Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Ixtiyoriy sug’urta shartnomasining xususiyatlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4 §. Ixtiyoriy sug’urta shartnomasining xususiyatlari Hayot sug‘urtasi jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va qo‘shimcha pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilishdan iborat bo‘lib, bunda sug‘urtaning shartnoma bo‘yicha eng kam muddati bir yilni tashkil etadi va sug‘urta summalarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizini yoki davriy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan , u muayyan yoshga tulgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi (FKning 921-moddasi 1 qismi). FKning 914-moddasiga muvofiq, shaxsiy sug‘urta ommaviy shartnomalar turkumiga kiradi. Shuningdek ularni uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar turiga ham kiritish mumkin 74 . Xususan, umumiy qoida bo‘yicha, shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Masalan, hayotini sug‘urtalayotgan shaxs o‘zi vafot etgan taqdirda, shartnomada belgilangan pulni olish uchun boshqa shaxsni naf oluvchi qilib tayinlashi mumkin. Sug‘urta shartnomasining ommaviy sanalishidan maqsad, sug‘urtalovchi belgilangan standart shartnoma shakllaridan foydalanib, murojaat etgan hamma sug‘urta qildiruvchilarga bir xil munosabatda bo‘lishidir. Biroq sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi shaxsning shaxsiy holatlarini (sog‘lig‘i, yoshi, kasbi va boshqalar) e’tiborga olgan holda shartnomani tuzadilar. Ayrim kategoriyadagi shaxslar bilan shartnoma tuzishdan bosh tortishlari mumkin, qachonki sug‘urta qildirilayotgan shaxs og‘ir kasal bo‘lsa yoki keksaligini inobatga olgan holda. Mazkur sug‘urtaning mulkiy sug‘urtadan o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - faqatgina shaxsiy manfaat, ya’ni sug‘urtalangan shaxs hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etishi, muayyan yoshga to‘lishi, shartnomada ko‘zda tutilgan voqea sodir bo‘lishi bilan sug‘urta pulini olish nazarda tutiladi. Bularning barchasi shaxs bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘urtaladigan obyektlar shaxsiy nomulkiy ne’matlar (shaxsiy nomulkiy huquqlar) hisoblanadi. Bunday shaxsiy manfaatlar sug‘urta qilinayotganda sug‘urta puli ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Mulkiy sug‘urtada doimo ko‘rilgan zararni qoplash ko‘zda tutiladi. Bunday mulkiy zararlar hamisha xavfli hisoblanadi. Bular qatorida shaxs bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham bo‘lishi mumkin (shikastlanishi yoxud betob bo‘lishi). Biroq 74 I.B.Zokirov. O'zbekiston SSRning Grajdanlik huquqi. -T.: O'qituvchi, 1988. –196 b. 394 boshqa shaxsiy manfaatlari sug‘urtalangan shaxs uchun xavf tug‘dirmay, balki belgilangan yoshga etishi, to‘la muomala layoqatiga erishishi, nikohga kirishishi va boshqalar ko‘zlangan maqsadga erishishni bildiradi. - sug‘urtalangan shaxs yoxud naf oluvchi bilan mos kelmaydigan boshqa subyektning paydo bo‘lishi. Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan olinadi (FKning 921-modda 2-qism). Sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Sug‘urta puli bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lanishi, sug‘urtalangan shaxsning (naf oluvchi) hech qanday yo‘qotishlarsiz uzoq vaqt davomida ta’minlanadi. Umrbod sug‘urta shartnomasi 20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bilan tuziladi. 1-guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi. (Agar bunday shartnoma tuzilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi va sug‘urtalanuvchiga to‘lagan badallarining 92 foizi qaytariladi. Agar bu holat shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab, bir yildan keyin aniqlansa, shartnoma umumiy asoslarda o‘z kuchini saqlab qoladi). Sug‘urta xavf-xatari bo‘lib sug‘urta qildiruvchining o‘limi ehtimoli hisoblanadi. Sug‘urta puli sug‘urta qildiruvchining yoshi, sug‘urta mukofoti va hatto jinsiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta qildiruvchi 85 yoshga etgunga qadar har oyda sug‘urta badali to‘lab turadi. Sug‘urta qildiruvchi shartnoma amal qilgan davrda qanday sabablarga ko‘ra vafot etgan bo‘lmasin, naf oluvchiga sug‘urta puli to‘lanadi. Sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng ikki yil ichida sug‘urta qildiruvchi onkologik kasalliklardan yoki yurak-qon tomiri kasalliklaridan vafot etsa yoxud o‘z-o‘zini o‘ldirsa, sug‘urta ta’minoti to‘lanmaydi. Shartnoma tuzish haqidagi ariza sug‘urta qildiruvchi tomonidan shaxsan imzolangan bo‘lishi va unga uning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar xususida hujjat ilova qilingan bo‘lishi kerak. Hayotni aralash sug‘urta qildirish shartnomasi eng ko‘p tarqalgan shartnomalardan hisoblanadi. Bunda sug‘urta tashkiloti shartnomada belgilangan muddatgacha yashash, mehnat qobiliyatini butunlay yoki qisman yo‘qotish, o‘lim holatlari ro‘y berganida zararni qoplashni o‘z zimmasiga oladi. Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va boshqa qarindoshlar tomonidan bolalarni sug‘urta qilish ularning yoshi va sog‘lig‘idan qat’i nazar amalga oshiriladi (bola 15 yoshdan oshmagan bo‘lish lozim). Sug‘urta mukofoti to‘lash uchun asos: sug‘urta muddatining tamom bo‘lishi, baxtsiz hodisadan shikastlanish va shu kabilardir. Sug‘urta qildiruvchilar 395 almashtirilishi yoki bir nechta bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalanuvchi bola vafot etsa, sug‘urta ta’minotining 30 foizi hajmida nafaqa tayinlanadi va ayni vaqtda sug‘urta badallari to‘liq qaytarib beriladi. Nikohni sug‘urtalash (to‘y sug‘urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar) tomonidan tuzilib, bunda sug‘urta qildiruvchilar 18-72 yoshgacha, biroq sug‘urta muddati tamom bo‘lganida 75 yoshdan oshmagan bo‘lishlari lozim. Shartnoma tuzilishida bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo‘lishi lozim. Sug‘urta badallari hajmi sug‘urta qildiruvchining (bolaning emas) yoshiga, sug‘urta qiymatiga va sug‘urta muddatiga bog‘liq. Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta. Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta turlari va shakllari nihoyatda xilma-xildir. Sug‘urta predmetlari sifatida xilma-xil uy jihozlari va anjomlari, uy-hayvonlari, transport vositalari, boshqa ashyolar, transport vositalari egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf-xatarini sug‘urtalash va hakazolar hisoblanadi. Mulkiy sug‘urtada sug‘urta obyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: 1.Muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavf-xatari. 2.Fuqarolik-huquqiy javobgarlik xavf-xatari. U ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: zarar yetkazganlik uchun javobgarlik va shartnoma bo‘yicha javobgarlik xavf-xatarini sug‘urta qilish. Boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi yoki uchinchi shaxsning javobgarlik xavfi sug‘urtalanadi. Sug‘urta qildiruvchi faqat o‘zining shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urtalashi mumkin (uchinchi shaxs javobgarligi sug‘urta obyekti bo‘la olmaydi). Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi bu shartnomani shartlariga ko‘ra sug‘urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim bo‘lsa, o‘sha taraf naf oluvchi foydasiga, hatto sug‘urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham sug‘urtalangan hisoblanadi. 3.Tadbirkorlik xavf-xatarini sug‘urta qilish (FKning 920-moddasi). Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari ekspropriatsiyalanishidan (qaytarib olinishidan), urush yoki fuqarolar g‘alayonlaridan, sug‘urta tashkiloti bilan sarmoyador o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat ma’murlarining aralashuvidan, milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan, sarmoyadorlar (investorlarning)ning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan, boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan) sug‘urtalanish mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling