Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Majburiy sug‘urta shartnomalar tizimi va mohiyati
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Majburiy sug‘urta shartnomalar tizimi va mohiyati
Ijtimoiy hayotning ba’zi sohalarida kishilar yoxud fuqarolik huquqining boshqa subyektlari qatnashayotgan muayyan huquqiy munosabatlarda 396 tavakkalchilik xavf-xatari nisbatan yuqori darajada bo‘ladi. Ana shunday hollarda barcha sub’ektlar ham bunday tavakkalchilik xavf-xatarlardan o‘zini ixtiyoriy sug‘urta orqali himoyalash imkoniyatidan foydalanishmaydi va beparvolik bilan munosabatda bo‘ladilar. Biroq, hayot tasodiflarga boy, ularning ba’zilari ishxonada, ko‘chada, transport vositasida baxtsiz hodisalarning qurboni bo‘ladilar. Bu esa ular uchun muayyan muammoli vaziyatlarni, moddiy qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Xuddi shunday holatlarni oldini olish maqsadida davlat tomonidan majburiy sug‘urta turlari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi mavjud. Ushbu shartnomalar ommaviy shartnomalar hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli turdagi majburiy sug‘urta qilish qoidalarida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasining namunaviy shartlariga mos bo‘lishi kerak. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin. Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urtalashlari shart. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi: - eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari; - tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari; - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, engil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno; - chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urtalangan bo‘lsa. Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo‘jalik yurituviga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) 397 transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish obyektidir. Tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlaridir. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling