Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-bob. SUG’URTA 1. Sug’urtaning mohiyati va ahamiyati
Nazorat uchun savollar:
1. Omonat saqlashning umumiy qoidalarini amaliy misollar bilan tahlil qiling. 2. Omonat saqlashning alohida turlari bo’yicha saqlash tartibi va shartlarini tanqidiy tahlil qiling. 3. Tovar omborida omonat saqlash shartnomasiga ko’ra taraflarining huquq va majburiyatlarini tartibga solishni tahlil eting. 4. Aksariyat supermarketlarga kiraverishda xaridorlardan sumkalarni qoldirib kirishni talab qilishadi. Biroq saqlash kameralaridagi buyumlarning yo’qolganligi uchun ma’muriyat javob bermasligi ta’kidlanadi. Ushbu holat qonuniymi? Javobingizni fuqarolik qonunligi normalari bilan asoslab bering. 5. Fuqaro Fuqaro D. vokzaldagi yuk saqlash omboriga yuk topshirdi. Poezd jo’nab ketishiga qadar hali ancha vaqt borligi tufayli Fuqaro D. taksida do’konga borib kelishga qaror qildi. Boshqaruvni yo’qotgan taksi haydovchisi avtohalokat sodir etdi va natijada fuqaro D. bosh miya jarohatiga uchrab kasalxonada olti oy mobaynida davolandi. Kasalxonadan chiqib, vokzalga borib yuklarini qaytarib olish to’g’risida murojaat qilganida uning yuklari sotib yuborilganligi ma’lum bo’ldi. Mazkur vaziyatda fuqaro D.ga nisbatan qanday huquqiy maslahat berish mumkin. Javobingizni fuqarolik qonunligi normalari bilan asoslab bering. 374 52-bob. SUG’URTA 1. Sug’urtaning mohiyati va ahamiyati Odatda tabiat va jamiyat muayyan tartib va qonuniyatlar asosida mavjud bo’lishi va rivojlanishi haqidagi tasavvur rad etib bo’lmas haqiqat hisoblanadi. Biroq, bu umumiy qonuniyatlar muayyan qonunlar, sxemalar oldindan belgilab qo’yiladigan jarayonlar asosida emas, balki murakkab omillar va tasodiflar o’yini zamirida ham ro’y beradi, ijtimoiy hayotda ham, iqtisodiy tizimda ham o’ziga xos tavakkalchilik, kutilmagan tasodif va xavf-xatarlar inson faoliyatining, uning turmush tarzining doimiy va ajralmas yo’ldoshi hisoblanadi. Oqilonalik va tadbirkorlik orqali tavakkalchilik xavf-xatarini minimal darajada keltirish mumkin, biroq uni mutlaqo bartaraf etib bo’lmaydi – insonning juda ko’p faoliyat yo’nalishlarida (masalan, tadbirkorlikda ham, yollanma ishchi sifatida ham) yoxud tabiiy hayot jarayonida (masalan, sihat-salomatlik, muayyan mol-mulklardan bahramand bo’lish va sh.k.) bu o’ziga xos aksioma hisoblanadi. Kishilik jamiyati tavakkalchilik xavf-xatarlaridan himoyalanish, uning zararli oqibatlarini kamaytirishni iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy-siyosiy, texnik va boshqa usullarini kashf etgan va etmoqda. Ular orasida o’rta asrlardan buyon qo’llanib kelinayotgan eng ommaviy, an’anaviy va samaralisi – bu fuqarolik-huquqiy usul bo’lgan sug’urta hisoblanadi, sug’urtani qo’llash doirasi nihoyatda keng qamrovli va universal hisoblanadi. U mamlakatdagi barcha aholi qatlamlarini tabiiy ofatlardan, tadbirkorlikni bozor stixiyasi va inqirozlaridan, investorlarni hatto siyosiy larzalarni va nobarqarorliklardan, oddiy odamlarni kasalliklardan va shikastlanishlardan himoyalash, aniqrog’i mulkiy manfaatlariga yetkazilgan talofotlarni kamaytirish yoxud o’rnini bosishni ta’milash funksiyasini bajaradi. Shu sababli ham sug’urta bozor infratuzilmasini tarkibiy qismi, zaruriy segmenti hisoblanadi. Sug’urtaning mohiyati shundan iboratki, sug’urta qiluvchilarning davriy badallarini hisobidan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta qildiruvchini mulkiy talofatlarini kamaytirish yoxud boshqacha talofatlarni (masalan, o’lim, sog’lig’i shikastlanishi va h.k.) oqibatlarini yumshatish hisoblanadi. Bunda bir subyekt ko’rgan zarar sug’urta vositasida boshqa yuzlab subyektlar badallari hisobidan qoplanadi. Biroq bu holat o’sha yuzlab subyektlar uchun og’ir yuk bo’lib tushmaydi, badal to’lovchilar va bu badaldan real foydalangan subyektlar o’rtasida ziddiyatlar, noroziliklar keltirib chiqarmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon iqtisodiy-huquqiy maydonda sug’urta: -birinchidan, har qanday faoliyatda tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirish vositasi; -ikkinchidan, juda katta moliyaviy resurslarning to’planishini va uni muomilaga kiritib kredit-sarmoya tizimini ta’minlashning qudratli manbai; -uchinchidan, kuchli erkin raqobat muhitida tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini uyg’unlashtiruvchi yuridik qurilma; -to’rtinchidan, bozor munosabatlari sharoitida barqarorlikni va muvozanatni ta’minlovchi infratuzilma tizimi vazifalarini bajaradi. 375 Mamlakatimizdagi sug’urta faoliyatini ijtimoiy sug’urta va fuqarolik sug’urta xizmatlariga ajratish mumkin, ijtimoiy sug’urta mehnat huquqi, moliya huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling