Toshkent davlat yuridik universiteti “MA’muriy va moliya huquqi” kafedrasi miraliyeva sevara joʻrabek qizi


Download 416.16 Kb.
bet14/25
Sana17.06.2023
Hajmi416.16 Kb.
#1537590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Miraliyeva Sevara Jo\'rabek qizi, BMI so\'nggi

Yettinchidan, Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat organlari qarorlari, harakatlari ustidan ma’muriy sudlarga jamoaviy murojaat qilish tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyilmagan. Misol uchun, bir tovar belgisida har xil shakl-shamoyil, yozuv, tasvir va uning rangi ham turlicha boʻlishi mumkin. “Pepsi” ichimligini misol qilib keltiradigan boʻlsak, A ismli shaxsdan mazkur ichimlikka “pepsi” nomini berish gʻoyasi, B ismli shaxsdan ushbu ichimlik nomi ortida “Coca Cola”dan farqlanib turishi uchun qizildan boshqa oq va koʻk ranglarini qoʻshishni, D ismli shaxs esa ushbu ranglarni toʻlqinsimon shaklda birlashtirishni, E ismli shaxs ranglarni belgisini doira ichiga olish gʻoyasini beradi va, qarabsizki, “pepsi” tovar belgisining umumiy koʻrinishi vujudga keldi. Mazkur vaziyatda ushbu tovar belgisiga boʻlgan huquq egasi yagona emas, balki bir necha shaxslarni tashkil etdi, ular bir jamoa tarkibida ishlashdi va ushbu belgi ularning intellektual aqliy faoliyati mahsuli hisoblanadi. Shu sababli mazkur jarayonda qatnashganlarning har biri ushbu intellektual mulkning toʻlaqonli egalari hisoblanadi. Biri bunda huquqlari qanday boʻlsa, boshqalarda ham xuddi shunday bir xil va teng huquqlar boʻladi.
“Pepsi” mahsulotiga oʻxshash yoki chalkashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan tovar bozor munosabatlariga kirib kelganda, “pepsi” tovar belgisi egalari raqobat togʻrisidagi qonunchilikni buzayotganligi uchun ikkinchi tomon ustidan Monopoliyaga qarshi kurashish organiga murojaat qiladi. Agar uning qarori, harakatlari (harakatsizligi)dan norozi boʻlsa, uning ustidan “pepsi” belgisining huquq egalari jamoaviy tartibda ma’muriy sudga murojaat qilishi kerak boʻladi. Shuning uchun ham Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 4-moddasiga ma’muriy sudga yakka va jamoaviy tartibda shikoyat qilish huquqi qoʻshimcha sifatida kiritilishi taklif etiladi va bu bilan intellektual mulk egalarining barchasining sudga murojaat qilish huquqi kafolatlangan boʻladi (5-ilova).
Estoniyada 2100/9447-sonli ishda arizachilar jamoaviy tartibda sudga shikoyat qilishgan. Kompaniyaga qarshi jamoaviy ish qoʻzgʻatilganligi sababli da’vo rad qilinishi mumkin emas deb topilib, sud arizani ish yuritishga qabul qilgan.
Sakkizinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2018-yildagi 318-sonli qarori asosida tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisida nizomning inspeksiya 15-bandida fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalarni tuzish va koʻrib chiqish uchun sudga yuborish huquqi belgilangan67. Biroq inspeksiyaning harakati ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilinishi keltirilmagan. Bu ham qonunchilikdagi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Mazkur nizomning 53-bandi Inspeksiyaning qarori, harakati va harakatsizligi ustidan yuqorida turuvchi organga yoki ma’muriy sudga shikoyat qilish mumkinligi kiritish taklif etiladi (6-ilova). Chunki ushbu nizomda Inspeksiyaning qarori, harakati va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish mumkinligi keltirilmagan.

Download 416.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling