Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
 
 
2.2. Boyliklarni bankda saqlash. 
Omonat saqlashning yana bir alohida turi boyliklarni bankda omonat 
saqlashdir. Bank bank operatsiyalaridan tashqari, mijozlar bilan turli bitimlarni 
tuzishi mumkin. Jumladan, bank qimmatli qog’ozlarni, qimmatbaho metallar va 
toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi 
mumkin. Bunda tuzilayotgan omonat saqlash shartnomasining shartlari omonat 
saqlash to’g’risidagi umumiy qoidalarni inobatga olingan holda, taraflar tomonidan 
aniqlanadi. Shartnoma bank tomonidan yuk topshiruvchiga nomi ko’rsatilgan 
saqlov hujjatini berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. Yuk topshiruvchi 
saqlanayotgan boyliklarni berish uchun bankka ushbu hujjatni taqdim qilish kerak. 
Mazkur shartnoma ommaviy shartnoma belgilariga ega va haq evaziga amalga 
oshiriladigan shartnoma hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarni saqlash shartnomasida 
nazarda tutilgan hollarda bank ularning to’liq saqlanishini ta’minlaydi. 
Shuningdek,ushbu qog’ozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham 
vakillik asosida amalga oshirishi mumkin. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish 
quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin: qimmatli qog’ozlarni xususiy 
yo’sinda joylashtirish (oldindan ma’lum bo’lgan, soni cheklangan investorlar 
orasida yopiq obuna qilish, ommaviy e’lon bermagan va reklama kampaniyasi 
o’tkazmagan holda); qimmatli qog’ozlarni ommaviy joylashtirish (soni 
cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda ochiq obuna 
qilish). Boyliklarni bankda alohida po’lat sandiqdan (po’lat sandiq bo’linmasidan, 
saqlash uchun mo’ljallangan alohida binodan) foydalangan holda saqlash uchun 
tuzilgan shartnoma konsensual shartnoma hisoblanadi: u kelishuvga erishilgan 
vaqtdan, ya’ni ashyo topshirilgan vaqtdan kuchga kiradi va haq to’lashga taalluqli 
qismi yuk topshiruvchi (bank mijozi) boyliklarni ushbu vaqtda topshirgan yoki 


367 
qaytib olganligidan qat’iy nazar amalda bo’ladi. Bundan tashqari, mijoz shartnoma 
muddati tugaguncha har qanday vaqtda bankdan uning boyliklarini qabul qilib, 
ularni po’lat sandiqqa joylab qo’yishni talab qilishi mumkin. Bunday shartnomaga 
omonat saqlash to’g’risidagi barcha normalar tegishli bo’ladi. Ularga bank 
tomonidan mijoz boyliklarni olishi va qaytarishining hisobini yuritish huquqi 
qo’shimcha bo’ladi. Mazkur moddada boyliklarni bankda saqlash tushunchasi 
qo’llanilgan bo’lsada, haqiqatda yuk topshiruvchi tomonidan qimmatbaho deb 
topilgan har qanday «boylik», ashyo (shu jumladan, xatlar, qo’lyozmalar va 
hokazolar) hisoblanishi mumkin. Shartnomaning ikkinchi «po’lat sandiq taqdim 
etish» turi aralash shartnoma shaklida bo’ladi. Uning negizida, birinchi navbatda, 
mulk ijarasi shartnomasi yotadi. Bu holatda omonat saqlovchiga tegishli normalar 
bo’yicha ashyolarni saqlanishiga bank javob bermaydi. Biroq bu uni taqdim 
etilayotgan xizmatdan (po’lat sandiq saqlanishidan) kelib chiqadigan 
majburiyatlarni ijro etishi bo’yicha javobgarlikdan ozod etmaydi. Aralash 
shartnoma bo’yicha taraflarning munosabatlariga aralash shartnomada elementlari 
mavjud bo’lgan shartnomalar to’g’risidagi qoidalar tatbiq etiladi. Mazkur 
holatlarda haq evaziga xizmat ko’rsatishni tartibga soluvchi moddalardan tashqari, 
majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik bo’yicha umumiy qoidalar ham tatbiq 
etiladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling