Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi
-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, oʻzgartirish yoki haqiqiy emas deb topish Ma’muriy hujjat qonunda belgilangan tartibda ma’muriy sud
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi
59-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, oʻzgartirish yoki haqiqiy emas deb topish
Ma’muriy hujjat qonunda belgilangan tartibda ma’muriy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 63-modda. Ma’muriy shikoyat qilish tartibi Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin. Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga yuboradi. Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud boʻlmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilishga haqli. 67-modda. Ma’muriy shikoyatni koʻrib chiqish muddati Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat boʻyicha oʻttiz ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. Ma’muriy shikoyat boʻyicha belgilangan muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda, manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat, protsessual hujjat yoki ma’muriy harakat ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilishga haqli. 69-modda. Ma’muriy shikoyat boʻyicha qaror. Yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli: shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatni oʻzgarishsiz qoldirish; shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatga oʻzgartirishlar kiritish; ma’muriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat boʻlganda yangi hujjat qabul qilish. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish mumkin boʻlmaganda yoki maqsadga muvofiq boʻlmaganda, ma’muriy harakatlar ustidan shikoyat qilinganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ muayyan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilish yoki muayyan ma’muriy harakatni amalga oshirish majburiyatini ma’muriy organning zimmasiga yuklatishi mumkin. Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyat boʻyicha qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning ustidan oʻttiz kalendar kun ichida ma’muriy sudga shikoyat qilishga haqli. |
Jismoniy va yuridik shaxslar shikoyati boʻyicha ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlishsa ushbu normada aynan qaysi sudga murojaat qilish kerakligi aniq belgilanmagan. Sudlarda taalluqliligi boʻyicha arizalarni tegishli sudlarga yuborilgan taqdirda ham, bu shusiz ham sud tizimida ish hajmining ortishiga sabab boʻladi. Fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatining oshishiga qonunchilik hujjatlarining ochiq, oshkoraligi tufaylidir. Ular normativ huquqiy hujjatlar orqali qaysi sudga murojaat qilish kerakligini bilishadi. Shuning uchun mazkur normalarda aniq qilib ma’muriy sudga murojaat qilish huquqi mavjudligini belgilab qoʻyish qonun normalarining aniq, loʻnda va tushunarlilik tamoyillariga asoslanilgan boʻladi hamda manfaatdor shaxslarda aniq belgilangan qoidalar asosida harakatlanishiga zamin yaratadi. |
Download 416.16 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling