Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Sug’urta syurveyeri - sug’urta syurveyeri quyidagilar bo’yicha xizmatlar 
ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki 
professional bilim va malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. 
Assistans - assistans sug’urta qildiruvchilarga (sug’urtalangan shaxslarga, 
naf oluvchilarga) hamda sug’urtalovchilarga sug’urta shartnomasi doirasida 
assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko’rsatuvchi, shuningdek 
ularga moliyaviy ko’mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
3 §. Sug’urta tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi 
Tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi bilan insonlar ixtiyoriy tarzda 
mablag’ to’plab, turli tasodifiy voqealardan o’z–o’zlarini himoya qilishga faol 
kirisha boshladilar. Shu maqsadlarda, sug’urta sohasiga ixtisoslashgan va uni 
o’zining tadbirkorlik – tijorat faoliyati shakli qilib olgan subyektlarga 
(sug’urtalovchilarga, sug’urta tashkilotlariga) oldindan muayyan miqdordagi 


377 
badallar to’lash yo’li bilan himoyalash vazifasini sug’urta tashkilotlari zimmasiga 
yuklaganlar. 
Sug’urta bo’yicha shartnomaviy munosabatlar O’zR FK bilan, sug’urta 
bozori subyektlari maqomi 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug’urta faoliyati 
to’g’risida”gi Qonun bilan belgilandi.
Shu bilan birga fuqarolik huquqiy javobgarlikning ayrim turlarini 
sug’urtalash maqsadida 2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi, 2009 yil 16 aprelda 
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi to’g’risida”gi, 2015 
yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi 
to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi. 
Eksport o’sishini yanada rag’batlantirish, o’zbekistonlik eksport 
qiluvchilarni sug’urtaviy himoya qilishni ta’minlash, yurtimizda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga kompleks 
marketing orqali kirib borishini ta’minlash maqsadida 1997 yil 18 fevralda 
“O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasini tashkil etish 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarida 
yashovchi 
aholi 
mulkiy 
manfaatlarining 
himoya 
qilish 
maqsadida 
“O’zagrosug’urta” davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyasini tuzish borasida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997 yil 6 martda qaror qabul qildi.
Banklarning 
kreditlari 
qaytarilmaganligi 
uchun qishloq xo’jaligi 
korxonalarining javobgarligi, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 
uchun avans tariqasida beriladigan mablag’larning qaytarilishi sug’urtasi va 
boshqa holatlar sug’urta qilinadi.
Bu qonun, sug’urta tizimi faoliyatini tartibga solishga qaratilganligi bilan, 
oldingi qonundan tubdan farq qilib, sug’urta idoralarini ixtisoslashgan tartibda, 
ya’ni, hayot sug’urtasi va umumiy sug’urta sohalarini sug’urtalash bilan 
shug’ullanishini belgilab berdi.
Sug’urta agentlari orqali sug’urta shartnomalarini tuzish va amalga 
oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan vositachilik faoliyatini sug’urtalovchi bilan 
tuzilgan topshiriq shartnomasi (agentlik kelishuvi) asosida amalga oshirishni 
qonun bilan tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
tomonidan 2003 yil 28 yanvarda “Sug’urta agentlari to’g’risida”gi Nizom qabul 
qilindi. Biroq mazkur Nizom sug’urta brokerlariga nisbatan qo’llanilmaydi. 
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining faoliyatini tartibga solish 
maqsadida hamda ularga litsenziya berish tartibini muvofiqlashtirish borasida 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qaroriga ilova qilib 
“Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash 
to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi.
Sug’urtalovchi va sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirish 
uchun litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. Litsenziyaning amal 
qilishi litsenziya berilgan kundan boshlanadi. 
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini amalga 
oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi. 


378 
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda jumladan, Fransiyada sug’urta xizmati 
ko’rsatish faoliyati maxsus sug’urta kodeksi bilan tartibga solinadi va bu 
amaliyotda o’z samarasini bermoqda
66


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling