Toshkent davlat yuridik universiteti
Ashyoni saqlaganlik uchun mukofot puli majburiyati
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2. Ashyoni saqlaganlik uchun mukofot puli majburiyati. Ashyoni
saqlaganlik uchun mukofot puli omonat saqlovchiga, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomada yoki ish holatlaridan kelib chiqmasa to’lanadi. Fuqarolik qonunchiligiga ko’ra omonat saqlovchiga mukofot puli yuk topshiruvchi tomonidan saqlash muddati tugaganidan keyin to’lanishi, agar to’lovni davrlarga bo’lingan holda amalga oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, har bir davrning tugashi bilan tegishli to’lov amalga oshirilishi lozim. Ba’zi bir hollarda omonat saqlash saqlash shartnomasida belgilangan muddatdan oldin tugaydi, bu hollarda omonat saqlovchi javob bermaydi. Ushbu holatlar uchun misol tariqasida yuk topshiruvchi o’zining ashyosini saqlashni tugatish to’g’risidagi xohishi bo’lishi mumkin. Bunday holatlar yuz berganda omonat saqlovchi mukofot pulining mutanosib qismini talab qilish huquqiga ega. Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor bazada sabzavot mahsulotlarini saqlash talablariga javob beradigan inoshoot mavjudligini bilgan holda ashyoni omonat saqlashga topshirdi. Biroq keyingi kun omborxona isitish tizimidagi avariya 361 natijasida sabzavot mahsulotlarini suv ostida qoldi va sifatini yo’qotdi, buning natijasida yakka tartibdagi tadbirkor bazadan yetkazilgan zararni qoplashni so’radi. Sabzavot bazasi yetkazilgan zararni qoplashga rozi bo’lib, o’z navbatida yakka tartibdagi tadbirkordan shartnomada ko’rsatilgan mukofot pulining mutanosib qismini to’lashni so’radi. FKning 885-moddasiga asosan vaziyatdan kelib chiqib omonat saqlash baza javob berishi mumkin bo’lmagan holda shartnomada ko’rsatilgan muddatdan oldin tugatilsa, omonat saqlovchi mukofot pulining mutanosib qismini talab qilish huquqiga ega. Omonat saqlashga muhim xususiyatga ega bo’lgan ashyo topshirilmagan, bu xususda yuk topshiruvchi omonat saqlovchini xabardor qilmagan bo’lsa, omonat saqlovchi nafaqat shartnomada ko’rsatilgan mukofot pulini talab qilish huquqiga ega balki uni saqlashi ham kerak. Biroq omonat saqlovchining aybi bilan shartnoma muddatidan oldin tugatilsa, u yuk topshiruvchidan omonat saqlashning qolgan muddati uchun mukofot puli talab qilish huquqiga ega bo’lmasligi bilan birgalikda to’langan mukofot pulining mutanosib qismini qaytarish majburiyatiga ham ega. Bundan tashqari qonunchilik omonat saqlovchi tomonidan ashyoni saqlaganlik uchun to’lov davrlarga bo’lib to’lash nazarda tutilgan, biroq yuk topshiruvchi tomonidan belgilangan davr uchun to’lanishi shart bo’lgan to’lovning yarmi amalga oshirilmagan bo’lsa, shartnomani muddatidan oldin to’xtatishga yo’l qo’yiladi. Bunday mukofot puli to’lovini kechiktirganlik uchun omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi ijrosidan voz kechishi mumkin va yuk topshiruvchi o’zining ashyolarini olib ketishi shart. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling