Toshkent davlat yuridik universiteti
Franshizing va uning o‘ziga xos belgilari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2. Franshizing va uning o‘ziga xos belgilari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida franshizingning – kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi deb nomlanadi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing shartnomasi) buyicha bir taraf (litsenziar) ikkinchi tarafga (litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, Shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya kompleksi)ni berish majburiyatini oladigan shartnoma. Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin. Birinchidan, franshizing shartnomaning alohida turi hisoblanadi. Ikkinchidan, shartnoma narsasi mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya kompleksi), Shuningdek mutlaq huquqning boshqa obyektlari (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtirolar va h.k.). Uchinchidan, franshizing hech qachon bepul berishni nazarda tutmaydi. Agar taraflar bepul berish haqida shartnoma tuzgan bo‘lsalar, u holda bunday shartnoma haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin, chunki qonunchilik talablariga javob bermaydi. Shu bilan birga qonunda nazarda tutilgan bunday talab yirik holding lar manfaatlariga mos kelmaydi. Holding yagona biznes siyosatiga ega bo‘lib, unga affillangan kompaniyalar sarf-harajatlarini qisqartirishdan manfaatdor. Shu boisdan holding ichida Shunday tuzilma yuzaga keladiki, unda aqliy mulk 339 obyektlaridan foydalanish huquqi affillangan kompaniyalar o‘rtasida shartnoma tuzmasdan bepul asosda o‘tadi. Franshizing shartnomasini ta’riflashda “mutlaq huquqlar” iborasi alohida e’tiborni talab etadi. Mutlaq huquq bu ma’noda aqliy mulk obyekti egasiga tegishli huquqning ekskluzivligini bildiradi. Franshizing shartnomasini tuzar ekan, mutlaq huquq egasi o‘ziga tegishli obyektdan boshqa shaxsning ham foydalanishi va bundan foyda olishi uchun rozilik beradi. Ammo huquqlarning mutlaqligi litsenziatga nisbatan ekskluzivlikni bildirmaydi. Tegishlicha, litsenziar, mutlaq huquq egasi hisoblanib, xuddi Shu huquqlarni boshqa shaxslarga ham berishi mumkin. Shunday qilib, zamonaviy biznesda franshizing biznesning Shunday modeliki, unda bir taraf (franchayzer) boshqa tarafga (franchayziga) haq evaziga o‘z nomidan ishlash huquqini beradi va Shu tariqa sotuv bozorini kengaytiradi. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu-brend “ijarasi”. Yirik kompaniya tadbirkorga o‘z brendi ostida mahsulotni sotish yoki xizmat ko‘rsatish huquqini beradi. Rivojlanayotgan korxona uchun franchayzingning eng asosiy afzalligi – vaqt va kuchning tejalishidir. Ishbilarmon biznes-reja, yetkazib berishlar, sotuvlar va marketing tizimini ishlab o‘tirmaydi. Butun tizim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bozorga chiqish bilan bog‘liq barcha xavf xatar ancha kamayadi. Bunda franchayzi franchayzer tomonidan belgilanadigan muayyan qonunlar va qoidalar asosida ishlash majburiyatini oladi. Yangi biznes boshidanoq franchayzer nazorati ostida bo‘ladi, u franchayzi tomonidan qabul qilingan barcha standartlarga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boradi. Bu qoidalarga rioya qilish evaziga franchayzi kompaniya nomidan foydalanish, uning mahsuloti va xizmatlarini taklif qilish, uning ishlab chiqarish va marketing texnologiyalaridan foydalanish, texnologik ko‘magiga erishish huquqini qo‘lga kiritadi. Franchayzer-kompaniya esa, yangi sotuvlar bozorini va qo‘shimcha daromadni qo‘lga kiritadi. Ushbu barcha huquq va imtiyozlarni qo‘lga kiritish uchun tadbirkor franzayzerga dastlabki badalni to‘laydi, keyin savdo belgisidan foydalanganlik uchun, shuningdek uning qo‘llab-quvvatlashi, o‘qitishi va konsalting uchun har oy badallar to‘lab boradi. Bundan tashqari, u biznesni barpo etish, zarur asbob-uskunalarni sotib olish hamda vakolatli davlat organlarining faoliyat yuritishga ruxsatnomasini olish uchun xarajatlarni qoplaydi. Biroq bu, franchayzi tovar belgisining to‘liq egasi yoki kompaniyaning to‘liq huquqli hamkori degani emas. U bor yo‘g‘i brendni “ijara”ga oladi hamda “ijara haqi”ni o‘z vaqtida to‘lab turganda va kompaniya manfaatlariga muvofiq 340 harakat qilganda undan foydalanish huquqiga ega. Bu haqning miqdori alohida kelishib olinadi va shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. Tashqi ko‘rinishdan franshizing tuzilmasi nomi bir xil va bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan yoki bitta tovar belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatadigan filiallar yoki sho’ba korxonalar tarmog‘iga o‘xshab ketadi. Filiallar tarmog‘ini misol qilib “Xalk banki”, “O‘zbektelekom” AK yoki aloqa operatorlarini aytish mumkin. SHo‘ba korxonalariga esa, “General Motors”, “Nokia-Siemens” va bir qator boshqa kompaniyalar misol bo‘la oladi. Filiallar va sho‘ba korxonalarda, franshizingdan farq qilib, mutlaq huquq obyekti egasi yuqorida tilga olingan biznes-tuzilmalarga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi. Tegishincha, bunday mulkiy huquqlar egasi uchun o‘zining bo‘linmasi yoki sho‘ba korxonasiga mutlaq huquqlar obyektini berish va ulardan to‘lov olish uchun alohida shartnoma tuzishdan ma’no yo’q. Franshizing shartnomasi esa, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida tuziladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling