Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi
Download 416.16 Kb.
|
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi
Beshinchidan, Intellektual mulk unga oʻtkazilgan shaxs ma’muriy sudga taqdim etadigan hujjatlari roʻyxatida, agar unga toʻliq intellektual mulk oʻtkazilgan boʻlsa, shuni tasdiqlovchi hujjatni arizaga ilova qilgan holda sudga murojaat qiladi. Agar intellektual mulk qisman oʻtkazilgan boʻlsa, shuni tasdiqlovchi hujjat topshirilishi kerak boʻladi. Lekin qonunchiligimizda bunday norma mustahkamlab qoʻyilmagan va bu bunday hujjat sudga topshirilmasligi mumkin, degan tushuncha shakllanib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, keyinchalik bunday hujjatning sudga taqdim etilmaganligi ma’muriy sud ish yurituvi boshlanganda aniqlanib qolinadigan boʻlsa, davlat boji va vaqt jihatidan arizachi zarar koʻrishi mumkin. Shuning uchun Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks 34-moddasi 1-qismi 10-bandiga Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni arizachi Intellektual mulkka boʻlgan huquq egasi huquqqa boʻlgan guvohnomasi, yangi huquq egasi huquq oʻtganligi boʻyicha IMD tomonidan roʻyxatga olingan shartnomasi bilan ariza (shikoyat)ga ilova qilingan holda sudga berilmagan boʻlganda ham qaytarishi taklif etiladi (3-ilova).
Oltinchidan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 14-moddasida sud ma’muriy ishni koʻrib chiqishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shartligi belgilab qoʻyilgan66. Bu prinsip ma’muriy ishni koʻrib chiqish jarayonida, ammo sudga murojaat qilish paytida arizachining oʻz arizasi bilan unga ilova qilingan hujjatlarining sud tomonidan tekshirilib, oʻrganilib chiqishi kerakligi masalasi ochiqligicha qolgan. Aynan intellektual mulk sohasida bunday tartibning oʻrnatilishiga ehtiyoj mavjud. Chunki shartnoma asosida intellektual mulk huquqini olgan shaxslarning ham hujjatlari sudda ish koʻrilmasidan tekshirilsa, agar u hujjatlar haqiqiy boʻlib chiqmasa yoki soxta hujjatlar boʻlib chiqsa, sudga murojaat qilish bunga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan amalga oshirilgani uchun ish ham oʻz-oʻzidan koʻrib chiqilmasligi va oʻsha vaqtning oʻzida toʻxtatilishiga olib keladi. Ariza ish yuritishga qabul qilinguniga qadar bu kabi hujjatlar tekshirilishi lozim. Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 14-moddasiga Sud muhokamasining bevositaligi prinsipiga qoʻshimcha tarzda sud ma’muriy ariza (shikoyat) bilan ilova qilingan hujjatlarni ish yuritishga qabul qilish yoxud rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqargunga qadar bevosita tekshirishini shart qilib qoʻyish taklif etiladi (4-ilova). Download 416.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling