Toshkent davlat yuridik universiteti


Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2.6. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr) 
Omonat saqlashning yana bir turi sekvestr to’g’risidagi shartnomadir. 
Sekvestr to’g’risidagi shartnoma bo’yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida 
nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. 
Uchinchi shaxs nizo hal bo’lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan 
hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo’lsa, o’sha shaxsga 
qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri). 
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko’ra sekvestr tartibida saqlash uchun 
topshirilishi mumkin (sud sekvestri). Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, 
shuningdek 
bahslashayotgan 
taraflarning 
o’zaro 
kelishuviga 
muvofiq 
belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo’yicha omonat saqlovchi bo’lishi 
mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo’lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi (FKning 900-
moddasi). Shartnomaga berilgan ta’rifga ko’ra sekvestrning ikki turi mavjud: 1) 
shartnoma sekvestri; 2) sud sekvestri. 
Nizoli ashyoni saqlashning birinchi turida nizolashayotgan taraflar bir 
tomondan va ikkinchi tomondan saqlovchi bilan nizo predmetini saqlash bo’yicha 
sekvestr to’g’risida shartnoma tuziladi. Nizo subyektlari sifatida yuk 
topshiruvchilar bo’lishi mumkin. Mazkur shartnomada saqlovchi nizo hal 
bo’lgandan so’ng, nizolashayotgan shaxslarning hammasining kelishuviga ko’ra 
yoki kelishuv mavjud bo’lmagan taqdirda sudning qaroriga muvofiq ashyo kimga 
tegishi lozim bo’lsa, o’sha shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Sud sekvestri 
bo’yicha nizo predmetini saqlash uchun sud qaroriga asosan topshiriladi. Ashyoni 
saqlanishini ta’minlovchi shaxs sud tomonidan belgilanishi yoki nizolashayotgan 
taraflarning o’zaro kelishuvidan aniqlanishi mumkin. Ikkala holatda ham qonunda 
boshqacha nazarda tutilmagan bo’lsa, omonat saqlovchining roziligi talab etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 maydagi 132-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy 
ijro etishda xatlangan va olib qo’yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari 
to’g’risida”gi Nizomga ko’ra sud sekvestri amalga oshiriladi. 
Sekvestr tartibida saqlashga ko’char mulklar ham, shuningdek ko’chmas 
mulklar ham topshirilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling