Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi
-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi
34-modda. Arizani (shikoyatni) qaytarish
Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa; 11) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa; 2) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa; 3) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa; 5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa; 6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻlanmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa; 8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish toʻgʻrisida arizachidan ariza kelib tushgan boʻlsa; 9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 10) arizachi Intellektual mulkka boʻlgan huquq egasi huquqqa boʻlgan guvohnomasi, yangi huquq egasi huquq oʻtganligi boʻyicha IMD tomonidan roʻyxatga olingan shartnomasi bilan ariza (shikoyat)ga ilova qilingan holda sudga berilmagan boʻlsa. Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Taraflar shartnoma asosida biri ikkinchisiga oʻzining intellektual mulkini oʻtkazgan boʻladi, oʻsha shaxsning ma’muriy sudga shikoyat qilish tartibi haqida. Intellektual mulk unga oʻtkazilgan shaxs ma’muriy sudga taqdim etadigan hujjatlari roʻyxatida, agar unga toʻliq intellektual mulk oʻtkazilgan boʻlsa, shuni tasdiqlovchi hujjatni arizaga ilova qilgan holda sudga murojaat qiladi. Agar intellektual mulk qisman oʻtkazilgan boʻlsa, shuni tasdiqlovchi hujjat topshirilishi kerak boʻladi. Lekin qonunchiligimizda bunday norma mustahkamlab qoʻyilmagan va bu bunday hujjat sudga topshirilmasligi mumkin, degan tushuncha shakllanib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, keyinchalik bunday hujjatning sudga taqdim etilmaganligi ma’muriy sud ish yurituvi boshlanganda aniqlanib qolinadigan boʻlsa, davlat boji va vaqt jihatidan arizachi zarar koʻrishi mumkin. |
Download 416.16 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling