deduksiya metodi, tarixiylik.

  2. Tadqiqotda foydalanilgan maxsus-yuridik metodlar: tizimli-funksional metod, statistik metod, qiyosiy-huquqiy tahlil metodi, deskrirtiv (tasvirlov) metodi.

Mavzuning oʻrganilganlik darajasi: Rivojlangan mamlakatlar xususan, Fransiya, Germaniya, AQSh, Avstraliya, Rossiya, Laosda davlatorganlarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartiblari XIX asr oʻrtalaridan boshlab yuridik va iqtisodiy soha olimlari tomonidan keng oʻrganila boshlangan.
Huquqiy muammolar; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning mohiyati; mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilishning protsessual mexanizmining turli jihatlari; ma’muriy odil sudlovning nazariy tushunchalarining oʻzaro bogʻliqligi; intellektual mulk sohasidagi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan sud nazorati kabi tadqiqotlarni amalga oshirgan S.A. Korf, N.I. Lazarevskiy, I; T. Tarasov, yuridik soha vakillari N.V. Abramov; D.N.Bahrax, A.T. Bonner, A.A*, Dobrovolskiy, P.F.Eliseykin, A. I. Elistratov, I. A. Zheruolis1 mytaxassis olimlar tadqiqotlarni amalga oshirgan.
Dissertatsiya va boshqa tadqiqotlarda C.B. Nikitin (2010), I.V. Panova (2003, 2008), T.V. Saxnova (2008), MJO. Starilova (2004, 2010), N.Yu. Xamaneva2 (2001 - 2002) va boshqalar maʼmuriy ish yuritishni rivojlantirish yoʻllari (umumiy yurisdiktsiya sudlari yoki maʼmuriy sudlar faoliyati doirasida), ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni huquqiy tartibga solish va sud nazorati instituti faoliyati ustidan sud nazorati instituti boʻyicha fikrlar bildirilgan.
T.M. Kibisskaya (2006), Ch.S. Kodzaeva (2010), M.S. Krupina (2009), A.I. Mikulin (2009), S.S. Moskalenko (2009), O.M. Solovieva (2004), N.S. Xazanov (2004)3 va boshqalarning ilmiy ishlari intellektual, bojxona va boshqa ma’muriy organlarni qarori va harakat(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish, va unga doir ma’muriy ishlarni sudda koʻrib chiqish muammolari yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling