Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovar omborida omonat saqlash


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2.7. Tovar omborida omonat saqlash 
Tovar ombori tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, o’zining tijorat 
faoliyati yo’nalishi sifatida ashyolarni saqlash bo’yicha xizmatlar majmuini 
ko’rsatuvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan subyekt hisoblanadi. Tovarlarni 
omborda saqlash uchun topshiruvchi hamda tovar ombori xizmatini ko’rsatuvchi 


370 
tashkilot o’rtasida fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida omonat saqlash amalga 
oshiriladi. Tovar ombori deb – tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan 
va saqlash bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatadigan tashkilotga aytiladi. Tovar 
ombori maxsus va umumiy foydalanishdagi tovar ombori sifatida faoliyat yuritadi. 
Agar qonun hujjatlariga muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun 
chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin bo’lgan omborlar 
jumlasiga kiritilgan bo’lmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi. 
Umumiy foydalanishdagi tovar ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat 
saqlash 
shartnomasi 
ommaviy 
shartnoma 
deb 
hisoblanadi. 
Umumiy 
foydalanishdagi tovar omborlari bilan bir qatorda maxsus tovar omborlari ham 
faoliyat ko’rsatadi. Jumladan, erkin ombor shunday rejimki, bunda chet el tovarlari 
muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari 
qo’llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O’zbekiston tovarlari esa eksport 
rejimiga muvofiq olib chiqishda qo’llaniladigan shartlarga ko’ra joylashtiriladi va 
ishlatiladi. “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori bilan
tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat 
xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko’ra, bojxona ombori — 
maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo’lib, binolarning hududini va (yoki) 
ochiq maydonchalarni o’z ichiga oladi hamda tovarlarni vaqtincha saqlash va 
(yoki) bojxona ombori rejimlarida bojxona nazorati ostida saqlashga mo’ljallangan 
bo’ladi. Bojxona omborida O’zbekiston Respublikasiga olib kelish va O’zbekiston 
Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan 
tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi.
Tovar ombori shartnomasi ikki tomonlama, haq baravariga yoki tekin 
tuzilishi mumkin. Omborda omonat saqlash shartnomasi bo’yicha tovar ombori 
(saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o’ziga topshirilgan tovarlarni 
haq evaziga saqlash va ularni to’liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi. 
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar 
omborda saqlash shartnomasi tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor 
hujjati bilan tasdiqlangan bo’lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma 
shakliga rioya qilingan hisoblanadi. 
Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan 
tovar ombori o’ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etish mumkinligi 
kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga Fuqarolik kodeksi 41-bobining 
qarz va kredit haqdagi qoidalari qo’llaniladi. 
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasining ishtirokchilari tadbirkorlar 
ham bo’lishi mumkin. Bu o’rinda omonat saqlovchi bo’lib, tovar omborlari deb tan 
olingan korxonalar, bundan tashqari, tegishli vakolatli organlarning maxsus 
litsenziyalari asosida xususiy tovar omborlariga ega fuqarolar bo’lishi mumkin. 
Xozirgi bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan bir davrda, ayniqsa, savdo 
tovarlarini xususiy omborlarda saqlash amaliyotda ko’p uchraydi. Bu tovar 
omborlari qonun hujjatlariga va tovar saqlash to’g’risidagi qoidalarga zid 
bo’lmagan hammaning omonatini qabul qilishga majburdir.
Lekin maxsus mo’ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvchilar 


371 
doirasi cheklanishi, bundan tashqari, tovar omborlari maxsus idoralarga tegishli 
ham bo’lishi mumkin. 
Fuqarolik kodeksining 905-moddasiga ko’ra tovar ombori zimmasiga 
quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Tovar ombori standartlar, texnikaviy shartlar, texnologiya yo’riqnomalari, 
saqlash yo’riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash qoidalarida, ombor uchun 
majburiy bo’lgan boshqa maxsus normativ hujjatlarda belgilab qo’yilgan saqlash 
shartlari (tartiboti) ga rioya qilishi lozim; 
Agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo’lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul qilib olayotganida 
ularni o’z hisobidan ko’zdan kechirishi kerak; 
Agar omonat saqlash egasizlantirish yo’li bilan amalga oshirilayotgan bo’lsa, 
tovar ombori tovar egasiga tovarlarni yoki ularning namunalarini ko’zdan 
kechirish, namuna olish hamda tovarlarning to’liq saqlanishini ta’minlash uchun 
zarur chora-tadbirlarni ko’rish imkoniyatlarini berishi shart. 
Tovarlarning to’liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini tezlik 
bilan o’zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur shoshilinch 
choralarni mustaqil ko’rishi va bu ko’rilgan choralar to’g’risida tovar egasiga 
xabar berishi; 
Saqlash 
vaqtida 
tovar 
omborda 
omonat 
saqlash 
shartnomasida 
kelishilganidan yoki odatdagi tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari 
chiqadigan darajada buzilganligi aniqlangan taqdirda, tovar ombori bu haqda 
darhol dalolatnoma tuzishi va o’sha kuniyoq yuk topshiruvchini xabardor qilishi 
shart. 
Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish vaqtida uni 
ko’zdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu tufayli 
qilingan xarajatlar tovarni ko’zdan kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni 
talab qilgan taraf zimmasiga tushadi. 
Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni birga ko’zdan 
kechirmagan yoki tekshirmagan bo’lsalar, tovar tegishli darajada saqlanmaganligi 
oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi haqidagi ariza omborga tovarni 
olish vaqtida, tovarni qabul qilishning oddiy usuli bilan aniqlash mumkin 
bo’lmagan yetishmovchilik yoki buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur 
bo’lgan oqilona muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak. 
Fuqarolik kodeksining 906-moddasi ikkinchi qismida ko’rsatilgan ariza 
bo’lmaganida, agar aksi isbot qilingan bo’lmasa, ombor tovarni omborda omonat 
saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan deb hisoblanadi. 
Taraflar o’rtasida tovar omborida yuklar saqlanganda quyidagi hujjatlarni 
berish bilan rasmiylashtiriladi: 
ikki qismli ombor guvohnomasi; 
oddiy ombor guvohnomasi; 
ombor pattasi. 
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor 
guvohnomasi qimmatli qog’ozlar bo’ladi. Ikki qismli va oddiy ombor 
guvohnomasi garov predmeti bo’lishi mumkin (FKning 908-moddasi). 


372 
Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov 
guvohnomasidan (varrant) iborat bo’lib, ular bir-biridan ajratilishi mumkin. 
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar ko’rsatilgan 
bo’lishi kerak: 
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan 
manzili; 
ombor guvohnomasining ombor reestri bo’yicha joriy nomeri; 
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, 
shuningdek tovar egasining joylashgan eri (yashash joyi); 
saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori - birliklar soni va 
(yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning o’lchovi (og’irligi, hajmi); 
agar muddat belgilangan bo’lsa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul 
qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi; 
omonat saqlaganlik uchun to’lanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab 
chiqarishga asos bo’ladigan tariflar va saqlash haqini to’lash tartibi; 
ombor guvohnomasi berilgan sana. 
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning bir xil 
imzosi va tovar omborxonasining muhri bo’lishi shart. 
Fuqarolik kodeksining 909-moddasi talablariga mos kelmaydigan hujjat ikki 
qismli ombor guvohnomasi bo’la olmaydi. 
Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni 
to’la tasarruf etish huquqiga ega. 
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni 
tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo’yicha berilgan kreditni 
to’lamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas (FKning 910-moddasi 2-
qismi). 
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo’yicha berilgan kredit 
va uning foizlari miqdorida tovar bo’yicha garov huquqiga ega bo’ladi. Tovar 
garovga qo’yilganida bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qo’yiladi. 
Agarda qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan bo’lmasa, ombor 
guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki alohida-alohida topshirish 
yozuvlari bo’yicha topshirilishi mumkin. 
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi. Bundan tashqari, 
oddiy ombor guvohnomasida Fuqarolik kodeksining 909-moddasida nazarda 
tutilgan ma’lumotlar bo’lishi, shuningdek, u taqdim etuvchiga berilganligi 
ko’rsatilgan bo’lishi shart. 
Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi bo’yicha berish qonunda 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bunda tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli 
ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi. 
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohomasiga ega bo’lmasa, biroq 
uning yuzasidan qarz summasini to’lagan bo’lsa, ombor tovarni faqat ombor 
guvohnomasiga ayirboshlash yo’li bilan va u bilan birgalikda garov guvohnomasi 
bo’yicha butun qarz summasi to’langanligi haqidagi patta taqdim etilgandagina 
beradi. 


373 
Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga bo’lib 
berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o’rniga unga omborda 
qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi. 
Garov guvohnomasiga ega bo’lmagan va uning yuzasidan qarz summasini 
to’lamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga Fuqarolik kodeksining 913-
moddasi talablariga qaramay, tovarni bergan tovar ombori garov guvohnomasini 
saqlovchi oldida bu guvohnoma bo’yicha ta’minlangan to’lov uchun javobgar 
bo’ladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling