Toshkent davlat yuridik universiteti
Ashyoni mehmonxonada saqlash
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2.5. Ashyoni mehmonxonada saqlash
Mehmonxonada yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo’lmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo engib bo’lmaydigan kuch, ashyoning o’z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o’zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo’qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno (FKning 897- moddasi). Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo’ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi. Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo’yicha qabul qilib olingan bo’lsagina, mehmonxona ularning yo’qolganligi uchun javobgar bo’ladi. Mehmonxonada yashayotgan shaxs o’z ashyolarining yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolsa, mehmonxona ma’muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning to’liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmasligini e’lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va 369 ularning taqdiri Fuqarolik kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qo’yilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo’lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo’llanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling