XULOSA
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, birinchidan, yuqoridagi davlat organlari hamda tashkilotlarini umumiy qilib intellektual mulk huquqini muhofaza qilish funksiyasi birlashtirib turadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida ushbu funksiyani faqat bitta tashkilot zimmasiga yuklab qoʻymasdan, balki bir necha davlat organlari vakolatlari sirasiga kiritilgan. Ya’ni tarqoq holda, xuddiki intellektual mulk sohasidagi vakolatlar davlat organlari oʻrtasida sochib yuborilgan. Manfaatdor shaxs qaysi intellektual mulk huquqi buzilganda qaysi davlat organiga yoki qaysi davlat organi ustidan sudga shikoyat qilish kerakligini bilmaydi. Umuman olganda, intellektual mulk sohasida qaror qabul qilish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirish qaysi ma’muriy organlar vakolatiga kirishi boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazilganda soʻrovnomada qatnashganlarning 90 %i bu haqida ma’lumotga ega emasman, deb javob berishgan. Koʻpchilik Adliya vazirligi tarkibidagi Intellektual mulk departamenti hamda Bojxona organlarini belgilagan. Shu bois ham, ushbu sohada manfaatdor shaxslar oʻz huquqlarini lozim darajada bilmasliklari ma’lum boʻlib qolyapti. Bu esa murojaatchilarning huquq va manfaatlarini talab qila olmasliklarida namoyon boʻladi.
Yuqoridagi muammodan koʻrinadiki, intellektual mulk sohasida vakolatli boʻlgan davlat organlarining koʻpligi fuqarolar va yuridik shaxslarda qaysi davlat organiga murojaat qilishda chalkashliklarni tugʻdirishi mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, intellektual mulk huquqini muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlari (bojxona organlari bundan mustasno) yagona davlat organi vakolatlariga birlashtirilishi muammoga yechim sifatida taklif etiladi. Ya’ni jismoniy va yuridik shaxs huquq va manfaatlariga daxl qiladigan intellektual mulkiga patent, litsenziya berib, uni muhofaza qiluvchi davlat organining yagona boʻlishi taklifi ilgari suriladi. Shunda arizachilarda intellektual mulk sohasida bir davlat organi ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilish yengilligi tugʻiladi. Paragvayda Раrаgvаy intеllеktuаl mulk milliy bоshqаrmаsi (DINАРI) boʻlib, u intеllеktuаl mulk mаsаlаlаri bilаn shugʻullаnаdi vа intellektual mulk huquqlаrini himоyа qilish mаqsаdidа mа’muriy tаrtib-qоidаlаrni qо‘llаsh vаkоlаtigа еgа bо‘lgаn yagona tashkilot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |