Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Download 416.16 Kb.
bet11/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 267-II-sonli “Tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlari” qonunning 371-moddasiga asosan Huquq egasining arizasi asosida intellektual mulk sohasi boʻyicha tegishli organ tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirishda jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ushbu organ huquqbuzarga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi belgilangan. Ammo shu besh ish kun ichida tadbirkorlik subyekti (huquqbuzar) tekshiruvni amalga oshirgan intellektual mulk sohasi boʻyicha vakolatli organi harakati ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqi borligi belgilanmagan. Bu tartib belgilanmasligi asossiz jarima belgilanishiga sabab boʻlib qolishi mumkin. Bunda Sharqiy Yevropa davlatlari Ruminiya, Chexiya davlatning intellektual mulk sohasidagi bojxona va intellektual mulk markazlari faoliyatini tartbga soluvchi qonun hujjatlarida harakat va harakatsizligi ustidan manfaatdor shaxslar 3 ish kuni ichida va chiqarilgan qarori ustidan esa 5 ish kuni ichida asoslantirilgan holda, belgilangan davlat bojini toʻlab, bojxona va intellektual mulk markazini ogohlantirib Sudga murojaat qilishi aniq belgilab qoʻyilgan. Bizda ham intellektual mulk sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlar boyicha chiqarilgan qarorlari va qaror chiqarishigacha boʻlgan harakat harakatsizligi ustidan 3 ish kun ichida asoslantirilgan, tegishli organni ogohlantirib ma’muriy sudga shikoyat qilishni belgilab qoʻyish natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga shuningdek mamlakatimizdagi chet ellik investor tadbirkorlarga oʻz erkinliklari va huquqlari, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishlariga yana bir imkon yaratilgan boʻladi (1-ilova).
Uchinchidan, Oʻzbekistonda “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun ma’muriy sudgacha boʻlgan ma’muriy tartib-taomillar belgilaydi. Ushbu qonunga koʻra, ma’muriy organ qaroridan norozi boʻlgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud boʻlmaganda manfaatdor shaxslarda sudga murojaat qilish huquqi, agar ma’muriy organ tegishli muddatda javob bermasa, sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi shuningdek, ma’muriy hujjatni haqiqiy emas deb topish sud tomonidan amalga oshirilishi kabi qoidalar belgilangan. Ammo buni taalluqliligi boʻyicha qaysi sud amalga oshirishi aniq koʻrsatilmagan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday masalalarni ma’muriy sud koʻrib chiqishidan kelib chiqsak, “sud” soʻzini “ma’muriy sud”ga almashtirish taklif etiladi (2-ilova).

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling