Toshkent davlat yuridik universiteti
Yuk topshiruvchi tomonidan topshirilgan ashyodan uning roziligisiz
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
7. Yuk topshiruvchi tomonidan topshirilgan ashyodan uning roziligisiz
foydalanmaslik va boshqa shaxslarning ushbu ashyodan foydalanishiga yo’l qo’ymaslik majburiyati. Ashyoning saqlanishini ta’minlash bilan omonat saqlovchining yuk topshiruvchi roziligisiz ashyodan foydalanishdan o’zini tiyib turish majburiyati mavjud. Omonat saqlovchi o’ziga saqlash uchun topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz foydalanishga, shuningdek uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish uning to’liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hollar bundan mustasno. Ushbu majburiyatning mavjudligi odatda, ashyodan foydalanish uning eskirishiga olib kelishi bilan bog’liq va bu holat omonat saqlash shartnomasining maqsadlariga mos kelmaydi. Shu sababli nafaqat omonat saqlovchining o’zi yuk topshiruvchining mulkidan foydalanmasligi, balki uchinchi shaxslarga ham bunday imkoniyatni bermasligi lozim. Biroq ashyodan foydalanishga ayrim hollarda yo’l qo’yiladi. Birinchidan, yuk topshiruvchi bunga o’z roziligini bergan taqdirda va ikkinchidan, ashyo saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lganda hamda uchinchidan, omonat saqlash shartnomasiga zid bo’lmaganda ashyodan foydalanish mumkin bo’ladi. Omonat saqlovchining ushbu majburiyati saqlashga olingan ashyoning but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan majburiyati bo’lib, ashyodan foydalanish vaqtida omonat saqlash shartnomasi shartlarini buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan darajada ashyoning yemirilishi, buzilishi yoki uning o’z xususiyati yo’qolishi mumkin. Ushbu holat tushunarli bo’lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz. Fuqaro B. uzoq vaqt xorijga ishlash uchun ketdi. Ketish oldidan u o’zining opasi (fuqaro N.) bilan kelishib o’z avtomashinasini omonat saqlashga tashlab ketdi. Bir qancha vaqt o’tgandan keyin fuqaro N.ning qarindoshi unga fuqaro B.ning avtomashinasidan vaqtinchalik foydalanish to’g’risida iltimos bilan murojaat qilib, uzoq vaqt avtomashinadan foydalanmaslik natijasida akkumlyatorning saqlanishi bo’yicha tahdid borligini, ya’ni uzoq vaqt foydalanmaslik natijasida u ishdan chiqishini asos qilib ko’rsatdi. Shu bilan birgalikda ushbu avtomashina akkumlyatori o’zining avtomashinasiga to’g’ri kelmasligini uning avtomashinasi markasi boshqa ekanligini ta’kidladi. Fuqaro N. qarindoshining vajlariga ishonib va akkumlyatorni saqlab qolish maqsadida unga avtomashinani berdi. Xorijdan qaytgan fuqaro B. o’zining avtomashinasi fuqaro N.ning qarindoshi boshqaruvidaligini ko’rib tezda unga kelishuvni buzganligi to’g’risida talab qo’ydi. Ushbu holatda fuqaro B.ning talabi asoslidir, fuqaro N. avtomashina o’zining jiyaniga foydalanishga bermasdan akkumlyatorini uzib qo’yish yoki uni o’t oldirib turishi mumkin edi, O’zR FKning 881-moddasi talablarini buzib fuqaro B.ning avtomobilidan uchinchi shaxslarning foydalanishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling