Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Sug’urta huquqining asosiy tushunchalari, sug’urta tavakkalchiligi, sug’urta mukofoti va sug’urta to’lovi, sug’urta haqi, sug’urta mablag’i va boshqalar. 2. Sug’urta huquqiy munosabatlari va ularning fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni. 3. Sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchining sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi: avtomashinani o’g’irlanganligi to’g’risida darhol lekin 5 kundan kechikmasdan xabar berish majburiyati ko’zda tutilgandi va muddat o’tkazib yuborilishi, sug’urta to’lovi to’lashni rad qilishga olib keladi. Sug’urtalanuvchi avtomashina o’g’irlangan kunning 10 kunida sug’urtalanuvchiga murojaat qildi va bunda 5 kunlik muddat uzrsiz sabablarga ko’ra o’tkazib yuborildi. Sug’urta to’lovini to’lashni sug’urtalovchi «sug’urta hodisasi sodir bo’lganligini to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilish muddati o’tkazib yuborilgan», - degan vaj bilan rad qildi. Sug’urtalanuvchi sudda da’vo qo’zgatdi va o’z da’vosini avtomashina o’g’irlanganlik fakti bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atish to’g’risida qaror bilan tasdiqlanishini asosladi. Ishni hal qiling: Sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi to’g’risidagi ariza berish 398 muddatining tabiati qanday? 4. Sug’urta tashkiloti, avtomashina, haydovchi hamda yo’lovchining hayoti, sog’lig’i va haydovchi-fuqaro Obidovning fuqarolik javobgarligi to’g’risida aralash sug’urta shartnomasi tuzdi. Shartnoma amalda bo’lgan davrda Obidovning do’sti Sobirov mashinani boshqara turib, piyoda yo’lovchi Ismatovni urib yuborib, unga tan jarohati etkazdi, oqibatda Ismatov doimiy pensiya oladigan 2-guruh nogironi bo’lib qoladi. Sug’urta tashqiloti Obidovga avtomashinaning qiymatini to’ladi va Ismatovga etkazilgan zararni to’lashni boshladi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, sug’urta tashkiloti sudga Obidovga nisbatan avtomashina qiymatini va zararni qoplash uchun qilingan xarajatlarni qaytarish to’g’risida regress da’vo qo’zgatdi. Obidov da’voni tan olmadi. Ushbu nizoni hal qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling