Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomaning huquqiy belgilari.
- Oddiy shirkat shartnomasining mazmuni va uni rasmiylashtirish.
- Sheriklarning huquq va majburiyatlari
53-Bob. Oddiy shirkat
Shartnoma tushunchasi. Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo’lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o’z hissalarini qo’shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar (O’zR FK 962- modda). Mazkur shartnoma qonun chiqaruvchi tomonidan qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnoma deb ham yuritiladi. Oddiy shirkatning maqsadiga erishish o’laroq daromad olish bir karrali va ko’p karrali bo’lishi mumkin. Boshqa maqsadga erishishni sheriklar umumiy mulkni sotish, yuridik shaxs, tovarlar ishlab chiqarish va h.k.ni ro’yxatga olish sharti bilan ko’zlashlari mumkin. Shartnomaning huquqiy belgilari. Oddiy shirkat shartnomasi konsensual, ko’p tomonlama, o’zaro, haq olinadigan va fidutsiar shartnomadir. Shartnoma imzolanganidan so’ng tuzilgan hisoblanadi. Unda ikki va undan ziyod shaxslarning ishtirok etish imkoni uning ko’p tomonliligini belgilaydi. Shartnoma o’zaro ishonchga asoslangani uchun u fidutsiar hisoblanadi. Oddiy shirkat shartnomasining mazmuni va uni rasmiylashtirish. Oddiy shirkat shartnomasining ahamiyatli talablari quyidagilar to’g’risidagi bitimlar hisoblanadi: - hissalarni qo’shish to’g’risida; - sheriklarning qo’shma harakatlari to’g’risida; - amalga oshirilishi uchun ushbu harakatlar bajarilayotgan umumiy maqsad to’g’risida. Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha tomonlar – sheriklar (ishtirokchilar) bo’lib, ular faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) tijorat tashkilotlari bo’lishi mumkin. Sheriklarning huquq va majburiyatlari. Har bir sherik quyidagi huquqlarga ega: - umumiy mulkdagi ulushga (umumiy ulushli mulk huquqi, umumiy mulkdan foydalanish huquqi) (O’zR FK 964-m.); - sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga (O’zR FK 965modda); - axborot olishga (u sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan- olmaganidan qat’i nazar) (O’zR FK 966-modda); - daromad olishga (O’zR FK 968-modda); - oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish yoki tarafning talabi bilan oddiy shirkat shartnomasini bekor qilishga (O’zR FK 972, 973- moddalari). Har bir sherik quyidagilarga majbur: - sheriklarning umumiy mulkiga ulush kiritish (O’zR FK 962-modda); - sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bog’liq xarajatlar va zararlarni qoplash va shirkatning majburiyatlari bo’yicha javob berish (O’zR FK 967- modda); - shartnomaning boshqa tomonlariga umumiy ishlarning holati bo’yicha ma’lumot taqdim etish (O’zR FK 966-modda); 400 - umumiy mulk va sheriklar faoliyatiga yetkazilgan zarar uchun sheriklar oldida javobgar bo’lish (O’zR FK 974-modda). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling