Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Franshizing shartnomasini tuzish bozor iqtisodiyoti sharoitida bir qator qulaylik va afzalliklar beradi. Ushbular haqida o‘z fikringizni bayon qiling. 2. Franshizing shartnomasi predmeti sifatida nimalarni ko‘rsatish mumkin? 3. Toshkent Coca-cola LTD Pepsi-cola kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy diler bilan shartnoma tuzib, Pepsi-cola mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishga kelishdi. Bundan xabar topgan Coca-cola kompaniyasi Toshkent Coca-cola LTD sudga berib, o‘zining raqobatchisi bilan kompleks litsenziat shartnoma tuzganligini, bu orqali uning ishchanlik obro‘si va tijorat sirlariga putur etkazilganligini, shartnomani bir tomonlama bekor qilish va o‘ziga etkazilgan zararlarni qoplashni talab qildi. O‘z navbatida, Toshkent Coca-cola LTD kompleks litsenziarni talablarini rad etib, o‘zi bilan Pepsi-cola kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy diler o‘rtasida tuzilgan shartnomada mahsulot ishlab chiqarish nazarda tutilmaganligini, faqat tashish va yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish munosabatlari Coca- 346 cola kompaniyasi va Toshkent Coca-cola LTD o‘rtasidagi tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi franshizing shartnomasi shartlarini buzmasligini va franshizing shartnomasiga umuman aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Shu sababli Toshkent Coca-cola LTD shartnoma bir tomonlama bekor qilish mumkin emasligi va rasmiy diler bilan tuzilgan shartnoma FKning 868-moddasi talablariga zid emasligini bildirdi. Sud qanday qaror chiqarishi lozim. FKning 868-moddasi talablarini turkumlangan va ularni qo‘llashning xususiyatlarini tavsiflang? 4. Chevrolit kompaniyasi O‘zDEUavto kompaniyasi bilan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasini tuzdi. SHartnoma shartlariga ko‘ra, O‘zDEUavto kompaniyasi kompleks litsenziat sifatida litsenziar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar savdosini ham tashkil qilishi lozim edi. Litsenziyat tomonidan sotib oluvchilarga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida sotgan tovarlarida kamchilik bo‘lganligi sababli sotib oluvchilar O‘zDEUavto kompaniyasi bilan birga, Chevrolit kompaniyasini ham sudga berishdi. Chevrolit kompaniyasi advokati esa sud majlisida mazkur jarayonga Chevrolit kompaniyasining umuman aloqasi yo‘qligi, bu o‘rinda mahsulotlarni sotuvchi O‘zDEUavto kompaniyasining o‘zi ekaniligini va buning uchun uning o‘zi javobgarligini, Shu sababli Chevrolet kompaniyasini ishga aloqador bo‘lmagan taraf sifatida e’tirof etish zarurligini bildirdi. Sud bu vaziyatda qanday qaror qabul qilishi lozim? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling