Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Omonat saqlashning alohida turlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2-§. Omonat saqlashning alohida turlari 
 
Fuqarolik kodeksiga ko’ra omonat saqlashning umumiy qoidalari bilan 
birgalikda omonat saqlashning alohida turlariga oid normalar belgilangan. Shunga 
ko’ra omonat saqlash shartnomasini oddiy omonat va alohida omonat turlariga 


365 
bo’lish mumkin. Oddiy omonat saqlashda omonat saqlashning umumiy qoidalari 
(FKning 875-893-moddalari)ni qo’llashning o’zi kifoya qiladi. Omonatni 
saqlashning alohida turlariga lombardda omonat saqlash, boyliklarni bankda 
saqlash, ashyolarni tarnsport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash, ashyoni 
tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash, ashyoni mehmonxonada saqlash va 
nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr) kiradi. Bundan tashqari, omonat saqlashning 
maxsus turi sifatida madaniy boyliklarni, muzeyga tegishli bo’lgan boyliklar va 
boshqalarni omonat saqlash o’z xususiyatlariga ega. Bularni saqlashning har birida 
qo’llaniladigan omonat saqlash xizmati faoliyati bir-biridan ajralib turadi. 
Amaliyotda oddiy (tinch) va favqulodda (holatlarda) omonat saqlash 
shartnomalari tuzilishi mumkin.
Oddiy holatda omonat saqlash shartnomasi – tinchlik paytida, Fuqarolik 
kodeksida o’rnatilgan qoidalarga rioya qilangan holda tuziladi. Favqulodda 
holatlarda ya’ni turli tabiiy ofatlar, harbiy holatlar, kutilmagan kasalliklarning 
tarqalishi natijasida tuziladigan omonat saqlash shartnomasini Fuqarolik kodeksi 
bilan o’rnatilgan qoidalarning ayrimlariga rioya qilmasdan ham tuzishlari mumkin. 
Masalan, 
fuqaro 
mol-mulkini 
favqulodda 
holatlarda 
omonat 
saqlash 
shartnomasining yozma shakliga rioya etmasdan ham omonat saqlovchiga 
topshirishi mumkin.
Omonat saqlashning yana bir turi ashyoni egasizlantirib saqlashdir. 
Amaliyotda ashyolarni egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan 
ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga o’xshash va shunday sifatli 
ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Saqlash uchun topshirilgan bunday 
ashyolar, narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli 
omonat qo’ygan shaxs o’zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o’z buyumlarini 
emas, balki jism va xil jixatidan o’sha buyumlarga to’g’ri keladigan boshqa 
narsalarni oladi. Bunday saqlashga egasizlantirib saqlash deb aytiladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling