Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3 §.Sug’urta shartnomasi
Sug’urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug’urta qildiruvchi) yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urtalovchi tomonidan sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’laydi. Sug’urta shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanib, sug’urta qildiruvchi sug’urta mukofotini to’laydi, sug’urtalovchi esa sug’urta hodisasi ro’y berishi bilan sug’urta pulini to’laydi. Sug’urta shartnomasi ikki tomonlama shartnoma bo’lib, ikkala taraf o’z zimmalariga ham huquq, ham majburiyatlarni oladilar. Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi sug’urta badalini talab qilib olish huquqiga ega bo’lsa, sug’urta hodisasi ro’y berganida sug’urta tovonini to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta qildiruvchi esa sug’urta badalini to’lash majburiyatini olsa, sug’urta hodisasi ro’y berganida sug’urta tovonini talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Sug’urta shartnomasi tuzilishi jarayonida sug’urta badalining bir yo’la to’lanishi bilan sug’urta qildiruvchida majburiyat qolmasligini nazarda tutib uni bir tomonlama va konsensual shartnomalar turkumiga ham mansub bo’ladi deb hisoblaydilar 67 . Sug’urta shartnomasi tuzilish paytiga va mazmuniga qarab real va konsensual shartnomalar toifasiga kiradi. Ixtiyoriy sug’urta shartnomalari real shartnoma hisoblanadi. Chunki, real shartnomalarda huquq va majburiyatlarning paydo bo’lishi taraflar o’zaro kelishgan, shartnomani rasmiylashtirgan bo’lishidan tashqari shartnoma narsasi, ashyo yoki pulning topshirilishi talab qilinadi. Sug’urta shartnomasining elementlariga taraflar, predmet, muddat, shakli va mazmuni kiradi. Xo’jaliklarga, xususiy tashkilotlarga, fuqarolar va tadbirkorlarga qarashli mulklar, mulkiy javobgarliklari, hayoti va sog’lig’i sug’urta shartnomasining obyektidir. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sug’urtalangan hollarda, shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, sug’urta qildiruvchi bu shaxsni sug’urta hodisasi yuz berguncha istalgan vaqtda, sug’urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa shaxsga almashtirishga haqli. Shaxsiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan sug’urtalangan shaxs sug’urta qildiruvchi tomonidan shu sug’urtalangan shaxs va sug’urtalovchining roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin (FKning 944-modda). 66 Благутин Д.Ю. Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий. // Страховое дело. №10. 2002.- 58-с. 67 Брагинский М.И.Витрянский В.В. Договорное право. Договоры о выполнение работ и оказании услуг –М.: 2002. Статут. 572 379 Agar bitta shartnomada bir necha sug’urtalovchi ishtirok etsa, u holda birgalikda sug’urta deb yuritiladi. Agar boshqacha hol belgilab qo’yilmagan bo’lsa, sug’urtalovchilar sug’urta qildiruvchi oldida solidar javobgar bo’ladilar. Yirik va alohida yirik xavflarni o’rtada sug’urta qilish uchun birgalikda sug’urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to’g’risida oddiy shirkat tuzishlari mumkin (sug’urta sherikchiligi). Birgalikda sug’urtalovchilar o’rtasida tegishli kelishuv bo’lgan taqdirda, ulardan biri sug’urta qildiruvchi (naf oluvchi) ning oldida faqat o’z ulushi uchun javobgar bo’lib qolgani holda, u bilan o’zaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sug’urtalovchilar nomidan vakil bo’lishi mumkin (FKning 941- moddasi). Qayta sug’urta birgalikdagi sug’urtaning aksi bo’lib, unda sug’urtalovchi shartnoma bo’yicha o’z zimmasiga olgan sug’urta xavfini boshqa sug’urta tashkilotida sug’urtalaydi. Qayta sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomalarda sug’urta qildiruvchi hisoblanadi. Qayta sug’urta qilishda sug’urta pulini yoki tovonini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi (FKning 959-moddasi). Sug’urta franshizasi ham mavjud bo’lib – bu o’z zimmasiga talofotlarni bartaraf etish xarajatlarini olish summasi hisoblanadi. Agar zarar miqdori franshizadan oshsa tovon to’liq to’lanadi (shartsiz franshiza). Franshiza sug’urta qiymatining kamayishini ta’minlaydi. Misol uchun, avtomobilni sug’urta qilishda siz sug’urta tashkiloti bilan barcha yetkazilgan zararni – tirnash (chizish) yoxud ezilishi 500 dollargacha bo’lgan zarar miqdorini o’zingiz qoplashingiz mumkin. Bu holatda sug’urta hodisasi deb belgilamaysiz va natijada ortiqcha harakatdan xoli bo’lasiz. Franshiza foiz yoki tegishli summada belgilanishi mumkin. 68 Fransiyada, baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishni amalga oshirayotgan sug’urta idoralari o’z javobgarligini qayta sug’urta qilish kompaniyalarida majburiy sug’urtalash tartibi o’rnatilgan. Buning sababi shundaki, odatda, baxtsiz hodisa tabiat hodisasi bilan bog’liq bo’lganligi sababli, bu hodisa sodir bo’lganda aholining ko’p qismini zarar ko’rishini oqibatda, bunday baxtsiz hodisalardan sug’urtalagan sug’urta idorasining ularga ko’rilgan zararni to’lashda mablag’i yetmay qolganda qayta sug’urta qilgan idoraning mablag’idan foydalanishni nazarda tutadi 69 . Rivojlangan mamlakatlarda, qonunga zid bo’lmagan har qanday qayta sug’urtalashni amalga oshirish mumkin. Sug’urta shartnomasini tuzishda vositachilar orqali sug’urta agentlari yoki sug’urta brokerlari ishtirokida amalga oshiriladi. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 7-moddasi sug’urta brokeriga ta’rif berilgan bo’lib, sug’urta qildiruvchining nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug’urta brokeri hisoblanadi. 68 http://kasko.711.ru/master klass avtokasko?ridқ23199&00қ1&findқ68newWinқ0&apageқ2&nmқ 72302 69 Благутин Д.Ю. Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий. // Страховое дело. №10. 2002. 58-с. 380 Sug’urta brokerining faoliyati sug’urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo’shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug’urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir. Qayta sug’urta brokeri deb o’z nomidan va qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug’urta brokeri hisoblanadi. Sug’urta agenti deb sug’urtalovchining nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug’urta agenti hisoblanadi. Sug’urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug’urta agenti bo’la olmaydilar. Sug’urtalovchilar o’zlari vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrlarini yuritishlari lozim (Sug’urta faoliyati to’g’r. qonun. 9-modda). Sug’urta shartnomasining predmeti bo’lib alohida turdagi xizmat tushuniladi. Sug’urta shartnomasining amal qilish muddatining boshlanishi sug’urta mukofoti yoki birinchi badalning to’lanishi bilan kuchga kiradi. Agar amal qilishning boshqacha muddati belgilanmagan bo’lsa, sug’urta shartnomasi kuchga kirganidan so’ng sug’urta hodisasiga nisbatan tatbiq qilinadi (FKning 947- moddasi). Shartnoma kuchga kirgandan so’ng sug’urta xavfi yo’qolsa, muddatidan oldin bekor bo’ladi: - sug’urtalangan mol-mulk yuz berishi mumkin bo’lgan sug’urta hodisasidan boshqa sabablarga ko’ra nobud bo’lsa; - tadbirkorlik xavfini yoki shu faoliyat bilan bog’liq fuqaroviy javobgarlik xavfini sug’urtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda to’xtashi bilan. Sug’urta qildiruvchi sug’urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug’urtalovchiga to’langan sug’urta mukofoti, boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa qaytarib berilmaydi. Shartnomaning shakli – yozma bo’lib, bu talabga rioya etilmasa, shartnoma haqiqiy emas deb topiladi. Sug’urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoki sug’urtalovchi tomonidan sug’urta qildiruvchiga uning yozma yoki og’zaki arizasiga muvofiq sug’urtalovchi imzolagan, sug’urta shartnomasining shartlarini o’z ichiga olgan sug’urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitanstiyasi) ni topshirish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Bu holatda sug’urta qildiruvchining sug’urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug’urtalovchidan ko’rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug’urta mukofoti to’lash yoki sug’urta mukofoti bo’lib-bo’lib to’langanda birinchi badalni to’lash orqali tasdiqlanadi (FKning 927-moddasi). Shuningdek sug’urtaning alohida turlari bo’yicha sug’urtalovchi o’zi ishlab chiqqan standart shakllarini (sug’urta polisi) taqdim etishi mumkin. Sug’urta polisi (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya) – sug’urta shartnomasini tasdiqlovchi, sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan hujjat. Polis shartnomaning hamma muhim shartlarini o’zida mujassam etishi shart. 381 Sug’urtalovchi tomonidan imzolanib, sug’urtalovchining, sug’urta qildiruvchining, naf oluvchining, sug’urtalangan shaxsning nomi va manzili, sug’urta obyekti, sug’urta xavfi, sug’urta pulining miqdori, hamda shartnoma muddati ko’rsatilishi kerak. Polis bir gallik va bosh polis bo’lishi mumkin. Bir gallik sug’urta polisida odatda bitta predmet bo’yicha sug’urta shartnomasi rasmiylashtiriladi. Bosh polis bo’yicha sug’urtalash esa bir turdagi mol-mulk turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda muntazam sug’urtalash tushuniladi (FKning 928- moddasi 1 qismi). Bosh polis bilan sug’urtalash faqatgina mol-mulkni sug’urta qilishda qo’llash mumkin. Shaxsiy va mulkiy sug’urtada bir gallik sug’urta polisi qo’llaniladi. Agar shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa, shaxsiy va mulkiy sug’urtada qo’llanilishi mumkin. Sug’urta qildiruvchi bosh polisning ta’sir doirasida bo’ladigan mol- mulkning har bir turkumi to’g’risida sug’urtalovchiga bunday polisda shartlashilgan ma’lumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar muddat nazarda tutilmagan bo’lsa, ular olingandan keyin darhol xabar qilishi shart. Agar bunday ma’lumotlarni olish paytigacha sug’urtalovchi to’lashi lozim bo’lgan zarar ko’rish ehtimoli o’tib ketgan bo’lsa ham, sug’urta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod bo’lmaydi. Bosh polis bo’yicha sug’urtalashda doimo mulklarning o’zgarishi ro’y berib, mol-mulkning bir qismi shartnomadan chiqib ketsa, o’rniga boshqalari keladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sug’urta badallari to’lab borilishi kerak. Sug’urta qildiruvchining talabiga binoan sug’urtalovchi bosh polisning ta’sir doirasida bo’ladigan mol-mulkning alohida turkumlari bo’yicha sug’urta polislarini berishi shart (FKning 928-moddasi 2 va 3-qismlari). Sug’urta shartnomasining shartlari nafaqat shartnomada yoki sug’urta polisida belgilanishi, balki sug’urta qoidalari bilan ham belgilanishi mumkin. Sug’urta qoidalari – sug’urtalovchi yoki sug’urtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi sug’urtaning standart qoidalardir. Bu qoidalar ko’p marotaba qo’llanishga mo’ljallangan bo’lgani uchun standartlashtirilgan. Sug’urta qoidalarida mavjud bo’lgan va sug’urta shartnomasi matniga kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar qo’llanilishi to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan va qoidalarning o’zi shartnoma (polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan bo’lsa, sug’urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan tasdiqlab qo’yilishi lozim (FKning 930-moddasi 2 qismi). Sug’urta shartnomasi tuzilayotganda sug’urta qildiruvchi va sug’urtalovchi sug’urta qoidalarining ayrim bandlarini o’zgartirish yoki chiqarib tashlash va qoidalarda bo’lmagan bandlarni shartnomaga kiritish to’g’risida kelishishlari mumkin (FKning 930-moddasi 3-qismi). 382 Shuningdek sug’urta qildiruvchi (naf oluvchi) o’z manfaatlarini himoya qilib, sug’urta shartnomasida (polisida) ko’rsatib o’tilgan tegishli turdagi sug’urta qoidalarini, ushbu qoidalar 930-moddaga ko’ra majburiy bo’lmasa ham vaj qilib keltirishga haqli. Shartnomaning muhim shartlari shartnoma mazmunini tashkil qilganligi uchun avvalambor ushbu shartlarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shartnomaning muhim shartlari FKning 929-moddasida o’z aksini topgan: 1) sug’urta obyekti bo’lgan muayyan mol-mulk yoki boshqa mulkiy manfaat; 2) sug’urta hodisasi; 3) sug’urta puli; 4) sug’urta tovoni miqdori; 5) sug’urta mukofoti miqdori va uni to’lash muddatlari; 6) shartnomaning muddati. Sug’urta obyekti bo’lib nafaqat fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulki, balki hozirgi kunda javobgarlik majburiyatlari, tadbirkorlik xavfi va yana bir qator manfaatlar ham bo’lishi mumkin. Sug’urta shartnomasi obyektlarining shartnoma tuzilayotgan vaqtdagi holati muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda, sug’urta shartnomasi obyektining holati, joylashish sharoiti tufayli, shaxsiy sug’urta shartnomasida esa sug’urtalanuvchi shaxsning sog’lig’i holati, sug’urta xavfini baholashga, uning miqdorini o’zgartirishga yoki sug’urta shartnomasini umuman tuzmaslikka sabab bo’lishi mumkin. Albatta, bu haqda, Fuqarolik kodeksning 932-moddasida sug’urtala- nuvchining sug’urta xavfini baholash huquqi belgilangan bo’lib, unga ko’ra, mol- mulkni sug’urtalash shartnomasi tuzilayotganda, sug’urtalovchi sug’urtalanayotgan mol-mulkni ko’zdan kechirishga, zaruriyat bo’lgan taqdirda uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida ekspertiza tayinlashga haqli. Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzilayotganda esa, sug’urtalovchi sug’urta qilinayotgan shaxs sog’lig’ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli. Agar, sug’urtalovchi, ushbu tekshiruv davomida sug’urta qilinishi lozim bo’lgan obyektlarda sug’urta shartnomasi tuzmaslikka asos bo’ladigan holatlarni aniqlasa, sug’urta shartnomasini tuzishdan bosh tortishga haqli bo’ladi. Sug’urta kompaniyalari va idoralarining asosiy vazifalari, fuqarolardan yoki yuridik shaxslardan undiriladigan majburiy va ixtiyoriy sug’urta badallari bilan o’z zahiralarini boyitish emas, balki, baxtsiz hodisalar, tijorat tavakkalchiligi va boshqa hodisalar tufayli moliyaviy qiyinchilikka tushib qolgan sug’urtalanuvchi- larga sug’urta qoplamalarini to’lash orqali yordam berishdan iborat. Shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha chet el davlatlarining tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, Germaniyada, aholining yoshi chegaralanmaganligini, aksincha, sug’urtalanayotgan shaxsning yoshiga, ya’ni sug’urta xavfini oshib borishiga qarab, sug’urta badallari miqdorining oshib borishini kuzatamiz 70 . Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha, qishloq xo’jalik ekinlari, sug’urta obyektlari hisoblanib, ularning qanday joyga ekilganligi 70 «Структуры социальной рыночной экономики». Глава из книги Германия. Факты.стр-48. 383 shartnoma tuzish yoki tuzmaslikka asos bo’ladi. Agar ekinlar sho’r, suvsiz va hosildorligi kam erlarga ekilgan bo’lsa, sug’urta idorasi xodimlari, shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Fuqarolarning uy-joyini ixtiyoriy sug’urta qilish to’g’risidagi qoidalarga asosan, agar uy-joylar qarovsiz ahvolda, yoki qulab tushish ehtimoli bor erlarda bo’lsa, ularni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi 71 . Sug’urta obyektiga berilgan ta’rifda, fuqarolarning mol-mulki va sog’lig’i sug’urta obyekti bo’ladi deb hisoblansa-da, sug’urta hodisasi xavfi yuqori bo’lganligi sababli bunday obyektlar sug’urtalanmaydi. Sug’urta shartnomasining obyektlari, shartnoma mazmuniga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Agar shartnoma turlariga qarab sug’urta obyektlarini bo’ladigan bo’lsak, ularni mulkiy va mulk bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy obyektlarga ajratishimiz mumkin. Masalan, shartnomadan kelib chiqadigan javobgarlikni sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha, shaxsning shartnomada belgilangan javobgarligi sug’urta obyekti bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy davlat majburiy sug’urtasi bo’yicha sug’urtalangan shaxsning faqat ish bilan bog’liq holda o’z sog’lig’ini buzilishi, shikastlanishi yoki vafot etishi, ya’ni o’z xizmat burchini bajarayotgan vaqtdagi hayoti va sog’lig’i, sug’urta obyekti bo’lib sanaladi. Xizmat burchini bajarishdan tashqari holatdagi hayoti va sog’lig’i obyekti bo’lib hisoblanmaydi. FKning 916-moddasiga muvofiq quyidagi manfaatlar sug’urta qilinmaydi: - qimor, lotoreya va garov o’yinlarida ishtirok etishda ko’riladigan zararni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. - garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo’lgan xarajatlar. Sug’urta hodisasi – sug’urta shartnomasida ko’zda tutiladigan va yuz berishi mumkin bo’lgan voqea tushuniladi. Sug’urta hodisasi ba’zi hollarda sug’urta xatari deb ham yuritiladi. “Sug’urta xatari” atamasi esa, turlicha ma’nolarda qo’llanilishi mumkin. Aksariyat hollarda, sug’urta xatari deb quyidagilarga aytiladi: 1) Voqea va bir qancha voqealar va bular natijasida, sug’urta qiluvchi o’zining asosiy majburiyatini bajarishi – sug’urta tovonini (sug’urta summasini) to’lashi kerak bo’lgan holat. 2) Ro’y berish ehtimoli bo’lgan xavf-xatar, shu xavf-xatarning yuz berish ehtimolidan sug’urta qilish. 3) Bir yoki bir necha sug’urta bo’yicha sug’urta qiluvchining zimmasiga tushadigan mas’uliyat darajasi. Har qanday sug’urta shartnomasida ham, sug’urta hodisasi ro’y berganida, sug’urta qiluvchi sug’urta tovonini to’lashi lozim bo’lgan voqealar aniq ko’zda tutiladi. Sug’urta nazariyasi va amaliyotida muayyan shartlar ishlab chiqilgan bo’lib, bu shartlarga ko’ra, biron bir tarzdagi hodisa (voqea) sug’urta qiluvchi zimmasiga oladigan mas’uliyat deb hisoblanishi mumkin. Bunday shartlar bir necha sug’urtada ko’zda tutilgan voqealar, ro’y berishligi (real) va tasodifiy tusda bo’lishi 71 Qishloq aholisi uy mulkini ixtiyoriy sug'urta qilish qoidasi. –T.: O'zagrosug'urta, 1997. 17.05. №19. 384 kerak aks holda, sug’urtaning zaruriyati bo’lmay qoladi. Sug’urta obyektiga nisbatan voqeaning ro’y berish fakti, uning qachon ro’y berishi va ta’sir kuchi, sug’urta qiluvchiga ham, sug’urta qildiruvchiga ham, oldindan ma’lum bo’lmasligi va sug’urta shartnomasi ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan bo’lmasligi kerak. FKning 953-moddasida: “Agar sug’urta hodisasi sug’urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug’urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo’lsa, sug’urtalovchi sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lashdan ozod qilinadi, qasddan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida qilingan harakatlar bundan mustasno”, deb belgilangan. Sug’urta hodisasiga qo’yilgan bu talabga ko’ra, sug’urta hodisasi sug’urta tovonini to’lashni hal qilishda ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, sug’urta hodisasining kelib chiqish sabablari, maxsus organlar tomonidan o’rganilib, tegishli xulosalar asosida sug’urta tovoni to’lash yoki to’lamaslik haqida qaror chiqariladi. Masalan, shaxsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urtalanuvchi shikastlanganda, shu shikastlanish darajasi, uning kelib chiqish sabablari va kelgusidagi oqibatlari haqida, albatta, tibbiyot xulosasi talab etiladi. Ba’zida, sug’urtalanuvchi kelib chiqqan baxtsiz hodisa tufayli emas, balki uning oqibatlari natijasida, katta zarar ko’rishi mumkin. Shunday holatlarni aniqlash maqsadida tibbiy xulosa katta ahamiyatga ega. Agar, sug’urta shartnomasini tuzishda, mazkur obyektga doir voqeaning albatta ro’y berishi ma’lum bo’lsa, u holda sug’urtani amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lum turdagi bir necha xil mol-mulkni, bir turdagi xavf-xatardan yoki ayni bir vaqtda turli xil xavf-xatarlardan sug’urta qilish mumkin. Hozirgi kunda sug’urta idoralari jismoniy va yuridik shaxslarni turli xavf-xatarlardan sug’urtalash orqali himoyalash vazifasini amalga oshirmoqda. Sug’urta shartnomasida ishtirok etayotgan sug’urta obyekti va sug’urta subyektlariga qarab sug’urta hodisasi ham turlicha bo’ladi. Hayotni sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchining vafoti sug’urta hodisasi hisoblansa, tadbirkorlik xavfini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha tadbirkor olishi kerak mumkin bo’lgan foydaning olinmay qolishi, sug’urta shartnomasining hodisasi, zarar yetkazganlik majburiyatlarini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha esa, uchinchi shaxsga zarar yetkazilishi sug’urta hodisalari bo’lib hisoblanadi. FKning 943-moddasiga asosan, sug’urta shartnomasida sug’urta predmeti sifatida belgilanadigan hodisa, ehtimol tutiladigan va tasodiflik belgilariga ega bo’lishi lozim. Masalan, qarzdorning kredit summasini qaytarish majburiyatini bajarmasligi faqat tasodif bo’lgandagina ya’ni, mazkur holat sug’urtalanuvchining erkidan tashqari sodir bo’lgandagina sug’urta hodisasi sifatida baholanishi mumkin. Sug’urta hodisasining sodir bo’lgan vaqti sug’urta tovonini talab qilishda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, kredit qaytarilishini kafolatlovchi sug’urta shartnomasiga ko’ra, sug’urtalanuvchining kreditordan olgan kredit qarzini uning muddati kelgan paytda qaytara olmasligi sug’urta hodisasi hisoblanadi. Sug’urta hodisasi ro’y berganda, shartnomada belgilangan muddatda sug’urta idoralariga xabar bermaslik ham sug’urta tovonini to’lashni rad etish uchun asos bo’ladi. FKning 951-moddasida belgilangan bo’lib, unga ko’ra sug’urta qildiruvchi shartnomada yoki sug’urta qoidalarida nazarda tutilgan muddatlarda, 385 sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi ro’y berganligi haqida xabar bermasa, agar sug’urtalovchi sug’urta hodisasi yuz berganini o’z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug’urtalovchida ma’lumotlarning yo’qligi, uning sug’urta tovonini to’lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug’urta tovonini to’lashni rad etish huquqini beradi. Agar sug’urta hodisasi haqida xabar berilganidan so’ng, sug’urta idoralaridan vakil kelib tegishli dalolatnoma tuzmasa, sug’urta idorasi tomonidan, dalolatnoma tuzilmaganligini ro’kach qilib, belgilangan tovon pulini to’lashni rad qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Dalolatnoma – sug’urta qilingan mol- mulkning zararlanish sababi, miqdori va aniq joyi ko’rsatilgan hamda ekspertlar xulosasi mavjud bo’lgan hujjatdir 72 . Sug’urta hodisasi ro’y berganidan so’ng tuziladigan dalolatnomalarda ishtirok etuvchi shaxslarning soni uch kishidan kam bo’lmasligi hamda sug’urta qildiruvchi (uning voyaga etgan oila a’zosi yoxud vakolatli shaxs) ishtirokida tuzilishi kerak. Dalolatnomada, baxtsiz hodisa tufayli, sug’urta shartnomasi obyektining qancha miqdorda zararlanganligi, baxtsiz hodisani kelib chiqish tafsilotlari albatta yoritilgan bo’lishi shart. Bundan tashqari, zarur hollarda, dalolatnoma tuzish uchun tegishli mutaxassis, basharti, isitish, suv bilan ta’minlash yoki kanalizastiya tizimlari, ulardan foydalanuvchi tashkilotning aybi bilan ishdan chiqqanda esa, ana shu tashkilotning vakili ham taklif etilishi kerak. Sug’urta organlariga, ana shunday mavhum holatda vujudga kelgan sug’urta hodisalari qanday sodir bo’lganligini, tasodifan yoki qasddan uyushtirilgan harakatlar tufayli sodir bo’lganligini va sug’urta tovonining miqdorini belgilash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tegishli hujjatlar so’rab olish huquqi “O’zbekiston Respublikasining Sug’urta faoliyati to’g’risida” qonunning 25-moddasida kafolatlangan bo’lib, unga ko’ra “huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, sug’urtalovchilarning so’roviga ko’ra sug’urta hodisalarining yuz berishi sabablari va holatlari to’g’risidagi hamda sug’urta tovoni miqdorlari, sug’urtalovchi tomonidan aniqlanishi maqsadida yetkazilgan zarar to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shart” 73 , - deb belgilangan. FKning 957-moddasida sug’urta qildiruvchining zarar qoplanishiga bo’lgan huquqlarining sug’urtalovchiga o’tishi, ya’ni subrogastiya huquqi ta’minlangan. Bu moddada, sug’urta qildiruvchining yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan huquqlari, agar mulkiy sug’urta shartnomasida boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, sug’urtalovchiga o’tishi qoidalari mustahkamlangan. Biroq, zarar qasddan yetkazilgan bo’lsa, sug’urtalovchi sug’urta pulini to’lagandan so’ng, sug’urta shartnomasida qanday ko’rsatilganidan qat’i nazar, yuqoridagi huquqni qo’lga kiritadi. FKning 935-moddasiga muvofiq: “Sug’urta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga ko’ra aniqlanadigan, sug’urta manfaati bilan 72 Yuridik ensiklopediya. –T.: Sharq, 2001. –413 b. 73 O'zbekiston Respublikasining «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonuni. Xalq so'zi. 2002. 28.05. 386 bog’lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, sug’urta qiymati (sug’urta bahosi) deb hisoblanadi”. Mol- mulkni sug’urta qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad, sug’urta qilingan mol- mulkning nobud bo’lishi yoki shikastlanishi natijasida yetgan zararni qoplashdan iborat. Shu bois, sug’urta yuzasidan beriladigan pulning miqdori (sug’urta puli), sug’urta qilingan mol-mulkning qiymatidan oshmasligi talab etiladi. Shu ma’noda, ayni bir obyektning sug’urta pulini belgilash uchun, uning qiymatini aniqlash kerak bo’ladi. FKning 935-moddasiga ko’ra, mulkiy sug’urta shartnomasi amal qilgan davrda, tomonlarga mol-mulkning shartnomada ko’rsatilgan qiymati yuzasidan nizolashish huquqi berilmagan, sug’urtalovchi o’zining sug’urta qildiruvchi tomonidan ataylab chalg’itilganligini isbotlab beruvchi holatlar bundan mustasno. Agar shartnomada sug’urta puli bilan sug’urta qiymatining nisbati buzilgan bo’lsa, mazkur shartnoma qisman haqiqiy emas deb topiladi va shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, mulkning shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatidan kelib chiqqan holda sug’urta tovoni to’lanadi. Mulkning sug’urta qiymati uning haqiqiy qiymati doirasida va uning tabiiy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda mulkning haqiqiy qiymati uni ko’rikdan o’tkazish, baholash, ekspertiza tayinlash va uning xulosasi, bozordagi shunga o’xshash mulkning bahosini beligilash bilan aniqlanadi. Obyektning (binolar, chorva mollari, biron qishloq xo’jalik ekinining hosili va boshqalarning) sug’urta qilish maqsadlari uchun belgilangan qiymati-sug’urta uchun baholash deb ataladi. Sug’urta qilinuvchi obyektlarni baholash juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki, bu baho, sug’urta yo’li bilan ta’minlash summasini belgilash uchun asos qilib olinadi. Agar, sug’urta qilinayotgan obyektlarga uning haqiqiy qiymatidan kam baho qo’yilsa, u holda sug’urta yo’li bilan ta’minlash puli ham kamayadi. Sug’urta puli sug’urta uchun qo’yilgan baho bilan to’g’ri kelishi mumkin. Bu holda mulk uning to’la qiymati miqdorida sug’urta qilingan hisoblanadi. Agar mol-mulk nobud bo’lsa, yoki zarar yetkazilsa, unga yetgan zarar to’liq hajmda qoplanadi. Sug’urta puli sug’urta qiymatidan kam bo’lishi ham mumkin. FKning 938-moddasida: “Sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfining sug’urta puli sug’urta qiymatidan ortiq bo’lsa, shartnoma sug’urta pulining sug’urta qiymatidan ortiq bo’lgan qismida o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmaydi va sug’urta mukofotining ortiqcha to’langan qismi qaytarib berilmaydi”. Sug’urta qiymati – sug’urta obyektining asl, faktik qiymati bo’lib, uni belgilash turli mamalakatlardagi joriy qonunchilik va amaliyotda shakllangan o’ziga xos qoidalarga asoslanib amalga oshiriladi. Amerika Qo’shma Shtatlarida sug’urta qiymati tovar yuklanayotgan paytdagi bozor narxi qancha bo’lsa, shundan kelib chiqib hisoblanadi va bu reys boshlanishi oldidan aniqlanadi. Fransuz qonunchiligida, sug’urta qiymatiga tovarning sotilish narxi va yuklash paytida sarflangan xarajatlar, uning belgilangan joyga yetkazilishi va kutilayotgan daromad miqdori ham qo’shib belgilanadi. 387 Germaniyada esa sug’urta qiymati sifatida, sug’urta hodisasi yuzaga kelishi bilan tovarning asl sotilish qiymati qabul qilingan. Sug’urta puli va sug’urta bahosi to’g’risida yuqorida ta’kidlab o’tilgan qoidalar, shaxsiy sug’urta shartnomasiga qo’llanilmaydi. Chunki, kishining hayoti yoki mehnat qobiliyatini, sug’urta qilish maqsadlarida baholab bo’lmaydi. Xullas, sug’urta qiymatini aniqlash, sug’urta hodisasi natijasida to’lanadigan sug’urta tovoni, sug’urta badali miqdorini sug’urta pulini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’lib, u qat’iy belgilanishi lozim. Sug’urta puli – sug’urta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u sug’urta qiymatidan kam yoki teng miqdorda belgilanishi mumkin. FKning 934-moddasiga muvofiq: “Mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi sug’urta tovonini to’lash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha to’lash majburiyatini oladigan summa (sug’urta puli) sug’urta qildiruvchining sug’urtalovchi bilan kelishuviga ko’ra, ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfini sug’urta qilishda, agar sug’urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, sug’urta puli ularning haqiqiy qiymatidan (sug’urta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi: mol-mulk uchun - uning sug’urta shartnomasini tuzish kuni turgan haqiqiy qiymati; tadbirkorlik xavfi - sug’urta hodisasi yuz berganida sug’urta qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko’rishi mumkin bo’lgan zarar. Shaxsiy sug’urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sug’urtalash shartnomalarida, sug’urta pulini taraflar o’z ixtiyorlariga ko’ra aniqlaydilar. Qonun yoki sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan sug’urta hodisasi yuz berganida, sug’urtalovchi, shartnomada qayd etilgan shaxsga sug’urta shartnomasida belgilangan muddatda, sug’urta pulini (sug’urta tovonini) to’lashi shart. Sug’urta pulining miqdori, sug’urta hodisasining kelib chiqish holatiga qarab kamayishi yoki umuman to’lanmasligi mumkin. Chunki, sug’urta hodisasining kelib chiqishida, sug’urta qildiruvchining aybi bo’lsa yoki sug’urta hodisasi natijasida ko’rilgan zarar, sug’urta pulidan kam miqdorda bo’lgan taqdirda, sug’urta pulining miqdori kamayishi mumkin. Sug’urta puli bilan sug’urta tovoni bir mazmundagi iboralar emas. Chunonchi, sug’urta puli shartnomada sug’urta hodisasi ro’y berganida to’lanishi lozim bo’lgan pul bo’lsa, sug’urta tovoni sug’urta hodisasi ro’y bergach, sug’urta qildiruvchi ko’rgan zarar yoki sug’urta tashkiloti tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’i hisoblanadi. Yetkazilgan zarar miqdorini, sug’urta tashkiloti, o’zi tuzgan dalolatnoma asosida, zarur hollarda esa, mulkning nobud bo’lgan, zararlangan yoki yo’qolgan joyi, vaqti, sababi va boshqa sharoitlar haqida vakolatli tashkilotlar (avariya xizmati, milistiya, tergov tashkilotlari, sud va boshqalar) tomonidan berilgan hujjatlarni hisobga olib aniqlaydi. Sug’urta hodisasi natijasida mol-mulkka etkazilgan zarar bo’lib, mulk nobud bo’lganida yoki o’g’irlanganida - mulkni sug’urta qilishda asoslanadigan, sug’urta 388 shartnomasida belgilangan narxi, uy-joyning hammasi tamoman nobud bo’lganda esa, maxsus va umumiy sug’urta shartnomalarida ko’rsatilgan sug’urta puli, mulk zararlanganda–mulkning oldingi qiymati bilan sug’urta hodisasi tufayli qimmatini (sifati va qiymatini) yo’qotgandan keyingi narxi orasidagi farq; agar zararlangan narsani tuzatish yo’li bilan avvalgi holatiga keltirish mumkin bo’lsa, u holda ana shu narsani tuzatish narxi ko’rilgan zarar hisoblanadi. Tuzatish narxi, tuzatish maqsadida fuqarolardan haq undirib olish uchun tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan amaldagi baholar (tariflar) asosida hisoblab chiqiladi. Tuzatish narxi, sug’urta pulidan oshmaydigan miqdor doirasidagina zarar deb tan olinadi. Agar, ekspertiza o’tkazish zarur deb topilgan bo’lsa, bu ishni bajarish narxi ham zarar qiymatiga qo’shiladi. Ko’rsatilgan ishlarni bajarish xarajatlarining miqdori amaldagi baholar asosida, ana shu ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Sug’urta hodisasi yuz berganida, mulkni saqlab qolish va uni tartibga keltirish uchun qilingan xarajatlar narxi ham (agar bu xarajatlar zarur deb tan olingan bo’lsa) zarar miqdoriga kiritiladi. Ushbu xarajatlar miqdori tegishli ishlar (xizmatlar)ga fuqarolar haq to’lashi uchun belgilangan amaldagi baholar (ta’riflar) asosida aniqlanadi. Agar nobud bo’lgan, zararlangan yoki o’g’irlangan biron-bir mulk uchun belgilangan narxlar bo’lmasa, u holda, zarar miqdori sug’urta shartnomasi tuzilgan paytda amal qilayotgan narxlardan kelib chiqib aniqlanadi. Sug’urta tovoni, ko’rilgan zarar miqdorida, sug’urta shartnomasi tuzilgan paytdagi baholar asosida, ammo shartnomada kelishilgan sug’urta pulidan ko’p bo’lmagan miqdorda to’lanadi. Sug’urta tovonini to’lash haqidagi qarorni davlat sug’urta muassasasi mustaqil ravishda qabul qiladi. Sug’urta tovonini esa, shartnoma tuzgan sug’urta muassasasi barcha zarur hujjatlarni olganidan so’ng, shartnomada belgilangan muddat ichida to’laydi. Sug’urta qildiruvchiga yoki uning oila a’zolariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilgan taqdirda, bu tartib joriy qilinmaydi. Sug’urta tovoni sug’urta qildiruvchining o’ziga to’lanadi. Uning xohishiga binoan, tovon naf oluvchining nomi yozilgan chek berish orqali tijorat banklariga o’tkazish, naqd pul bilan hisob-kitob qilish yoki belgilangan tartibda pochta orqali yuborish yo’li bilan to’lanishi mumkin. Sug’urta qildiruvchi vafot etgan bo’lsa, sug’urta tovoni qonunda belgilangan tartibda, uning vorislariga to’lanadi. Sug’urta muassasasi xodimlarining aybi bilan sug’urta tovonini to’lash kechiktirilganligi uchun sug’urta shartnomalarida tegishli jarimalar to’lash belgilanadi. Bunday jarimalarning miqdorini belgilash, ixtiyoriy sug’urta shartnomalari bo’yicha tomonlarning o’zaro kelishuvi asosida, majburiy sug’urta shartnomalari bo’yicha esa, ushbu shartnomaga oid qonun hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi. Shaxsiy sug’urta shartnomasi, ya’ni fuqaroni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha, agar sug’urta hodisasi ro’y bersa, sug’urta qiluvchi 389 sug’urta to’lovini 72 soat ichida to’lashi lozim. Basharti, to’lov belgilangan muddat ichida amalga oshirilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun, shartnomada belgilangan miqdorda jarima to’lanadi. Zarar, aybdor shaxs tomonidan to’liq qoplansa, sug’urta qildiruvchi, sug’urta tovonini olish huquqidan mahrum bo’ladi. Agar zarar, qisman qoplangan yoki to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta tovonidan kam miqdorda to’langan bo’lsa, u holda, sug’urta tovoni, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan olingan pulni hisobga olgan holda to’lanadi. Sug’urta hodisasi ro’y berganidan so’ng, sug’urta hodisasining kelib chiqish sabablarini o’rganish jarayonida, ushbu hodisaning kelib chiqishida, sug’urta qildiruvchining qasddan sodir etgan harakatlari mavjudligi aniqlansa, sug’urta idoralari, sug’urta qoplamasini to’lashni rad etishga haqli bo’ladi. Sug’urta shartnomasining shartlarini belgilashda, sug’urta badali, sug’urta qildiruvchi tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan pul to’lov majburiyati vazifasini o’taydi. Zero, sug’urta badali, shartnoma tuzayotgan sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta idorasiga to’lanishi lozim bo’lgan pul miqdoridir. Sug’urta badali, shartnomalarda, ba’zan sug’urta mukofoti deb ham yuritiladi. Mukofot rag’batlantiruvchi tarzdagi pul miqdori bo’lib, sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urtalovchiga to’lanadigan pul mukofot mazmunini bildirmaydi. Sug’urta shartnomasida badallarining miqdori shartnomaning turiga qarab belgilanadi. Agar ixtiyoriy sug’urta shartnomalari tuzilayotgan bo’lsa, bunday shartnomalarning badallari miqdori shartnoma subyektlari o’rtasida sug’urta puli miqdoriga qarab, o’zaro kelishuv asosida belgilanadi. Sug’urta pulining eng kam miqdori sug’urta qoidalarida belgilab qo’yilgan bo’lishi mumkin. Majburiy sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta badallarini belgilash Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qat’iy belgilangan bo’ladi va uni o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Lekin, ba’zi hollarda, sug’urta badallarining miqdori shartnomaning muddatiga nisbatan belgilangan bo’lishi mumkin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan shartnomalar bo’yicha shartnoma muddatiga bog’liq ravishda sug’urta foiz stavkalarining miqdori kamaytiriladi. Shartnomaning mazmuni bo’lib, taraflarning huquq va majburiyatlari hisoblanadi. Ularning huquq va majburiyatlari shartnomada belgilangan majburiyatlarini yoritishda aniqlab olish mumkin bo’ladi. Avvalambor, sug’urtalovchining zimmasida tavakkalchilik bo’lib, sug’urta hodisasi ro’y berishi bilan sug’urta pulini to’laydi. Ushbu majburiyat eng asosiy majburiyat hisoblanib, sug’urta xafvi uning zimmasida bo’lishi sug’urtalovchiga hech qanday harakatlarni sodir etish yuklatilmaydi, aksincha agar sug’urta xavfi ro’y bergudek bo’lsa, sug’urta pulini to’lash harakatini amalga oshirishi kerak bo’ladi. Sug’urta tovoni odatda sug’urta pulidan oshmasligi kerak. Aksariyat holatlarda sug’urta puli pul birliklarida amalga oshiriladi, ayrim vaqtlarda natura holida ham berilishi mumkin. Misol uchun tibbiy sug’urtada pulning evaziga sug’urta qildiruvchiga tibbiy muolaja ko’rsatiladi. Sug’urta tovonining miqdori va tartibi sug’urta qildiruvchining arizasiga muvofiq, shuningdek shartnoma shartlariga asosan amalga oshiriladi. FKning 951-moddasiga muvofiq, sug’urta hodisasi ro’y berishi bilanoq sug’urta qildiruvchining arizasi sug’urtalovchini ogohlantirish usullaridan 390 biri hisoblanadi. Biroq ayrim vaziyatlarda naf oluvchi tomonidan ham ogoh- lantirilishi mumkin. Agar shartnomada xabar qilish muddati va usuli nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu shartlashilgan muddatda va usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchining o’zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo’yicha sug’urta tovoniga bo’lgan huquqdan foydalanish niyatida bo’lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchining zimmasida bo’ladi. Yuqoridagi majburiyatlarning bajarilmasligi sug’urtalovchiga, agar sug’urtalovchi sug’urta hodisasi yuz berganini o’z vaqtida bilganligi, yoki bu haqda sug’urtalovchida ma’lumotlar yo’qligi uning sug’urta tovonini to’lashni rad etish huquqini beradi. Ushbu qoidalar shaxsiy sug’urta shartnomasiga ham talluqli bo’lib, sug’urtalovchini xabardor etish 20 kundan kam bo’lmasligi kerak. Sug’urtalovchi sug’urta hodisasining kelib chiqish asoslari va vaziyatlarini o’rganishga asosli bo’lib, sug’urta tovonini belgilashda muhim o’rin tutadi. Mazkur holatni o’rganishda sug’urtalovchining sug’urta xavfini baholash huquqi (FKning 932-moddasi), sug’urta shartnomasining amal qilish davrida sug’urta xavfining ortishi oqibatlari (FKning 949-moddasi) bilan aniqlash imkonini beradi. Agar sug’urta tovonini to’lashni rad etuvchi ma’lumotlar bo’lmasa, sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchiga (naf oluvchi) to’lashi shart. Quyidagi hollarda sug’urtalovchi to’lashdan bosh tortishi mumkin: Sug’urta hodisasi sug’urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug’urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo’lsa (FKning 953-moddasi 1 qismi). Qonunda sug’urta hodisasi sug’urta qiluvchining yoki naf oluvchining qo’pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug’urtalovchini mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta tovonini to’lashdan ozod etish yoki tovon miqdorini kamaytirish mumkin. Sug’urtalovchi sug’urtalangan shaxsning hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta tovonini to’lashdan, agar zarar sug’urtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan bo’lsa, ozod qilinmaydi. Sug’urtalovchi shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta pulini to’lashdan, agar uning vafoti o’z joniga qasd qilish oqibatida ro’y bergan bo’lsa va bu vaqtgacha sug’urta shartnomasi kamida 2 yil amal qilgan bo’lsa, ozod qilinmaydi (FKning 953- moddasi 2-4 qismlari). Qolgan holatlarda sug’urta qildiruvchining, naf oluvchining yoki sug’urtalangan shaxsning ehtiyotsizligi va qo’pol ehtiyotsizligi sug’urta tovonini rad etishga asos bo’la olmaydi. Sug’urta hodisasi quyidagi holatlarda yuz bergan bo’lsa: - yadro portlashi, radiatsiya yoki zaharlanish ta’sirida: - harbiy harakatlar, manyovrlar va boshqa harbiy tadbirlar. Sug’urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo’yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo’q qilib tashlanishi oqibatida ko’rilgan zarar uchun sug’urtalovchi sug’urta tovonini to’lashdan ozod etiladi. Buning sababi sug’urta hodisasining amalga oshish xavfi yuqori bo’lganligi bilan belgilanadi. 391 Odatda sug’urta tovonini to’lashni rad etish qarori sug’urta qildiruvchi (naf oluvchi) so’rab murojaat etgandan so’ng, 15 kundan kechiktirmasdan yozma, hamda sabablari ko’rsatilgan holatda bildiriladi (FKning 955-moddasi). Sug’urta pulini to’lashdan bosh tortish yoki bo’yin tovlash, hamda o’z vaqtida to’lamaganlik uchun neustoyka belgilanmagan, biroq sug’urta shartnomasida neustoyka belgilanishi mumkin. Keyingi sug’urtalovchining majburiyati bu sug’urta siridir. Sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchi, sug’urtalangan shaxs va naf oluvchi, uning sog’lig’i holati to’g’risidagi o’z kasb faoliyati natijasida o’zi olgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug’urta sirini buzganlik uchun sug’urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatlariga qarab FKning 985, 1021, 1022-moddalariga muvofiq javobgar bo’ladi (FKning 933-moddasi). Mazkur qoida “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 26-moddasida ham mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek sug’urtalovchining qo’shimcha majburiyatlari shartnomada belgilab qo’yilishi mumkin. Sug’urta qildiruvchi shartnomada belgilab qo’yilgan summani bir qismini to’lagan bo’lsa, qolgan sug’urta badallarini to’lashi shart. Sug’urta qildiruvchida sug’urta mukofotini (birinchi sug’urta badali) to’lash majburiyati yotadi. Agar sug’urta shartnomasida sug’urta mukofotini bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, shartnomada navbatdagi sug’urta badallarini belgilangan muddatlarda to’lamaslik oqibatlari ko’rsatib qo’yilishi mumkin. Agar sug’urta hodisasi to’lash muddati o’tkazib yuborilgan navbatdagi sug’urta badali to’lanishidan oldin yuz bergan bo’lsa, sug’urtalovchi mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta tovoni yoki shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta puli miqdorini sug’urta mukofotining o’ziga to’langan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati o’tkazib yuborilgan sug’urta badali summasini hisobga olishga haqli (FKning 942-moddasi). Navbatdagi majburiyati sug’urta shartnomasi tuzilayotganda sug’urta qildiruvchi o’ziga ma’lum bo’lib, sug’urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug’urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni, ma’lumotlarni sug’urtalovchiga xabar berishi shart. Sug’urta shartnomasining standart shaklida, sug’urta qildiruvchiga berilgan sug’urta qoidalarida yoki yozma so’rovda sug’urtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qo’yilgan holatlar muhim hisoblanadi. Agar sug’urta shartnomasi sug’urtalovchining qandaydir savollariga sug’urta qildiruvchining javoblari bo’lmagan holda tuzilgan bo’lsa, sug’urtalovchi tegishli holatlar sug’urta qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (FKning 931-moddasi 2 va 3 qismlari). FKning 932-moddasiga muvofiq mol-mulkni sug’urtalash shartnomasi tuzilayotganda sug’urtalovchi sug’urta qilinayotgan mol-mulkni ko’zdan kechirishga, ekspertiza tayinlashga haqli. Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzilayotganda sug’urtalovchi sug’urta qilinayotgan shaxsning haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirishga haqlidir. Bu bo’yicha yuqorida gapirib o’tildi. 392 Sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga bila turib yolgon ma’lumot berganligi aniqlansa, sug’urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishi mumkin (FKning 931-modda 4 qism). Agar sug’urta shartnomasi sug’urtalovchining qandaydir savollariga sug’urta qildiruvchining javoblari bo’lmagan holda tuzilgan bo’lsa, sug’urtalovchi tegishli holatlar sug’urta qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmagan- ligiga asoslanib, shartnomani bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (FKning 931-moddasi 3 qismi). Mulkiy sug’urta shartnomasining amal qilish davrida sug’urta qildiruvchi shartnoma tuzilayotganda sug’urtalovchiga ma’lum qilingan holatlarda yuz bergan, o’ziga ma’lum bo’lgan muhim o’zgarishlar to’g’risida, agar bu o’zgarishlar sug’urta xavfi ortishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, sug’urtalovchiga darhol xabar berish shart. Sug’urta shartnomasida va sug’urta qildiruvchiga berilgan sug’urta qoidalarida aytib qo’yilgan o’zgarishlar muhim deb hisoblanadi (FKning 949-modda). Mazkur moddaga muvofiq sug’urta xavfi ortishiga sabab bo’ladigan holatlar to’g’risida xabardor qilingan sug’urtalovchi sug’urta shartnomasining shartlarini o’zgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda qo’shimcha sug’urta mukofoti to’lashni talab qilishga haqli. Sug’urta to’lovlarini, sug’urta badallarini o’z vaqtida to’lash, sug’urta polisini berishni kechiktirmaslik, sug’urta obyektini asrash, sug’urta hodisasi ro’y berganida vaqtida xabar berish va hokazo shartlar shartnoma taraflarining majburiyatlari bo’lib hisoblanadi. Sug’urta shartnomasidan kelib chiqadigan ushbu shartlarga rioya qilmaslik huquqiy javobgarlikka tortish uchun to’la asos bo’lib hisoblanadi. Sug’urta shartnomalarini buzganlik uchun qo’llaniladigan eng asosiy javobgarlik turlaridan biri fuqarolik-huquqiy javobgarlik bo’lib, u shartnoma ishtirokchilariga mulkiy zarar etishi natijasida kelib chiqadi. Sug’urta shartnomalarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik, jazo choralari sifatida, zararni to’lash va neustoyka qo’llanilishi bilan ifodalanadi. Fuqarolik qonunchiligi bo’yicha javobgarlik to’g’ridan-to’g’ri yetkazilgan zarar uchun ham, shuningdek, zarar oqibatida olinishi mumkin bo’lgan, lekin olinmay qolgan daromad uchun ham kelib chiqadi. Sug’urta shartnomasida belgilangan muddatda sug’urta tovonini to’lamaslik sug’urta tashkilotlarining javobgarligiga sabab bo’ladi. Bunda, sug’urta idorasi shartnomani lozim darajada bajarmaganligi, uning bu harakatlari sug’urta qonunchiligiga zidligi va sug’urta tovonini to’lamaganligi sug’urta idorasining aybi ekanligidan kelib chiqib, sug’urtalanuvchilarga sug’urta to’lash bilan birga, shu sug’urta tovonini berishni kechiktirgan har bir kun uchun belgilangan miqdorda qo’shib to’lanadi. Sug’urta shartnomasi tomonlar o’rtasida o’zaro shartnoma orqali tartibga solinadi. Sug’urta shartnomasi munosabatlarida sug’urta qiluvchi (sug’urta tashkiloti) ning vakili, sug’urta qildiruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili va shartnomada sug’urta to’lovini olishi belgilangan naf oluvchi qatnashadi. Sug’urtalovchi sug’urta shartnomasini tuzish vaqtida, sug’urta obyektining haqiqatda mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sug’urtalanayotgan obyekt 393 sug’urta shartnomasi davrida mavjudmi yoki yo’qmi, sug’urtalanayotgan manfaatlar g’ayriqonuniy emasmi kabi masalalar hal qilingandagina shartnoma tuzishga kirishish lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling