Toshkent davlat yuridik universiteti


Omonat saqlovchining ashyoni saqlash vaqtida qilgan barcha


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3. Omonat saqlovchining ashyoni saqlash vaqtida qilgan barcha 
xarajatlarini qoplash majburiyati. Qonunchilik omonat saqlovchi tomonidan 
qilingan xarajatlarni odatdagi va favqulodda turlarga ajratadi. Omonat 
saqlovchining ashyoni normal sharoitda saqlash jarayonida qilgan xarajatlari 
odatiy xarajatlarga kiradi. Shu sababli yuk topshiruvchi barcha hollarda omonat 
saqlovchiga qilgan barcha xarajatlarni faqatgina qonunchilik va taraflar o’rtasida 
tuzilgan shartnomada boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa qoplashi shart.
Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor elektr energiyasida ishlaydigan maxsus 
muzlatkichlar bilan jihozlangan haroratni nazorat qiladigan omborxonaga ega. 
Barcha mijozlar bilan tuzilgan omonat saqlash shartnomalarida omonat saqlash 
uchun to’lanadigan haq to’g’risidagi shartlari kiritilgan. Bundan tashqari 
shartnomada saqlash muddati davomida elektr energiya haqi 10 foizdan ko’proq 
miqdorda oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor omborxonada ajratilgan har bir joy 
uchun saqlash xarajatlarini eletr energiyasiga bo’lgan xarajatlarning oshganligini 
inobatga olib ko’paytirish huquqiga ega ekanligi kiritilgan. Yakka tartibdagi 
tadbirkor shartnomada xarajatlarni qoplash to’g’risidagi tartibni o’rnatmaganida 
xarajatlarni qoplash maqsadida qo’shimcha summalarni hisoblashi mumkin emas 
edi va bu holatda u odatiy saqlash uchun to’lovni olishi lozim bo’lardi. 
Omonat saqlash shartnomasini tuzish vaqtida taraflar ko’zda tutmagan va 
qandaydir bir muhim holatlar natijasida qilingan xarajatlar omonat saqlovchining 
favqulodda xarajatlari deb ataladi. Shuning uchun yuk topshiruvchiga favqulodda 
xarajatlarni yuklash uchun uning roziligini olish lozim. Agar omonat saqlovchi yuk 
topshiruvchidan ushbu xarajatlar bo’yicha rozilik so’raganda, u jim turgan va 


362 
o’zining qarshi ekanligi to’g’risida omonat saqlovchi tomonidan ko’rsatilgan 
muddatda ogohlantirmagan yoki javob berish uchun maqbul bo’lgan muddatda 
javob bermaganda u favqulodda xarajatlarga rozi deb hisoblanadi. Bundan tashqari 
omonat saqlovchi favqulodda xarajatlarni amalga oshirish to’g’risida so’rashga 
imkoni bo’la turib uni so’ramagan bo’lsa, yuk topshiruvchi favqulodda xarajatlarni 
qoplashni rad etishi mumkin. Biroq omonat saqlovchi favqulodda xarajatlarni 
amalga oshirish zaruriyatini isbotlab bersa, yuk topshiruvchi unga favqulodda 
xarajatlarni, 
agar 
bu 
xarajatlar omonat 
saqlovchi tomonidan 
amalga 
oshirilmaganda ashyolarga yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar miqdorida qoplashi 
shart.
Misol uchun fuqaro L.ning uzoq muddatga qarindoshlarinikiga ketishidan 
oldin, kamyob va qimmatbaho o’simligini qo’shnisiga tashlab ketganligini esga 
olamiz. Biroq endi gultuvakning ahvoli birdan yomonlashganda qo’shnisi uni 
yuzaga kelgan vaziyat to’g’risida xabardor qilganligi biroq u qo’shni tomonidan 
ko’rsatilgan muddatda unga rozi ekanligini bildirmaganligini faraz qilamiz. 
Bundan kelib chiqib qo’shni fuqaro L. qo’shimcha yangi tuvak olish va o’simlikni 
ko’chirib o’tqazish xarajatlariga rozi deb xulosaga keldi. Keyinchalik fuqaro L. 
qo’shnisiga qo’shimcha xarajatlar qilishga rozi emasligi to’g’risida yozganligi, 
biroq u ushbu o’simlikni saqlab qolish belgilangan uchun muddatda javob 
olmaganligi aniqlandi. Uyga qaytib kelgach u qo’shnining qo’shimacha 
xarajatlarni qoplash to’g’risidagi talabiga ushbu xarajatlar saqlash uchun to’langan 
mukofot puli ichida ekanligini ta’kidlab rad javobini bergan. Buning natijasida 
qo’shni tegishli sudga murojaat qilgan. Bu da’vo FK 887-moddasiga asosan 
qo’shni fuqaro L.dan agar bu xarajatlar qilinmaganida o’simlikka etkazilishi 
mumkin bo’lgan zarar miqdoridagi favqulodda xarajatlarni talab qilish huquqiga 
egaligidan kelib chiqib qisman qanoatlantiriladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling