Toshkent davlat yuridik universiteti
Yuk topshiruvchini shartnomada nazarda tutilgan saqlash shartlarini
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5. Yuk topshiruvchini shartnomada nazarda tutilgan saqlash shartlarini
o’zgartirish to’g’risida tezda xabardor qilish majburiyati. Amaliyotda ashyoning saqlanishini ta’minlash maqsadida shartnomaning saqlash shartlariga o’zgartirish kiritish holatlari uchrab turadi. Buning uchun omonat saqlovchi yuk topshiruvchini saqlash shartlarini o’zgartirishi to’g’risida xabardor qilishi va uning javobini kutishi lozim. Biroq ashyoning yo’qolishi, nobud bo’lish xavfi bo’lsa yuk topshiruvchining javobini kutmasdan saqlash joyi, turi va boshqa shartlarini o’zgartirishga haqli. Bunda, quyidagilarga e’tibor qilish lozim: Omonat saqlash shartnomasi shartlarini o’zgartirish zaruriyati turli vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin (ashyo holatining yomonlashishi, omonat saqlashni amalga oshirish bilan bog’liq harajatlarning haddan ziyod ko’payib ketishi va hokazo). Yuk topshiruvchiga yuborilgan xabar ham, uning javobi ham har qanday shaklda bo’lishi mumkin. Ularni shoshilinch ravishda jo’natish xususiyati yozma shaklga rioya qilishga har doim ham yo’l qo’ymaydi. Xabar berishning shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) bo’lishi omonat saqlovchining yuk topshiruvchini omonat saqlash shartlarini o’zgartirish zarurligi ma’lum bo’lgan vaqtdan kechiktirmasdan xabardor qilishi lozimligini bildiradi. Agar omonat saqlovchi yuk topshiruvchini keyinroq (kechiktirib) xabardor qilsa, u o’z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan hisoblanadi. Ushbu harakatlar ham yetarli bo’lmasa va agar saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq bo’lib qolsa yoki ashyo buzilgan bo’lsa (masalan, havo haroratining, namlik darajasining yoki saqlash sharoitining nomuvofiqligi tufayli), yoki uning to’liq saqlanishini ta’minlashga imkon bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan (masalan, saqlanayotgan ashyoning fizik xususiyatidan kelib chiqib, uning saqlanish sharoiti noto’g’ri tanlangan) bo’lsa hamda yuk topshiruvchi tomonidan o’z vaqtida chora ko’rilishini kutish mumkin bo’lmasa, omonat saqlovchining o’zi ashyoni va uning qismini saqlash joyida amalda bo’lgan bahoda mustaqil sotishga haqli. Bunda yuk topshiruvchi tomonidan ashyoni sotish bo’yicha qilingan harajatlar qoplanishi zarur, yuk topshiruvchining mulkiga xavf xatar omonat saqlovchiga bog’liq bo’lgan sabablardan kelib chiqqan hollar bundan mustasno. Omonat saqlash shartlarini 356 o’zgarishi omonat saqlovchining harakatidan (harakatsizligidan) kelib chiqqan bo’lsa, omonat saqlovchining harajatlarni qoplash bo’yicha talablari qondirilmaydi 65 . Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor yozgi mavsumda o’zining tanishiga bostirmaga joylashtirgan holda mevalarni saqlash uchun topshirdi. Biroq tadbirkor belgilangan muddatda o’zining mevalarini olib keta olmadi. Yozning issiq kunlarining boshlanishi munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkorning tanishi uning kelishini kutmasdan mevalarni biroz salqinroq joyda saqlash uchun ularning joyini o’zgartirish uchun o’tkazishi yoki mevalarni yo’q bo’lish xavfi bilan ularni o’zining ushbu harakatlari haqida yakka tartibdagi tadbirkorni xabardor qilish va uning javobini kutish imkoniyatiga ega bo’lmagan holda sotib yuborishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkor tanishining mazkur hatti-haraktlari O’zR FKning 882- moddasi talablariga zid kelmaydi, chunki yuzaga kelgan holat uchun kechiktirib bo’lmaydigan qaror qabul qilish lozim. Shuningdek, ushbu holatlarning omonat saqlovchining javobgarligi doirasidan tashqarida yuz berishi natijasida u yuk topshiruvchidan ashyoni sotish narxidan o’zining qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling