Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shimcha adabiyotlar
Nazorat uchun savollar: 1. Mol-mulkni ishonchli boshqarish tushunchasi va qo’llanish sohalari bo’yicha topshiriq, agentlik va vositachilik shartnomalari bilan o’xshash va farqli jihatlarini ko’rsating? 2. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish asoslarining – fuqarolik huquqining alohida subinstitut sifatidagi mohiyatini yoriting? 3. Turli huquq tizimlarida mol-mulkni ishonchli boshqarishning qo’llanilishidagi o’ziga xosliklarini tahlil qiling? 4. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasidagi “ikki pog’onali” fuqarolik-huquqiy javobgarlikning mohiyati va tizimini ochib bering? Qo’shimcha adabiyotlar 1. Topildiev B.R. Mol-mulkni ishonchli boshqarish. – Toshkent: TDYI, 2008. 337 50-bob. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (Franshizing) 1. Franshizing shartnomasi tuShunchasi va ahamiyati Yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun biznes muvaffaqiyatini ta’minlash eng asosiy vazifadir. Bugungi kunda globallaShuv va raqobatning rivojlanishi sharoitida iste’molchi eng yaxshi sifatdagi, jahon standartlariga mos keladigan mahsulotni tanlashga haqli. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlardan mahsulot (xizmat) sifatini yaxshilashga hamda uni reklama qilishga ko‘proq harajat va g‘ayratni talab qiladi. O‘z kuchini biznes olamida sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlarga tadbirkorlik faoliyati uchun xavfsiz konstruksiyalarni tanlash maqsadga muvofiq. Ularning bir nechtasini keltirish mumkin. Birinchisi, bu nomi tanilgan mahsulot distributsiyasi. Bunday konstruksiya yangi tashkil etilgan korxonaga boshqa ishlab chiqaruvchi-korxonadan uning muayyan mahsulotini alohida hududda sotish huquqini olish imkonini beradi. Misol tariqasida aviachiptalar distribyutorlarini yoki “Procter & Gamble”, “Nestle” kompaniyalari mahsulotlarini va h.k.larni aytish mumkin. Ikkinchisi – nomi tanilgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi bilan birga xuddi Shunday mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish, bunda muassis ham Shu mahsulotga ixtisoslashadi. Qo‘shma korxona mahsulotni bir hududdan boshqasiga yetkazib berish harajatlarini ancha kamaytirishi mumkin. Chunonchi, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda yuqori sifatli moylash materiallarini ishlab chiqaruvchi “Uz-Teksako”, avtobuslarni ishlab chiqaruvchi “Mercedes-Benz Central Asia” kabi bir qator qo‘shma korxonalar ta’sis etilgan. Uchinchi shakl – kompaniya boshqa bir muvaffaqiyatliroq kompaniyadan muayyan haq evaziga mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya kompleks)ini oladi. Boshqacha qilib aytganda, bir shaxs boshqasiga o‘zining firma nomidan, himoyalanadigan tijorat axborotidan, tovar belgisidan va h.k.lardan foydalanishga ruxsat beradi. Natijada yangi tashkil etilgan korxona, o‘zi mustaqil bo‘lgani holda tashqi ko‘rinishidan taniqli restoran, do‘kon yoki ishlab chikaruvchi bilan bir xil bo‘ladi. Biznes-faoliyatning bunday konstruksiyasi franshizing deb ataladi hamda jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, ko‘proq aholiga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladi. Franshizing biznesni yuritishning samarali shakli sifatida bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlarda qo‘llaniladi, ishtirokchilar esa bir qator afzalliklarni ko‘lga kiritadi. Masalan, boshlovchi tadbirkorlar uchun bunday shakl barqaror va daromadli biznes asosida o‘z ishini ochish imkonini beradi, o‘z navbatida, taniqli kompaniyalar Shu tariqa bozordagi o‘z pozitsiyalarini kengaytiradilar va mustahkamlab oladilar. 338 Franshizing bir qator afzalliklarga ega, bu yerda gap haqiqatan ham ushbu vositaning foydali jihatlari haqida ketmoqda, chunki ular jarayonning turli ishtirokchilari uchun qulay. Chunonchi, franchayzer (franshizani beruvchi) uchun – bu katta investitsiyalarsiz yangi bozorga kirib borish. Franchayzi (franshizani oluvchi) uchun esa bu franchayzerning yordamida tavakkalchiligi, muvaffaqiyatsizlik va mag‘lub bo‘lish xavfi past bo‘lgan yangi faoliyat turi bilan Shug‘ullanishni anglatadi. Franchayzerning yordami muayyan ko‘nikmalar, usullarni o‘rganish, Shuningdek ko‘mak berish va xodimlarni o‘qitishdan iborat. Shu bois ushbu mexanizm kichik va o‘rta korxonalar, ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni ochadi. O‘zbekistonda franshiza iqtisodiyotning bir qator zamonaviy tarmoqlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan: Chunonchi, iqtisodiyotdagi eng mashhur Franshizing “Coca-Cola” kompaniyasi, ta’lim sohasida esa – Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejment instituti kabi oliy o‘quv yurtlari va h.k.lar. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling