Toshkent davlat yuridik universiteti
Omonat saqlash shartnomasida taraflarning
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ashyoni omonat saqlashga qabul qilishni yozma ravishda rasmiylashtirish majburiyati
1.2. Omonat saqlash shartnomasida taraflarning
huquq va majburiyatlari. Har qanday shartnomaning mazmuni taraflarning huquq va majburiyatlaridan iborat bo’ladi. Omonat saqlash shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlarini tavsiflashdan oldin shuni ta’kidlash joizki, qonunga ko’ra yuk topshiruvchi va omonat saqlovchining huquq va majburiyatlarini belgilashda shartnomaning real yoki konsensual, muddatli yoki muddatsiz ekanligi, tekinga yoki haq evaziga tuzilganligi, shuningdek, mazkur munosabatlarda professional omonat saqlovchi ishtirok etayotganligi muhim ahamiyatga ega. Umumiy qoida ko’ra shartnoma bo’yicha taraflarning huquq va majburiyatlari faqatgina ashyo omonat saqlovchiga taqdim etilgan vaqtdan vujudga keladi. Biroq, ba’zi bir hollarda taraflarning huquq va majburiyatlari ular o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan aniqlanadi, ular shartnomada huquq va majburiyatlar ashyo saqlashga topshirilgandan keyin vujudga kelishi to’g’risida hamda huquq va majburiyatlar vujudga kelishi uchun ashyoni saqlashga topshirish lozimligi to’g’risida aniq belgilab olishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi bo’yicha omonat saqlash shartnomasida yuk topshiruvchi va omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari belgilanadi. Omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari quyidagicha ifodalanadi: 1. Ashyoni omonat saqlashga qabul qilishni yozma ravishda rasmiylashtirish majburiyati. Omonat saqlash shartnomasida omonat saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatining aniq sharti ko’rsatilishi lozim. Bundan tashqari omonat saqlash shartnomasida ashyo omonat saqlovchiga ma’lum bir muddat ichida topshirilishi to’g’risidagi qoida o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Ushbu holatda taraflar o’rtasida kelishilgan muddatda ashyo saqlash uchun topshirilmaganda omonat saqlovchi majburiyatdan ozod qilinadi. Ushbu shart omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi. Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan bosh tortayotgan bo’lsa, yuk topshiruvchi unda majburiyatni natura shaklida bajarishni talab qilishga haqli. Omonat saqlovchining ushbu majburiyatini quyidagi misolda kuzatishimiz mumkin. Masalan, fuqaro K. mehnat ta’tiliga borishni rejalashtirdi, ammo unda o’zi bilan olib ketishi mumkin bo’lmagan oilaviy qimmatbaho buyumlar borligi sababli bankga murojaat qildi. Bank bilan qimmatbaho buyumlarni saqlash bo’yicha mehnat ta’tili muddatiga shartnoma tuzdi. Shartnoma shartlariga asosan ushbu fuqaro qimmatbaho buyumlarni shartnomada belgilangan muddatda olib kelish majburiyatini oldi. Biroq, o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra u mehnat ta’tilini bir oydan so’ng oldi, shunga ko’ra qimmatbaho buyumlarni shartnomada ko’rsatilgan muddatdan kechroq olib keldi. Ushbu holatda bank oldin tuzilgan shartnomaning muddati o’tganligini vaj qilib qabul qilishni rad etdi va yangi shartnoma tuzish taklifini berdi. Bunda tashqari bank fuqaro K.ning aybi bilan 353 omonat saqlanmaganligini vaj qilib yetkazilgan zararni to’lashi shartligi to’g’risida talabnoma qo’ydi. Faraz qilaylik fuqaro K. bank bilan yangi shartnoma tuzib, yetkazilgan zararni to’lashni rad etdi, bank ushbu holatda tegishli da’vo bilan sudga murojaat qildi. Sud ushbu da’vo arizani O’zR FKning 888-moddasiga asosan fuqaro K. shartnomada belgilangan muddatda qimmatbaho buyumlar omonat saqlashga topshirmaganligi sababli bankka yetkazilgan zararni to’lab berishligi lozimligini asos qilib qanoatlantiradi. Ushbu holatda bank fuqaro K.dan qimmatbaho buyumlarni omonat saqlashga topshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu ta’kidlash lozimki, fuqaro K. bankni maqbul muddatda ko’rsatiladigan xizmatdan voz kechishi to’g’risida ogohlantirganida yetkazilgan zararni to’lashdan ozod qilinar edi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling